Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar


Download 33.45 Kb.
bet1/5
Sana25.04.2023
Hajmi33.45 Kb.
#1397053
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar


Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qoʻllaniladigan koʻrsatkichlardan farqli tarzda bu koʻrsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil oʻtkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xoʻjaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
Bu koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi:
- Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Milliy daromad (MD), Shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste’mol (S), Jamgʻarish (S) koʻrsatkichlarining hajmi va oʻsish sur’atlari;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
- mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va oʻsish suratlari;
- resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi koʻrsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);
- davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste’mol baholari indeksi, inflyatsiyaning oʻsish sur’atlari;
- ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
- aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning jamgʻarmalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.

Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surʼati kabi koʻrsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qoʻllanilsa, YaIM, SIM, MD, ShD, ShTD, S, S koʻrsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi.


Bu koʻrsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi (MHT) tashkil etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini oʻtagani holda uning standartlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini oʻrganish, unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab oʻtilgan barcha koʻrsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondashuvga yoʻl qoʻyilishi mumkin.

Download 33.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling