12-mavzu: professional yozuv sinonimlar


-topshiriq. Quyida ajratib ko’rsatilgan so’zlarning sinonimlarini toping


Download 32.06 Kb.
bet3/3
Sana22.06.2023
Hajmi32.06 Kb.
#1649911
1   2   3
Bog'liq
12-MAVZU BIZNES

7-topshiriq. Quyida ajratib ko’rsatilgan so’zlarning sinonimlarini toping.

  1. Professor Hik tadqiqotdagi topilmalar bo’yichaso’rovnoma olib bordi.

  2. Statistika o’quvchilar soni proporsional oshib borayotganini ko’rsatdi.

  3. Institutning taxmini bahs-munozaralarga sabab bo’ldi.

  4. Narx - bu tizimga asosiy yetishmovchilik bo’lishi mumkin.

  5. Ular birinchi tanlovda fikr jamlashlari kerak.

  6. Leksiyadan so’ng u g’oyani aniqlashtirishga harakat qildi.

  7. Uch muammoanaliz qilinishi kerak.

  8. Korpus saqlanib qolinishi mumkin, ammo, maqsad o’zgartirilishi kerak.

  9. Yog’ ishlab chiqaruvchilar maqsadi: mahsulot hajmini kamaytirish va jahonda narxlarni oshirish.

  10. Kichik oilalarning ko’rsatkichi oxirgi o’n yillik ichida tezkor ravishda ko’tarildi.

8-topshiriq. Matnni o’qing. Iqtisodiy atamalarni daftaringizga yozing va izohlang.
Bozor iqtisodiyoti
G’arbda bozor iqtisodiyoti deganda, iqtisodiy yechimlar asosan markazlashmagan tarzda qabul qilinadigan iqtisodiyot tushuniladi. Bozor iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatishi asosan bozor meHanizmlari orqali amalga oshiriladi. G’arb adabiyotida bozorning ko’pgina ta’riflari mavjud. Lekin, ularning hammasi shundan iboratki, bozor mustaqil ravishda qarorlar qabul qiluvchi alohida xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, aloqalar shakli hisoblanadi. Har doim ham bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin bozor bo’lmay, balki raqobatli bozor o’z faoliytini ko’rsatadi. Uning faoliyat ko’rsatishi uchun dastavval mulkchilikning xilma-xil shakllarini (xususiy, kooperativ, aksiyadorlik, davlat va boshqalarni) ro’yobga chiqarishini va bozor infrastrukturasini vujudga keltirishini talab etadi.

9-topshiriq. Quyidagi matnda ajratib ko’rsatilgan so’zlarni ularning sinonimlariga almashtiring.
Ko’pgina motor ishlab chiqaruvchi korxonalar elektr zaryadli mashinalar ishlab chiqarishmoqda. Ushbu kompaniyaning maqsadi arzon va oz miqdorda iflos chiqaruvchi mashinalarni ishlab chiqarish. Lekin, ushbu motor ishlab chiqaruvchilar bir necha qiyinchiliklarga uchrashdi. Birinchi muammolardan biri batareya miqdorining cheklangani bo’lsa, ikkinchisi uning narxi va og’irligi. Biroq, motor ishlab chiqaruvchilar ushbu muammolar tez kunlarda bartaraf etilishini va mashinalarning 10% miqdori 5 yil mobaynida uzluksiz elektr zaryadi bilan ta’minlanishini bashorat qildilar.


Adabiyotlar ro`yxat:
1. Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003.
2.Husanov N., Mirahmedova Z. Iqtisodiyot atamalari va ish yuritish. –T.: TMI, 2005.
3.Husanov.N., Husanova M., Xo`jaqulova R., Yusupov E. “Iqtisodiyotda texnik yozuv”. T.: “Fan va texnologiya markazi”, 2012. 152 b.
4.Jerald Alred, Charles Brusaw, Walter Oliu. Hahdbook of technical writing. New York, Copyright 2003.

  1. Stephen Bailey. Academic Writing. Handbook for international student`s. London, 2015

[14; 156-164-betlar]
Download 32.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling