12-mavzu. Nafosat falsafasi (Estetika) Reja
Xalq amaliy san’atining estetik jihatlari
Download 157.5 Kb.
|
12-MAVZU
Xalq amaliy san’atining estetik jihatlari. Amaliy san’at turlarining estetik xususiyati shundaki, ular bir vaqtning o‘zida ham badiiy, ham amaliy vazifani bajaradi. Shu bois, xalq madaniyati tarixini uning amaliy san’atisiz tasavvur qilish qiyin. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida xalq amaliy san’ati turlari boy va rang-barang madaniy merosining eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. O‘zbek xalq amaliy san’ati yodgorliklari o‘tmish ajdodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho asarlarning namunalari bo‘lib, jahon madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi.
Xalq amaliy san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy-estetik didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham ham o‘zbek xalqi amaliy san’ati kishilarning badiiy, axloqiy, umuminsoni jihatdan tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ham madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan hisoblanadi. Bu manbalardan bugungi kunda ham usta va hunarmandlar samarali foydalanib keladi. Xalq amaliy san’atining milliy estetik mazmuni naqqoshlik san’atida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Naqqoshlik san’ati g‘oyat boy va mazmundor bo‘lib maishiy turmushimizda ishlatiladigan oddiy qoshiq, lagan, sandiq, cholg‘u asboblaridan tortib turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, zavqlantiradi. Bino yoki xonadon devoridagi naqshlar turli xil bo‘lib ulardan “girix” arabcha “tuguncha” degan ma’noni anglatgan xandasaviy naqshlar ya’ni to‘g‘ri to‘rtburchak, romb, kavadrat kabi yaxlit kompozitsiyani tashkil qilgan naqshlar va “islim” (arabcha) yuguruvchi ma’nosini anglatib to‘g‘ri yo‘l ichiga ilon izi shaklida chizilgan o‘simliksimon naqshlardan iborat bo‘lgan. Ular faqat foydali-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, balki xonadon egalarining orzu-umidlari, badiiy-estetik didi va estetik idealining ko‘rsatkichi sifatida ham namoyon bo‘lgan. Bugun ham zamonaviy turar joylar va binolarni bu naqshlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bugungi zamonaviy inshootlar kabi turar joylarda amaliy san’atning bir qancha turlarini ko‘rish mumkin. Turar-joy binolarining turli-tuman badiiy-texnologik usullarda namoyon etilgan badiiy bezak turlari O‘zbekiston me’morchiligida muhim o‘rin tutadi. Chunonchi, turar-joy dizayni bu milliy an’analarga tayangan noyob ijodiy faoliyat bo‘lib, ularning mahorati va badiiy bezatilishning ko‘pgina qirralarini ifodalaydi. Turar-joylar intererlaridagi umumiy devorlarning sathi an’anaviy kompozitsion bo‘linish usullari, intererlarni badiiy-bezakli pardozlashning asoslariga tayanadi va ko‘plab estetik xususiyat kasb etadi. Masalan, binoning tashqi ko‘rinishi - tarz (fasad)ga qaraganda uyning intereri ko‘p hollarda ko‘rkam bezakli bo‘ladi. Devorlarning tokchalarga bo‘linishi turg‘unlik va sokinlik taasurotini yaratsa, devorning barcha sathi naqshinkor bezatiladi, bezakni bajarishda simmetriya, ritm, mutanosiblik qonunlariga rioya qilinishi unga tartiblilik, uyg‘unlikni namoyon qiladi. O‘yma bezaklar bilan oro berilgan yog‘och eshiklar, ustunlar, shift bolorlari, gohida shift ustidan ko‘prangli naqshlar, shuningdek naqqoshlik bilan devor sathining barcha qismlari tokchalar, shiftlar karniz va bolorlar ham bezatilishi, deraza darchalari va eshik tabaqalari, ustunlari devor va intererga berilgan naqshu bezaklar imoratga badiiy tantanvorlik va estetik qiyofa baxsh etadi. Intererlarning badiiy bezatilishda asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Devorda ketma-ket joylashgan naqshinkor va pardozlangan naqshlar yordamida juda ham rang-barang, jozibador kompozitsiyalar yaratiladi. Interer dizaynida devoriy naqqoshlikning bir necha kompozitsion yechimlarini kuzatish mumkin. Bu tokchalarga bo‘lingan, yalpi naqqoshlik bilan bezatilgan devor sathi va naqshinkor va o‘ymali naqshlar ketma-ket joylashgan, rang-barang naqshinkor kompozitsiya. Shift naqqoshligi ham Toshkent intererlarida muhim o‘rin tutadi. Ular o‘zida konstruktiv va badiiy yechimning sintezini namoyon etadi. Ular turar-joylari ayvon va dahlizlarda ham keng qo‘llaniladi. Bu amaliy san’at turining gullashi va rivojlanishi, hozirgi davrda shaharda shakllangan qulay iqtisodiy sharoit, innovatsion ta’sir va amaliy-bezak san’atining ko‘p asrlik an’analari bilan bog‘liqdir. Yog‘och o‘ymakorligi faqat intererning sirtida namoyon bo‘lib qolmay turli shakl va kompozitsiyalarda ham aks etadi. Bu interer uchun ishlangan stol, stullar, xontaxtaning nafaqat shaklining bejirimligi balki yog‘och fakturasining go‘zalligi va ularga berilgan ishlov hamda naqshlarning betakror va yengilligi kishiga zavq bag‘ishlaydi. Toshkent turar joy me’morchiligida O‘rta Osiyo me’morchiligi amaliyotida qo‘llanilgan badiiy bezaklarning deyarli barcha turlari mavjud: suvalgan devor ganch naqqoshligi avva o‘ymakorligi shular jumlasidandir. Intererning badiiy bezalishida asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Ko‘pincha naqqoshlik ganch o‘ymakorligi bilan muvofiqlikda bajariladi. Ayniqsa Toshkentda keng tarqalgan o‘simlik naqshlari- majnuntol, anor, xrizantema butalarining yoyilgan shoxlarini ko‘plab uchratish mumkin. Bu lavhalar faqatgina bezak emas o‘z falsafiy ma’nosiga egadir. Masalan majnuntol - sevgi sog‘inchi, anor - serhosillik, lola - bahor, gulsafsar - osoyishtalik va uzoq umrni anglatgan. O‘zbek xalq amaliy san’atining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, kandakorlik, zardo‘zlik, kigizchilik, kashtachilik kabi bir qancha turlarining o‘ziga xos bajarish texnologiyasi, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san’atlarga xos maktablar yo‘qolib ketishi xavfi bor edi. Ammo mustaqillikka erishgach milliy san’atimizning bu sohalariga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Ular tiklanib yangi an’analar paydo bo‘la boshladi. Bu esa hozirgi kunda san’atkorlar, xalq ustalari, mualimlar amaliy bezak sirlarini shogirdlariga o‘rgatib qolmay bu san’at asarlarini keng targ‘ib etib jamoatchilikning estetik didini, madaniy darajasini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O'zbek xalq amaliy san'ati insoniyat madaniyatida o'ziga xos muhim o'rinni egallaydi. O'zbek xalq amaliy san'ati ustalari yaratgan yuksak san'at namunalari turli-tuman o'yma, to'qima naqshinkor buyumlar o'tmishda ham, hozir ham dunyoga mashhur bo'lib, jahonning turli shaharlaridagi amaliy san'at va etnografiya muzeylarida namoyish etilmoqda. Bularning hammasi biz- hozirgi avlodlar uchun benihoya huzurbaxsh faxr manbaidir. Rassom, haykaltarosh, me'mor, kulol, bastakor, yozuvchi va boshqa ijodkorlar yaratgan asarlarni esa, shubhasiz, san'at asari deymiz. San'at qaysi ko'rinishda bo'lmasin kishilarning his-tuyg'usiga, ruhiyatiga ta'sir etuvchi ma'naviy go'zallik, ezgulik sifatida namoyon bo'ladi. Har bir ijodkor o'zgacha izlanadi, o'zgacha mehnat qiladi. Ana shuning uchun ham san'atning o'ziga xos turlari mavjud. Xalq amaliy san'ati ganchkorlik, yog'och o'ymakorligi, misgarlik, kashtachilik, gilamdo'zlik, zargarlik, zardo'zlik, kulolchilik, naqqoshlik kabi bir qancha turlarga ajraladi. Bu san'at turlarining barchasi o'zining uzoq tarixi va istiqboliga ega. Har bir xalq, millat jahon san'atining ravnaqiga qaysidir darajada o'z ulushini qo'shib kelgan. Yangi-yangi ijodiy izlanishlar evaziga san'at namunalari vujudga kelgan. Xalqlar, millatlar, shuningdek, davrlar san'ati bir-biriga qo'shilib borib rivojlanadi, o'zgacha namunalarini yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham san'atda yangicha oqimlar, yo'nalishlar, uslublar shakllanmoqda. Madaniyat taraqqiyoti natijasida, xalqlar o'rtasidagi madaniy, ma'naviy aloqalar rivojlanib borar ekan, san'atga bo'lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. O'z-o'zidan ma'lumki, umumiy ma'naviyat oshgan sari san'atga bo'lgan iste'mol qilish hissi kuchayadi. Bu borada oddiy bir misol sifatida bozorlar va savdo do'konlaridagi narsa va buyumlarni qanchalik rang-barang tasvirlar bilan bezatilishini bir ko'z oldimizga keltiraylik. Xalq amaliy bezaK san'ati har bir xalqda mavjud bo'lib, ular bir- biridan yuqorida qayd qilinganidek, amaliy san'atning janrlari, buyumlar tayyorlashda qo'llanadigan material, shakl, tuzilish, rang, bezak, o'lchovlar jihatidan bir-biridan farq qiladi. Xalq amaliy san’ati, bir milliy tuyg’u, tarixi va madaniyatni ifodalovchi shakllardan iborat bo’lgan jismoniy va ma’naviy ishlar to’plamini ifodalaydi. Bu san’atning estetik jihatlarini quyidagilar ifodalayadi: 1. Tabiiylik: Xalq amaliy san’ati, tabiiy obrazlarni va manzaralarni ifodalayishda o'zining estetik qonunlariga amal qiladi. Bu san'atda ko'plik bilan esa tabiatning zamonaviy hayotning muhim hissasini bildiradi. 2. Simvolizm: Xalq amaliy san'ati odatda simvolizmga asoslangan bo'ladi. Bunda, obrazlar va tasviriyotlar ma'nolarni ifoda etish uchun simvollarga aylantiriladi. Misol uchun, to'g'ri tomonga ko'tarilgan boshqa bir narsa doim ham xushnudlikka ishora qilishi mumkin. 3. Ranglilik: Xalq amaliy san’ati ranglardan keng foydalanadi va bunga asoslangan bo‘lib tasviriyotlarda yorug‘lik, ranglilik va qo‘l-ko‘cha joylashgan rangli ko‘rinishlar keng qo‘llab-quvvatlanadi. 4. Ovozli effektlar: Xalq amaliy san’ati, musiqa va ovozli effektlardan ham foydalanadi. Ovoz va musiqa tasviriyotlarni qo'llash orqali ko'rsatuvlar va obrazlarni o‘ziga xos atmosferaga o‘tqazish imkonini yaratadi. 5. Madaniyat tuyg'ularini ifodalash: Xalq amaliy san’ati, bir milliy tuyg’u va madaniyatning ifodalanishida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu san’atning estetik jihatlaridan biri, milliy va madaniy g'oya va qadriyatlarni ifodalashdir. 6. Folklor elementlari: Xalq amaliy san’ati, folklor elementlaridan ham foydalanadi. Folklor hikoyalari, xalq qo'shiqlari va dunyoqarashi haqidagi ma'lumotlar shakllanishda ham foydalanilishi mumkin. 7. Kengaytirilgan detallar: Xalq amaliy san’atida detallarning kengaytirilishi ko‘p foydalaniladi. Bu detallar obrazlarning to‘liq tariflanishi uchun asosiy bo‘lib, tasviriyotni to‘la rangli holatda ko'rsatish imkonini beradi. Xalq amaliy san’ati estetik jihatlarining barchasi milliylik, tarix va madaniyatning ifodasiga asoslanganligini bildiradi. Bu san'at shakllari o‘zlariga xos, jismoniy va ma'naviy qo‘llanmalarni ifodalaydi va bir milliy tuyg’u, tarix va madaniyatni yuksaltadi. XX asr mutafakkirlarining XXI asrda falsafa san’at bilan mustahkam aloqada bo‘lsagina yashab qoladi, deganga o’xshash mulohazalari mazkur muammoning yangicha o‘rtaga tashlanishi, xolos. Bular shunchaki gaplar emas, aksincha muayyan ildizga ega, ma’lum m a’noda asoslangan fikrlar. Chunki falsafa bilan san’at mohiyat nuqtayi nazaridan bir-biriga o'xshash. Avvalo buni ularning tadqiq usulida ko‘rish mumkin. Falsafa voqelikning faqat bir qisminigina ajratib o’rganadigan fandan farqli o‘laroq, u olamni yaxlitligicha olib tekshiradi. San’at ham xuddi shunday: olam yaxlitligini badiiy qiyofa yaxlitligida ifodalaydi, voqelikni butunisicha badiiy tadqiq etadi. Xullas, har ikkisining ildizi asotirlarga — miflarga borib taqaladi: dastlab dunyoning yaxlit manzarasini kutubxonasi ko'rish uchun “tasavvur o’yini”dan foydalangan qadimgi odam, astasekin bu yaxlitlikni “tafakkur o’yini” vositasida mushohada qilishga o4tgani shubha tug’dirmaydi deb o’ylaymiz. Shunday qilib, falsafada nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan bilish san’atda o’zining eng mukammal va universal shaklini topadi. San’at bilan falsafaning yana bir o’xshashligini ulaming demokratik tabiatida ko’ramiz. Bundan tashqari har bir haqiqiy san’at asari o'zining falsafiy konsepsiyasiga ega bo’ladi, unda g’oyaviy badiiylik bilan uyg'unlashib ketadi, idrok etuvchi falsafiy mushohada yuigizishga, unda umumlashma fikr uyg‘otishga “majbur qiladi”. Boshqacharoq aytganda, san’at ham o’zini dunyoqarash sifatida namoyon etadi. XX asming buyuk faylasuflaridan biri Martin Haydegger: “Falsafa faqat insoniy qilmish sifatidagina ma’noga ega. Uning haqiqati mohiyatdan insoniy ishtirokdan iboratdir. Faylasuflik qilish insoniy ishtirokning taqdiriga ildiz otgan. Bu ishtirok esa erkinlikda ro’yobga chiqadi”, — deganida tomomila haq edi. Zero, fan bevosita insonning ishtirokini inkor etgani holda, falsafa san’at kabi insonining ishtirokisiz voqe bo’lolmaydi, u yuqorida aytganimizdek, insonning “tafakkur o’yini”. Inson ichki erkinligining dunyoqarash sifatida in’ikos etishidir. San’at va axloq. Bu ikki m a’naviy hodisa shu qadar mustahkam aloqadaki, biri ikkinchisining ishtirokisiz to ‘laqonli mavjud bo'lolmaydi. H ar ikkalasini ham insonshunoslik deb atash m um kin, faqat ular anatomiya kabi odam a’zolarini emas, inson axloqiy — estetik-ruhiy muruwatlarini, ya’ni uning ezgulik va go4zallikka, yovuzlik va xunuklikka munosabatini aks ettiradi, o ‘rganadi. Shu sababli axloqdan tashqarida san’atning mavjudligi m umkin emas, ayni paytda san’atsiz axloq targ‘ibotdan mahrum bo4lib qoladi va faollik xususiyatini yo4qotadi. Zero, san’atning azaliy va abadiy bosh mavzusi ezgulik bilan yovuzlik o4rtasidagi kurashdir, boshqa barcha insoniy muammolarning o'rtaga tashlanishi va hal etilishi badiiy asarda ana shu mavzuning ochib berilishi uchun yordamchi vazifasini o‘taydi. Axloqning san’atda in’ikos qilishi ikki xil yo4l bilan amalga oshadi. Birinchisi — bevosita, ya’ni asardagi badiiy qiyofalarda ijobiylik, axloqiy fazilatlari ustun bo'ladi, axloqiy idealni yaqqol ko'rib turamiz. Ikkinchisida esa, biz asarda axloqiy ideal tugul, hatto biror-bir ijobiy qahramonni ham uchrata olmaymiz. Lekin ularni baholash imkoniga ega bo4lamiz. Chunki m uallif illatlarni o’z zamonasi erishgan axloqiy yuksaklik darajasidan turib fosh qiladi. М., Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Gogolning “Revizor”, Abdulla Qahhoming “Mayiz yemagan xotin” asarlari shular jumladan. 141 www.ziyouz.com kutubxonasi Bundan tashqari san’at bilan axloq aloqadorligini maxsus “axloqiy” adabiy janrlarning mavjudligida ham ko‘rish mumkin. Og‘zaki va yozma adabiyotdagi maqol, matal, hikmat, rivoyat, pandnoma, masal kabi janrlar bunga misol bo‘la oladi. Shunday qilib, san’at va axloqning aloqadorligi, xalqona aytganda, et bilan tirnoq darajasidagi yaqinlikda, asardagi axloqiy-estetik yaxlitlikda namoyon bo‘ladi. Download 157.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling