12-Mavzu: organizmlarning ko‘payishi. Jinssiz ko‘payish


Hayvonlarda jinsiy ko‘payish


Download 1.58 Mb.
bet3/3
Sana10.09.2020
Hajmi1.58 Mb.
#129167
1   2   3
Bog'liq
12-mavzu Biologiya


Hayvonlarda jinsiy ko‘payish. Bir hujayrali organizmlarda jinsiy jarayon – kopulatsiya (lotincha kopu latio – qo‘shilish) jarayoni kuzatiladi. Bunda maxsus jinsiy hujayralar – gametalar qo‘shilib zigotani hosil qiladi. Buorganizmlarda – gametalar ona hujayraning ko‘p marta bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Gametalarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotadan tinim davri o‘tgach, yangi yosh organizmlar hosil bo‘ladi. Konyugatsiya jarayonida maxsus jinsiy hujayralar hosil bo‘lmaydi. Konyugatsiya (lotincha konyugatsiya birikish, bog‘lanish so‘zlaridan olingan) infuzoriyalarda kuzatiladi. Infuzoriya tufelkaning katta yadrosi konyugatsiyadan avval erib ketadi. Kichik yadro bo‘linib ikkita gaploid

yadrolarni hosil qiladi. Ikkita tufelka bir-biriga yaqin kelib, ular o‘rtasida qo‘shni hujayralar sitoplazmasini bog‘lovchi ko‘prikcha yuzaga keladi. Har ikki tufelka yadrolarining biri sitoplazma suyuqligi bilan boshqasiga o‘tadi. Har bir tufelkadagi ikkita gaploid yadrolar o‘zaro qo‘shilib, diploid yadroni hosil qiladi. Konyugatsiyada ishtirok etgan tufelkalar tarqalib alohida hayot kechiradi. Konyugatsiya natijasida genetik axborot almashinuvi (rekombinatsiya) sodir

bo‘lgani uchun yangi hosil bo‘lgan individlar genotipi dastlabki individlar genotipidan farq qiladi. Ko‘p hujayrali organizmlarda urug‘lanib va urug‘lanmasdan (partenogez) ko‘payish farqlanadi.

Gametogenez. Hayvonlarda jinsiy hujayralarning hosil bo‘lish jarayoni gametogenez deyiladi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlarda jinsiy hujayralar jinsiy bezlarda hosil bo‘ladi. Erkaklik jinsiy hujayralar urug‘donda, urg‘ochilik jinsiy hujayralar tuxumdonda rivojlanadi. Urug‘don va tuxumdonda

maxsus zonalar bo‘lib, har bir zonada o‘ziga xos jarayonlar sodir bo‘ladi. Spermatozoidlarda bosh, bo‘yin, dum qismlari shakllanadi. Yadro bosh qismida mitoxondriyalar dum qismida joylashadi. Tuxum hujayralarda bittadan ortiq spermatozoidning kirishiga yo‘l qo‘ymaydigan qo‘shimcha qobiq hosil bo‘ladi



Ovogenez va spermatogenez jarayonlarining farqi. Ovogenez spermatogenezga qaraganda uzoq muddat davom etadi. Chunki tuxum hujayralarda spermatozoidlarga qaraganda ko‘proq oziqa to‘planadi. Spermatogenezning meyoz jarayonida sitoplazma hamma hujayralarga teng miqdorda taqsimlanadi. Ovogenezda esa bo‘linayotgan hujayralarning faqat bittasiga sitoplazma ko‘p, boshqalariga juda oz miqdorda o‘tadi. Spermatogenezning oxirida 4 ta bir xil, ovogenezda esa 1 ta yirik, 3 ta mayda hujayralar shakllanadi. Mayda uchta hujayra keyinchalik nobud bo‘ladi.Yirik sitoplazmaga boy hujayra esa tuxum hujayraga aylanadi.

Hayvonlarda gametogenez jarayoni.



Urug‘lanish deb tuxum hujayra bilan spermatozoidning qo‘shilishi natijasida

zigota hosil bo‘lishiga aytiladi. Zigotadan yangi organizm rivojlanadi. Partenogenez. Ayrim hayvonlarda, jumladan chuvalchanglar, asalarilar, chumolilar, o‘simlik bitlari, tuban qisqichbaqasimonlarda tuxum hujayra urug‘lanmasdan rivojlanishi mumkin. Bunday rivojlanish partenogenez deb ataladi. Tabiiy partenogenez asalarida kuzatiladi. Asalarida urug‘langan tuxum hujayradan urg‘ochi ari, urug‘lanmagan tuxum hujayradan erkak arilar – trutenlar rivojlanadi. Hozirgi vaqtda partenogenez faqat tabiiy holda uchrabgina qolmay, balki uni sun’iy olish imkoniyati ham mavjud. Bunda fi zik(mexanik ta’sirlar, elektr toki, issiqlik va boshqalar) va kimyoviy omillardan foydalaniladi. Masalan, urug‘lanmagan baqa tuxum hujayrasiga nina bilan ta’sir qilib, undan yetuk baqani rivojlantirish mumkin, ularning hammasi urg‘ochi jinsli bo‘ladi. B. L. Astaurov (1904–1974) sun’iy partenogenez yordamida erkak jinsli ipak qurtlarini yaratish usulini ishlab chiqqan.
Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling