12-Mavzu: Qon aylanishi sistemasi Yoshga bog’liq xususiyati. Reja: Qon aylanishi sistemasi. Katta va kichik qon aylanish doirasi


Aqliy va jismoniy mehnat vaqtida yurak-tomir sistemasining funksiyalari


Download 23.52 Kb.
bet4/4
Sana05.05.2023
Hajmi23.52 Kb.
#1426544
1   2   3   4
Bog'liq
12 mav qon xosil qiluvchi organlar Word (2)

5.Aqliy va jismoniy mehnat vaqtida yurak-tomir sistemasining funksiyalari
Bolalar ulg’aygan sayin jismoniy ish bajarganda puls soni ortib boradi.
8-9 yashar bolada jismoniy ish vaqtida maksimal puls 184, 14-15 yoshda 206 bo'ladi. 16-18 yashar o 4smirda jismoniy ish vaqtida maksimal puls bir oz siyraklashib 196, qizlarda esa 201 bo‘ladi. Jismoniy ishdan so4ng 8 yashar bolalarda puls tezroq va 16-18 yashar o’smirlarda sekinroq bo’lib, asli holiga keladi. Bolalar charchaganda o‘rtacha puls siyraklashadi.
O'quvchilar o’quv yili oxiriga borib, charchab qoladi, shunda yurak qisqarishi ortadi. Bola jismoniy mashq bilan muntazam ravishda shug’ullanib tursa, yuragining massasi va sistolik hamda daqiqalik hajmi ancha ortadi. Chang’ida yurganda, velosiped uchganda, futbol o’ynagaida, yengil atletika va boshqalar bilan shug’ullanganda bolalar yuragining massasi, sistolik va daqiqalik hajmi ortadi. Yuraking sistolik hajmi muskul ishi vaqtida 12 yashar bolalarda 104 sm3, 13 yoshda 112 sm3, 14 yoshda 116 sm3 boiadi.
Yurak-tomir sistemasiga turli his-hayajon (xursandchilik, g4am, og‘riq, qo’rquv va boshqalar) kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi ta’sir etadi.
6.Yurak-qon tomir sistemasi gigiyenasi
Kun tartibi yurak-tomir sistemasiga kuchli ta’sir etadi. Bolaning kun tartibi to’ g’ri tashkil etilsa, yurak-tomir sistemasi bekamu ko’st ishlaydi.
Shuning uchun ham ular bajaradigan jismoniy ish va mashqlarning jadalligi va og’ir-engilligi ularning yoshiga mos bo’lishi kerak, ayniqsa salbiy his-hayajon, chekish, spirtli ichimliklar ichish, uzoq muddat harakatsizlik yurak-tomir sistemasi ishini buzadi.
Bolalarning kiyimi, poyabzali qon aylanishni qiyinlashtirmaydigan, vena tomirlarda qon dimlanib qolishiga y o i qo’ymaydigan boiishi kerak.
Poyabzal tor bo’lsa, oyoqning qon bilan ta ’minlanishi qiyinlashadi.
Oyoqda turli qadoq, yara paydo boiadi. Bolalarning sof havoda bolishi, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, vaqtida ovqatlanishi yurak- tomirlarning normal ishlashida muhim ahamiyatga ega.

1.Maktab yoshidagi bolalarda 1 mm3 qonda 7-3 mingni tashkil etadi. 3-7


yoshda neytrofillar soni kam, limfotsitlar soni esa ancha ko‘p bo‘ladi.
Bolaning yoshi ortishi bilan neytrofillar soni ortib, limfotsitlar soni kamayadi. Neytrofillar va qonning fagotsitar funksiyasi ham kam bo‘ladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarni yuqumli kasalliklarga tez chalinishi qisman shu bilan izohlanadi. 8-9 yoshdan fagotsitar funksiya ortib, organizmning turli kasalliklarga chidamliligi oshadi.
Trombotsitlarning soni ham yoshga qarab o ‘zgarib turadi. Katta odamda 1 mm3 qonda 200-400 ming, 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda 160-330 ming, 1 yoshdan 2 yoshgacha 140-170 ming, 2 yoshdan 3 yoshgacha 150-300 ming, 3 yoshdan 4 yoshgacha 356-370 ming bo4ladi. Qonning ivish tezligi barcha yoshdagi bolada bir xil bo‘lib, 3-4 daqiqada qon lahtasi hosil bo'ladi.
Yangi tug4ilgan bolada qon suyaklardagi qizil ilikda yaratiladi. Bir yoshdan boshlab qizil ilik yog4 to'qimasi bilan almashina boshlaydi, bu jarayon dastlab son, katta boldir suyaklarida, kechroq umurtqalarda boshlanadi. Besh yoshdan qizil ilikning yog4 to'qimasi bilan almashinishi ancha tezlashadi. 8 yoshda boldir suyaklarining yarmida qizil ilik оrnini yog’ to 'q im asi qoplaydi. 12-15 yoshdan boshlab, qon yaratilishi kattalamikidek bo'ladi. Bola tug'ilgandan so'ng taloq tez o'sa boshlaydi, vazni 5 oylikda 2 hissa, 1 yoshda 3 hissa, 10-12 yoshda 10 hissa ortadi.
Nazorat sovollari: Quyida berilganlarga Qisqa Javob tayyorlang!!.
1.Qon aylanishi sistemasi.
2. Katta va kichik qon aylanish doirasi
3. Yurakning yoshga xos xususiyatlari
4.Yurak faoliyatining boshqarilishi
5.Aqliy va jismoniy mehnat vaqtida yurak-tomir sistemasining funksiyalari
6.Yurak-qon tomir sistemasi gigiyenasi
Download 23.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling