12-mavzu: oila va jamiyatning inson hayotidagi o‘rni reja


Download 34.29 Kb.
bet1/3
Sana21.01.2023
Hajmi34.29 Kb.
#1105625
  1   2   3
Bog'liq
12-MAVZU OILA VA JAMIYATNING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI


12-MAVZU: OILA VA JAMIYATNING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI
REJA:

  1. Oilaning jamiyatda tugan o‘rni.

  2. Oila - tarbiya maskani.

  3. Oilaning muhim vazifalari.

Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta'miniydigan, yangi avlodni dunyoga keltinb, ma’naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Oila tabiatning eng go‘zal mojizalaridan biri bo‘lib, u insonlarga xos "tabiiy-biologik" (jinsiy munosabatlar), iqtisodiy (mulkiy munosabatlar, uy-ro‘zg‘orni boshqarish), huquqiy (nikohni davlat yo‘li bilan qayd etish), ma'naviy (er-xotin, ota-ona va bolalar o‘rtasidagi mehr-oqibat tuyg‘usi va boshqalar) munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birlikdir.
Oila maqsadi - ikki jinsning o‘zaro kelishuvi asosida farzandlarni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini ta'minlash.
Oilaning vazifasi - er-xotinning birgalikda xo jalik yuritish asosida oilani ham ma'naviy, ham iqtisodiy jihatdan ta'minlash hamda jamiyatga sog‘lom, aqlli, har tomonlama barkamol farzand tarbiyalash. Oila mazmun va mohiyatga ko‘ra har bir xalq, har bir millat uchun o‘ziga xos xarakterli xususiyatlarga egadir. Sharqda oila tushunchasi oila qurish va lining mustahkamligini, farovonligi va barqarorligini ta'minlash insonning o‘z millati, avlod-ajdodlari, jamiyati oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi. Ayniqsa, oila o‘zbek xalqi uchun eng muqaddas dargohdir. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta'biri bilan aytganda: "Oilada o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a'zolari o‘z burchini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug‘lari va yaqinlarining, qo‘shnilarining eson-omonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir".

Download 34.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling