12-маvzu: raqobatning turli sharoitlarida ish haqqining shakillanishi reja
Mamlakatdagi ishchi kuchi umumiy taklifini quydagi omillar belgilab beradi
Download 312.25 Kb.
|
12-МАVZU RAQOBATNING TURLI SHAROITLARIDA ISH HAQQINING SHAKILLANISHI
Mamlakatdagi ishchi kuchi umumiy taklifini quydagi omillar belgilab beradi:
Mamlakat aholisini soni; Aholining umumiy sonida mehnatga yaroqli bo’lganlar salmog’i; Aholining jinsiy va yosh tarkibi. Mehnating sof raqobatli bozorida ish haqi darajasining shakllanishi quyidagi xususiyatlariga ega bo’ladi: ish haqi darajasi alohida mehnat turiga yalpi talab va uning yalpi taklifi ta’sirida shakllanadi; alohida ishga yollanuvchilar va ishga yollovchilar ish haqi darajasiga ta’sir ko’rsata olmaydi; mehnatga umumiy talab yoki uning umumiy taklifidagi ancha katta o’zgarishlar ish haqi darajasida o’zgarish bo’lishiga olib keladi. Monopsoniya sharoitida ish haqi darajasi quyidagicha aniqlanadi: ishga yollovchilar ish haqi darajasini belgilashda nisbiy hukmronlikka ega bo’ladi; alohida mehnat turi taklifming cheklanishi ish haqi o'rtacha darajasining ko’tarilishiga olib keladi; mehnat turiga talab kamayganda ish haqi darajasi pasayadi. Ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasi (W) va band bo’lganlar soni (L) talab (D) va taklif (S) ning o’zaro ta’siri natijasida aniqlanadi (10.1 chizma). Mazkur bozorda muvozanatlik barcha tadbirkorlar WO darajasida ish haqi to’lashga roziligini, etarli miqdorda bo’sh qo’llar mavjudligini va ishchi kuchiga talabi to’liq qondirilganligini anglatadi. Bozor muvozanati holatda barcha xodimlar to’liq ish bilan ta’minlangan va ish haqining Wo darajasida o’zlarining mehnatini tavsiya qilishiga tayyor bo’ladi. Shu sababli E nuqta to’liq bandlik holatini ko’rsatadi. Boshqa har qanday sharoitda ish haqi Wo darajadan farq qilib ishchi kuchi bozoridagi muvozanatlik buziladi. Real ish haqi muvozanatlik Wo dan W1 darajaga ortganda ish kuchi bozorida taklif (0 S1) talab (0 D1 )dan D1 S1 miqdorga ortadi. Bunday sharoitda to’liq bandlikdan foydalanish ro’y beradi, ish o’rinlari barcha xoxlovchilarning ish haqining Wi darajasida ishchi kuchini sotishi uchun etarli bo’lmaydi. Yotiq o’qda D1 S1 kesma bilan aniqlanadigan ishchi kuchi taklifi ortiqchaligi vujudga keladi. Real ish haqi muvozanatlik darajaga nisbatan pasayganda ishchi kuchiga talab uning taklifidan S11 D11 miqdorga ortadi. Har ikki vaziyatda (ishsizlik va band bo’hnagan ish o’rinlari mavjud bo’lgan) sof raqobat bozor sharoitlari barqaror bo’lishi mumkin emas. Haqiqatda, agar ishchi kuchi taklifi unga bo’lgan talabdan ortsa, ishsizlik vujudga keladi, ishlab chiqarishda band bo’lganlar, ish o’rinlarini yo’qotib qo’ymaslik uchun, o’zlarining mehnat qilish layoqatini ancha past ish haqi darajasida ham taqdim qilishga tayyor turadi. 1-chizma Download 312.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling