12-mavzu: professional yozuv sinonimlar


Download 32.06 Kb.
bet2/3
Sana22.06.2023
Hajmi32.06 Kb.
#1649911
1   2   3
Bog'liq
12-MAVZU BIZNES

5-topshiriq. Akademik yozishda talabalarda uchrashi mumkin bo’lgan ba’zi qiyinchiliklar yoritilgan. Diqqat bilan o’qib chiqing va ajratib ko’rsatilgan so’zlarga e’tibor bering.
Myullerning fikricha, ob-havoning tubdan o’zgarishi global isish, xususan, dengiz harorati bilan bog’liq. Biroq, Kenzia (2013) ning fikricha, Myuller bu mavzu ustida bosh qotirishi tabiat muvozanatini buzilganligini (disfunksiya) ko’rsatadi va ushbu hodisaga hech qanday dalil yo’qligini, suv toshqinlari va kuchli bo’ronlar kabi hodisalar hozirgi kunda dolzarb bo’layotganini anglatishni ta’kidlaydi. U asosiy masala sifatida sel ko`p bo`ladigan joylarda o’sayotgan aholini nazarda tutadi. Myullerni xavotirga solayotgan masala Tinch okeanining shimoliy qismidagi harorat 1968-yildan buyon 0,5 darajaga oshgani edi, lekin, Kenzia ushbu holni tabiatda sodir bo’layotgan o’zgarishlar deb qabul qilgan.
Biroq, Javez (2009) va Saymonslar (2011) birgalikda YUNESKO homiyligi asosida 2000-yildan beri uch karra olib borilayotgan tashviqot ishlarini tanqid qilib chiqishgan.


6-topshiriq. Til muhokamasi. Quyidagi so`zlar tilning umumiy xususiyatlarini bayon qilish uchun ishlatiladi. Sherigingiz bilan ro’yxatdagi so’zlarni muhokama qiling.Har biriga bittadan misol keltiring.
Ko’p ma’nolilik - bir necha ma’noga ega so’z. Noaniqlilik.
Hangoma (anekdot) - biror bir voqea yoki hodisani tasvirlovchi hikoya.
Qolip ( klishe) - asossiz qo’llanilgan so’z va ibora.
Evfemizm - biron bir so’zning to’liq ma’nosini to’g’ridan-to’g’ri bayon etmaslik uchun qo’llaniladi.
Oshirib aytish - real voqea-hodisani yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlash.
Iboralar – soz`lashuv uslubida qo’llaniladigan, ko’chma ma’noga ega so’z.
Metafora - biron bir so’zda ma’no ko’chishinig yuz berishi.
Paradoks - shubhasiz to`g’ri hisoblangan fikrni inkor etish.
Maqol - inson xulqi va tarbiyasiga qaratilgan nasixat.
Matal - ko’p so’zlangan va o’zida haqiqat aks ettirgan fikr va mulohaza.
Qiyoslash - ikki buyumni o’zaro qiyoslash.
Da’vat - tez-tez qaytariladigan ibora bo’lib, asosan biror narsani reklama qilish uchun qo’llaniladi.
Bayonot - biron bir voqea-hodisaning rasmiy ifodasi.
Konspekt - ma’lumotning qisqacha mazmuni.
Kamtarin gapirish - biron-bir voqea hodisani to’liq bayon etmaslik.



Download 32.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling