12-маvzu: raqobatning turli sharoitlarida ish haqqining shakillanishi reja


Ishchi kuchiga bo’lgan bozor taklifi


Download 312.25 Kb.
bet6/19
Sana18.12.2022
Hajmi312.25 Kb.
#1028739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
12-МАVZU RAQOBATNING TURLI SHAROITLARIDA ISH HAQQINING SHAKILLANISHI

Ishchi kuchiga bo’lgan bozor taklifi Sof raqobatdosh mehnat bozorining taklif tomonida hech qanday kasaba uyushmasi boimaydi va ishchilar mavjud ish o’rinlari uchun raqobatga kirishishadi deb tasavvur qilamiz. Har bir ishchi kuchi uchun taklif egri chizig’i pastga yo’nalgan bo’ladi va bu esa ish beruvchilar ko’proq ishchilarni yollashlari uchun ko’proq tarif stavkalarini toiashlari kerak bo’lishini ko’rsatadi. Bu shunday amal qiladi, chunki ish beruvchilar boshqa sanoatlardan, kasblardan va hududlardan ishchilami jalb etishlari kerak bo’ladi. Imkoniyat darajasida ishchilar muqobil ish o’rinlariga ega bo’ladilar. Masalan, ular bir hududdagi boshqa ishlab chiqarish sanoatlarida ishlashlari mumkin yoki boshqa shaharlarda yoki shtatlarda o’z mutaxassisliklari bo’yicha kasblarda faoliyat ko’rsatishlari mumkin yoki ular boshqa kasblarda faoliyat ko’rsatishlari ham mumkin. Bu ishchilami ishga oluvchi korxonalar (bizning misolimizda, duradgorlar) ularga o’zlarining mavjud muqobil ish o’rmlarida olayotgan ish haqlaridan yuqoriroq maosh to’lashlari kerak bo’ladi. Shuningdek, ular hozirda ishlamayotgan ishchilami yuqoriroq ish haqi to’lash orqali ham jalb etishlari kerak. Qisqa qilib aytadigan bo’lsak, boshqa mehnat bozorlarida ish haqlari o’zgarmas deb oladigan bo’lsak, ma’lum mehnat bozoridagi yuqori ish haqi ko’proq ishchilami ayni shu mehnat bozorida faoliyat yuritishlariga qiziqtiradi Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida ayrim mualliflar (jumladan, «Ekonomiks» darsliklarida, V.D.Kamaev ralibarligida naslir etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligi va boshqalarda)3 ish haqini mehnat narxi sifatida, ayrimlari esa mehnat bozoridagi talab va taklifning muvozanat narxi sifatida talqin etadilar. Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan bizningcha noto’g’ri tushunchaga asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining funktsiya qilishi, uning ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo’lib, uning na qiymati, na narxi yo’qligi, bu jarayonni bozorga olib chiqib sotib bo’lmasligi fanda ham, real hayotda ham, iqtisodiy amaliyotda ham hammaga ayon bo’lgan va allaqachon isbo’llangan masaladir. Shuning uchun buni isbo’llashga harakat qilmasak ham bo’ladi. Lekin bu g’oyaning negizida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga olish zarur. Bu ham bo’lsa ular melmatni ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan bog’lashga harakat qilganlar. Ish haqining mazmuni to’g’risidagi turli nazariyalami, (turli mamlakatlardagi va o’z mamlakatimizdagi amaliyotni) umumlashtirib, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin4.
1. Ish haqi to’g’risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish xususiyati mavjud bo’lib, uning murakkab va ko’p qirrali iqtisodiy jarayon ekanligi ma’lum darajada e’tibordan chetda qolgan. Lekin bu nazariy a larning har biri da ish haqining u yoki bu tomoniga to’g’ri baho berilgan bo’lib, ularda foydalanish mumkin bo’lgan ijobiy mazmun mavjuddir.
2. Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning erishgan darajasiga, ya’ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, uning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan miqdoriga bog’liq bo’ladi. Chunki shu mahsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo’ladi.
3. Ish haqining miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, i shell ini ng o’zini, oila a’zolarini boqishga etadigan darajada bo’lishi lozim.
4. Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnati unumdorligi bilan bog’liq bo’ladi.
5. Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonada ishlab chiqarishning erishgan darajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir ishchiga to’g’ri kelgan miqdori bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham u mehnat miqdori, malakasi bir xil bo’lsa-da, turli korxonalarda turlicha miqdorda bo’lishi mumkin. Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta’rif berib aytish miqdoriga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog’liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagi cha tasvirlash mumkin:
b
u erda: Vp - real ish haqi;
Vh - nominal ish haqi; R - iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi.
Bizning misolimizda ishchining nominal ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 95 foizni, mart oyida 110 foizni tashkil etgan edi. Real ish haqi darajasining o’zgarishini aniqlash uchun esa iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi to’g’risida ma’lumot zarur bo’ladi. Aytaylik, narx darajasi yanvar oyiga nisbatan fevralda 1,08, martda esa 1,2 baravar oshgan bo’lsin. U holda ishchining real ish haqi fevralda 176 ming so’mni, mart oyida 183 ming so’mni tashkil etadi. Ya’ni, ishchining real ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 88 foiz, mart oyida 91,5 foiz darajasida bo’ladi. Real ish haqi darajasiga tovarlar va xizmatlar narxidan tashqari belgilangan soliqlar miqdori va boshqa turli sharoitlar ham ta’sir qiladi. Masalan, soliq turlari va miqdori qancha ko’p bo’lsa real ish haqi shuncha pasayadi, yoki aksincha.
Nominal ish haqi ishchining ishlab topgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa uning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi. Ish haqi aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismlaridan birini tashkil qilib, u istiqbolda ham o’zining yetakchi rolini saqlab qoladi. Birinchi Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizdagi real ish haqini oshirish masalalari ilgari surilib, real ish haqining oshishi - bu iqtisodiyotning qanday sur’atlarda rivojlanayotganini, mamlakatning moliyaviy ahvoli mustalik aynlanayotganini, mutanosib monetar siyosat qanday ta’minlanayotganini yaqqol aks ettiradigan o’ziga xos ko’zgu va ko’rsatkichdir, deb ta’riflanadi.
Statistik ma’lumotlar va sotsiologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra, mamlakatimizda 2006 yilning oxirida o’rtacha real oylik ish haqi 185 ming so’mi yoki salkam 150 AQSh dollarini tashkil etgan . 2007 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 1,5 barobar ko’paytirildi. 2007 yilning dekabrida o’rtacha oylik ish haqi, xo’jalik sulr ektlari va byudjet sohalarini hisobga olganda, 210 AQSh dollari miqdoriga teng bo’ldi9. 2008-yilda o’rtacha ish haqi byudjet tashkilotlarida 1,5 barobardan ziyod, butim iqtisodiyot bo’yicha esa 1,4 barobar oshdi. Natijada o’rtacha ish haqi miqdori 300 AQSh dollaridan ortiq bo’ldi, Aliolining real daromadlari esa yil davomida jon boshiga 23 foiz ko’paydi. 2009-yilni oladigan bo’lsak, o’rtacha ish haqi miqdorini byudjet sohasida - va shunga mos ravishda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ham - 1,4 barobar oshirish ko’zda tutilmoqda. Ish haqining muttasil oshib borishi aholi iste’mol talabining o’sishida kuchli omil bo’lishini, bu esa iqtisodiyotimizda ishlab chiqarish hajmlarining kelajakda yanada ortishini rag’batlantirishga xizmat qilishini nazarda tutib, Prezidentimiz iqtisodiy imkoniyatlarni e’tiborga olgan hoi da, 2010 yilga borib ish haqini 2,5 barobar oshirish vazifasini qo’yildi.
2016 yilgi ish xaqi jadvalda ko’rsatilgan.

Download 312.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling