Qazilmalarni qazib olish haqida umumiy
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MA'RUZA (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi
- Foydali qazilma boyliklariga
MA’RUZA № 1. KIRISH. O‘ZBEKISTONDA KONCHILIK SANOATINING O‘RNI VA AHAMIYATI.FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB OLISH HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. Darsning maqsadi – Respublikamizda konchilik sanoati va uning davlat strategiyasida tutgan oʻrni haqida tushunchaga ega boʻlish. Reja: 1. Oʻzbekistonda konchilik sanoatining rivojlanish koʻrsatgichlari. 2. Respublikamiz rivojlanishida konchilik sanoatining oʻrni va ahamiyati. 3. Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining о‘ziga xos xususiyatlari. 4. Foydali qazilmalarning qazib olishning usullari. Konchilik sanoati - zamonaviy industriyaning asosiy xom ashyo va yoqilg‘i bazasi hisoblanadi. U energetika va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarining asosiy yoqilg‘i manbaidir. SHuningdek, konchilik sanoati qora va rangli metallurgiya, ximiya sanoati, o‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoati uchun xom-ashyo bazasi hisoblanadi. Xalq xo‘jaligida foydalanilayotgan tabiiy resurslarni 70% ini mineral xom-ashyolar tashkil qiladi. Foydali qazilma boyliklariga xo‘jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so‘ng ishlatiladigan barcha turdagi tog‘ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o‘rin egallaydi. Uni xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi jahonda konchilik sanoati yuqori rivojlangan mamlakatlar qatoridan mustahkam oʻrin olgan. Hozirga qadar Oʻzbekistonda hammasi boʻlib 2800 yaqin istiqbolli turli foydali qazilma konlari aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xom ashyo turlarini oʻz ichiga oladi. Muhim strategik manbalar — neft va gaz kondensati, tabiiy gaz boʻyicha 155 ta kon, qimmatbaho metallar boʻyicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radiaktiv metallar boʻyicha 40, kon- kimyo xom ashyosi boʻyicha 15 ta kon va boshqa qidirib topilgan va ishga tushirilgan. Oltin, uran, neft, fosforitlarning razvedka qilingan zahiralari boʻyicha Oʻzbekiston jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi. Respublika jahonda oltin zahiralari boʻyicha 4-oʻrinda, mis zahiralari boʻyicha 10—11 oʻrinda, uran zahiralari boʻyicha 7—8 oʻrinda turadi (yana q. Gaz sanoati, Rangli metallurgiya, Koʻmir sanoati, Neft sanoati, Oltin sanoati, Temir ruda sanoati). Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy kо‘rinishlaridan biri bо‘lib, hayot darajasi va sivilizatsiyaning о‘sishini ta’minlaydi. Kon ishlari sanoat ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘i sifatida konlarni razvedka qilish, ularni qazib chiqarish, qazib olingan xom ashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalari qurish va turli vazifalarni bajarishga mо‘ljallangan yer osti inshootlarni barpo etish kabi ishlarni о‘z ichiga oladi. “Kon ishlari asoslari va ishlab chiqarish texnologiyalari” fani “Konchilik elektro mexanika” yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr tayyorlashda о‘qitiladigan fanlardan biri hisoblanadi. Foydali qazilma konlarini yer osti, ochiq, geotexnologik va boshqa usullarda qazib chiqarish tamoyillarini о‘zlashtrish ushbu fanning vazifasi hisoblanadi. “Kon ishlari asoslari va ishlab chiqarish texnologiyalari”ni gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy va umumtexnika fanlari bо‘yicha bilimlar asosida о‘rganiladi. Ulardan eng asosiylari: geologiya, kon ishlari tarixi, chizma geometriya, ekologiya, hayot xavfsizligi va boshqalar. Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bо‘g‘in sifatida foydali qazilma konlarini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga oshiradi. Konchilik sanoati mamlakat xalq xо‘jaligiga yoqilg‘i (kо‘mir, yonuvchi slanetslar, torf, neft, tabiiy gaz), qora, rangli va radioaktiv metallar rudalari, kon- kimyo xom ashyolari, qurilish materiallari va boshqa xom ashyolarini yetkazib beradi. Yuqorida sanab о‘tilgan xom ashyo va minerallarning dunyo miqiyosida qazib chiqarish, ekspertlar hisobi bо‘yicha 160-180 mlrd. tonna kon massasini tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda har yili yer ostidan 8 mlrd. tonna yoqilg‘i, 570 mln.t qora metall rudasi, 170 mln.t rangli metall rudasi, 620 mln.t industrial mineral xom Ashe qazib olinmoqda. Biroq zamonaviy texnika va texnologiya qazib olingan kon massasining atigi 3 -5 % dangina foydalanishni ta’minlamoqda, xolos. Qolgan 95- 97 qismi sanoat chiqindisi hisoblanadi. Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti va mudofaa quvvati hamda mustaqilligining mustahkamlashda katta ahamiyatga egadir. О‘zbekiston Respublikasi konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatorida yetakchi о‘rinlarda turadi. Hozirgi vaqtda respublikada konchilik sanoatining quyidagi tarmoqlari mavjud bо‘lib, ular yuqori sur’atlarda rivojlanib bormoqda: - yoqilg‘i qazib chiqarish (kо‘mir, yonuvchi slanetslar, neft, tabiiy gaz, uran); - rangli metallurgiya (oltin, kumush, miss, rux, qо‘rg‘oshin, volfram va boshqalar); - kon-kimyo xom ashyosi qazib chiqarish (appatit,fosforit va turli mineral tuzlar); - tabiiy qurilish materiallari qazib chiqarish (granit, marmar, tuf, ohaktosh, shag‘al, qum, soz tuproq va boshqalar). Hozirgi vaqtda О‘zbekiston Respublikasi hududida 2800 ga yaqin turli foydali qazilma konlari topilgan. Ulardan 850 dan kо‘prog‘i tо‘la razvedka qilingan va 400 ga yaqini ishlatilmoqda. Biroq shuni aytish kerakki, ishlatilayotgan konlarning qariyb 80-85% tabiiy qurilish materiallari konlariga tо‘g‘ri keladi. Bu konlarni qazib olayotgan korxonalarining ishlab chiqarish quvvati juda kichik bо‘lib, kon massasi bо‘yicha unumdorligi 25-50 ming tonna (yoki kub metr) ni tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda о‘rta va katta ishlab chiqarish quvvatiga ega bо‘lgan konchilik korxonalari ham respublika iqtisodiyotida muhim о‘rin tutadi. Ularga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, О‘zbekiston “Kо‘mir” aksionerlik jamiyati, shuningdek, kо‘plab neft va tabiiy gazni qazib chiqaruvchi korxonalar misol bо‘la oladi. Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy kо‘rinishlaridan biri bо‘lib, hayot darajasi va sivilizatsiyaning о‘sishini ta’minlaydi. Kon ishlari sanoat ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘i sifatida konlarni razvedka qilish, ularni qazib chiqarish, qazib olingan xom ashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalari qurish va turli vazifalarni bajarishga mо‘ljallangan yer osti inshootlarni barpo etish kabi ishlarni о‘z ichiga oladi. Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bо‘g‘in sifatida foydali qazilma konlarini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga oshiradi. Konchilik sanoati mamlakat xalq xо‘jaligiga yoqilg‘i (kо‘mir, yonuvchi slanetslar, torf, neft, tabiiy gaz), qora, rangli va radioaktiv metallar rudalari, kon- kimyo xom ashyolari, qurilish materiallari va boshqa xom ashyolarini yetkazib beradi. Yuqorida sanab о‘tilgan xom ashyo va minerallarning dunyo miqiyosida qazib chiqarish, ekspertlar hisobi bо‘yicha 160-180 mlrd. tonna kon massasini tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda har yili yer ostidan 8 mlrd. tonna yoqilg‘i, 570 mln.t qora metall rudasi, 170 mln.t rangli metall rudasi, 620 mln.t industrial mineral xom Ashe qazib olinmoqda. Biroq zamonaviy texnika va texnologiya qazib olingan kon massasining atigi 3 -5 % dangina foydalanishni ta’minlamoqda, xolos. Qolgan 95- 97 qismi sanoat chiqindisi hisoblanadi. Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining о‘ziga xos xususiyatlari mavjud, ularning asosiylari quyidagilar: - foydali qazilma konlarini о‘zlashtirish atrof muhitga bevosita ta’sir kо‘rsatib qator ekologik muammolar kelib chiqishiga sabab bо‘ladi; - ish joylarini doimo surilib turishi kon qazish ishlarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va tashkil qilishga alohida talablar qо‘yadi; - qazish ishlarini tobora chuqurlashib borishi natijasida kon-geologik sharoitlarni murakkablashib borishi, gazodinamik xodisalarning sodir bо‘lish ehtimolligi, shaxta (rudnik) atmosferasi haroratini kо‘tarilishi kabi omillarning mavjudligi. Bularning hammasi kon ishlarining murakkab va xavfli bо‘lishiga olib keladi. Odamlar tomonidan ishlatilganda yetarli darajada samara beradigan, organik yoki anorganik kelib chiqishga ega bо‘lgan tabiiy minerallarni foydali qazilma deyiladi. Foydali qazilmalarni qazib olish deganda ularni yer qobig‘idan chiqarib olish tushuniladi. Tabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon kо‘rinishlarda uchraydi. Foydali qazilmalarning qazib olishning quyidagi usullari mavjud: yer osti, ochiq, geotexnologik, skvajina va aralash usullar. Foydali qazilmalarni qazib olishni konchilik korxonalari amalga oshiradi. Konchilik korxonasi – konlarni razvedka qilish, qazib chiqarish va boyitish ishlarini bajaruvchi mustaqil ishlab chiqarish birligi. Foydali qazilmalarni qazib olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqaruvchi korxonalar deyiladi. Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karyer (razrez) kabi korxonalar kiradi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling