Qazilmalarni qazib olish haqida umumiy
Yemirilgan tog‘ jinslari bog‘liqlik darajasi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MA'RUZA (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II kategoriya
- III kategoriya
- I kategoriya
- V kategoriya
Yemirilgan tog‘ jinslari bog‘liqlik darajasi
bо‘yicha kategoriyalari. Yemirilgan tog‘ jinslari bog‘liqlik darajasi bо‘yicha kategoriyaga bо‘linadi: I kategoriya - sochiluvchan yemirilgan tog‘ jinslari. Bо‘laklar orasidagi kо‘p qavat oraliqlar soni bilan tavsiflanadi, lekin alohida bо‘laklar siqilishi va ular orasida ilashish bо‘lishi mumkin. Jinslar sochiluvchan bо‘ladi va tо‘g‘ri kо‘rinishli qiyalik hosil qiladi. Yumshanuvchanlik koeffitsenti K p =1,4-1,65 oralig‘ida, ba’zida undan ham katta bо‘ladi. II kategoriya - bog‘liqli sochiluvchan yemirilgan tog‘ jinslari. Alohida tabiiy bо‘lmalar va bо‘laklar orasidagi katta bо‘lmagan oraliqlar (bо‘shliqlik) soni bilan tavsiflanadi. Yumshanuvchanlik koeffitsenti K p =1,2—1,3. III kategoriya — bog‘liqli yemirilgan jinslar. Bir-biri bilan tо‘liq ajralmagan, massivning tabiiy yoriqligi kо‘rinishda bо‘ladi. Yumshanuvchanlik koeffitsenti K p =1,03—,05, ba’zida 1,05-1,1. Pog‘onalar tik qiyalikka ega. Bо‘laklikni bо‘lakning о‘rtacha chiziqli о‘lchami bо‘yicha topiladi. Buzilgan jinslar bо‘lakligi bо‘yicha beshta kategoriyaga bо‘linadi. I kategoriya — juda ham mayda yemirilgan jinslar eng katta bо‘lagi о‘lchamlari 0,4÷0,6 mm gacha; d cp =0,1. II kategoriya — mayda yemirilgan jinslar, bо‘laklar о‘lchami 0,6÷1,0 m.gacha; d sp =0,5÷0,25. III kategoriya — о‘rtacha yemirilgan jinslar, bо‘laklar о‘lchami 1,0 —1,4 m. gacha: d cp =0,25÷ 0,35 m. IV kategoriya - katta yemirilgan jinslar. Eng katta bо‘lagi о‘lchami 1,5÷2,0 m. d cp =0,4÷0,6 m. V kategoriya — eng katta yemirilgan jinslar. Tarkibidagi alohida bо‘laklar о‘lchami 2,5÷3,0 m va undan ham katta bо‘ladi: d cp =0,7÷0,9 m. Juda ham mayda, mayda va о‘rtacha yemirilgan sochiluvchan jinslar uchun yumshanuvchanlik maksimal koeffitsenti chegaralangan va u asosan 1,5 dan oshmaydi. Portlatish usuli bilan yumshatilgan jinslar tegishli holda juda ham katta, katta, о‘rtacha, mayda va eng mayda portlatilgan jinslar deb aytiladi. Mexanik yumshatish (yumshatgichlarda) natijasida olingan, bо‘laklari kattaligi 0,2 metrdan katta bо‘lmagan mayda yumshatilgan jinslar, maydalangan jinslar, 0,1m dan katta bо‘lmaganlarini esa kichik qilib maydalangan jinslar deb aytiladi. Juda xam maydalangan jinslarga bо‘lakchalar kattaligi 70, 40, 20, 10 mm ni tashkil etadigan qirrali shag‘alli mayda shag‘al kiradi. Qazib olishning texnologik sharoitlari bо‘yicha ruxsat etilganidan katta о‘lchamiga ega jinsli bо‘laklar noо‘lchamli deb aytiladi. Ular qо‘shimcha maydalanishi kerak. Noо‘lchamli bо‘laklar о‘lchami va chiqishi nisbiy tushuncha bо‘lib, tashuvchi va yuklovchi vositalarning quvvati bilan aniqlanadi. Ruxsat etilgan bо‘lak о‘lchami qancha katta bо‘lsa, bir xil sifatli portlashdan noо‘lchamli bо‘lakning chiqishi shuncha kam bо‘ladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling