Qazilmalarni qazib olish haqida umumiy
Qoyali va yarim qoyali, mustahkam, yumshoq va yemirilgan tog‘ jinslari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MA'RUZA (3)
Qoyali va yarim qoyali, mustahkam, yumshoq va yemirilgan tog‘ jinslari.
Ochiq usulda qazib olishda barcha tog‘ jinslarini umumiy holda quyidagi guruhlarga bо‘linadi: 1. Qoyali va yarim qoyali tog‘ jinslari (ularning tabiiy holatida); 2. Yemirilgan tog‘ jinslari (birinchi guruhdagi tog‘ jinslarining tabiiy yoki biror bir kuch ta’siri natijasida о‘zgargan holatda); 3. Mustahkam, yumshoq (bog‘lanuvchan) va sochiluvchan tog‘ jinslari. Qoyali tog‘ jinslariga metamorfik tog‘ jinslari, shuningdek ba’zi chо‘kindi tog‘ jinslari kiradi. Ularga kvarsit, granit, bazalt, gabbro, mustahkam izvestnyak va boshqalar taalluqlidir. Qattiqlik koeffitsiyenti – f=5÷10 dan 15÷20 gacha. Qoyali tog‘ jinslari portlatish yuli bilan yumshatib qazib olinadi. Yarim qoyali tog‘ jinslariga metamorfik tog‘ jinslari, asosan tub chо‘kindi tog‘ jinslari kiradi. Ularga gil va qum gilli slanetslar, mergel (ohakgil), gips, tosh tuzi, toshkо‘mir va boshqalar misol bо‘la oladi. Qattiqlik koeffitsiyenti f=1,5÷5. Yarim qoyali tog‘ jinslarini qazib olishda dastlabki yumshatish talab etiladi. Tog‘ jinslari geologiyasi va fizikasidan ma’lumki, massiv 3 tartibli yoriqlikka ega. Birinchi ikki tartibdagi yoriqlar massivni yirik elementlarga bо‘ladi. Uchinchi tartibdagi yoriqlar bо‘yicha massivda qoyali va yarim qoyali tog‘ jinslari besh kategoriyaga bо‘linadi. Massivning yoriqlar buyicha klassifikatsiyalanishi quyidagi jadvalda keltirilgan: Tog‘ jinslari-ning yoriqlilik kategoriyasi Massivning yoriqlilik (bloklilik) darajasi. Solishtirma yoriqlilik,m ¹ I О‘ta yoriqlili (mayda blokli) >10 II Kо‘p yoriqlili (о‘rta blokli) 2-10 III О‘rta yoriqlili (yirik blokli) 1-2 IV Mayda yoriqlili (juda yirik blokli) 1-0,65 V Amalda monolit (о‘ta yirik blokli) < 0,65 Mustahkam tog‘ jinslari qattik gil, bо‘r, toshkо‘mirlarni о‘z ichiga oladi. Qattiklik koeffitsiyenti f=0,8÷1,5.Ular massivda 10-20 m balandlikda qiyalikni 60- 70º burchakkacha saqlab turadi. Mustahkam tog‘ jinslari qazib olish uchun yetarli darajada kuch bо‘lganda (0,3-0,4 MPa dan kam bо‘lmaganda) dastlabki yumshatmasdan kon mashinalari yordamida qazib olish mumkin. Aks holda esa, qazib olishdan oldin yumshatish zarur bо‘ladi. Yumshoq tog‘ jinslari qumli gil, yumshoq kо‘mir va boshqalardan iboratdir. Qattiklik koeffitsiyenti f=0,6÷0,8. Bu turdagi tog‘ jinslarini oldindan yumshatmasdan barcha kо‘rinishdaga qazib olish mashinalari yordamida qazib olish oson. Ular 7-15 m balandlikda qiyalik burchagi 50-60º gacha saqlabtura oladi. Sochiluvchan tog‘ jinslari ga bir jinsli qumlar taaluqlidir. Ularning sochilmalarda va massivdagi qiyalik burchagi ichki ishqalanish burchagidan (=19-37º) oshmasligi kerak. Qumlarda qazib olish ishlari bir muncha kam, ya’ni bir jinsli silliqlangan bо‘laklar orasidagi bog‘liqlik kuchi amalda mavjud emas. Faqatgina zich joylashgan turli jinsli qumlarda bо‘laklari orasidagi 0,3-0,5 kgk/sm² dan oshmagan bog‘lanish mavjud. Qumlarning siljishiga qarshiligi dinamik ta’sirdakeskin kamyadi. Portlash, mexanik buzish, maydalash yoki tabiat kuchlari (qulash, nurash va boshqalar) ta’siri natijasida qoyali va yarim qoyali tog‘ jinslari buzilgan xolatga о‘tadi va oddiy texnik vositalar bilan tashish va yuklash uchun qulay bо‘ladi. Buzilgan tog‘ jinslari bо‘lagidagi bog‘liqlik darajasi, bо‘lakligi va mustahkamligi bо‘yicha tog‘ jinslarining maydalashgacha bо‘lgan mustahkamligidan farqqiladi. Tog‘ jinslari bog‘liqligi qо‘shilgan bо‘laklarni orasidagi aloqalar tavsifini oydinlashtiradi. Bog‘liqlik darajasi birinchi navbatda buzilgan jinslarni yumshanuvchanligiga hamda ishqalanish Ke (tabiiy bog‘lilik tavsifi), ilashish K 3 (mexanik buzish tavsifidagi bog‘liqlik) koeffitsiyentlari va jinslarning ichki ishqalanish burchagi p kattaliklari bilan kо‘rsatiladigan bо‘laklikka bog‘liq. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling