Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar


Download 33.45 Kb.
bet3/5
Sana25.04.2023
Hajmi33.45 Kb.
#1397053
1   2   3   4   5
Bog'liq
Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar

YaIM = S + I + G + Xp

Sof eksport (Xp): mamlakatning import va eksport operatsiyalari boʻyicha xarajatlar oʻrtasidagi farq.


YaIMni daromadlar boʻyicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qoʻshilgan qiymatlar hisobidan, toʻlangan dastlabki daromadlar qoʻshib chiqiladi.
YaIMni daromadlari yigʻindisi koʻrinishida hisoblashda asosan quyidagi koʻrsatkichlardan foydalaniladi:
- sof bilvostia soliqlar (Tn) – bilvosita soliqlar (qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari oʻrtasidagi farq;
- yollanma ishchilarning ish haqlari (W) xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi toʻlovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib toʻlanadigan ijtimoiy sugʻurta ajratmalari.
- Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
Nokorporativ korxonalar – kichik hajmdagi, uy xoʻjaliklariga tegishli korxonalar boʻlib, ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari oʻzaro qoʻshilib ketgan boʻladi. Bu holat aralash daromad atamasini qoʻllashga sabab boʻladi.
R = Korporatsiyalarning sof foydasi (R1) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari (R2) + amortizatsiya (A);
YaIMni daromadlar koʻrinishida yalpi qoʻshilgan qiymatni koʻrsatilgan uch guruhga boʻlib topish mumkin:


YaIM = Tn + W+R

Olingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi natijasida dividend, renta, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya koʻrinishidagi daromadlar paydo boʻladi.


Shuningdek, YaIMni daromadlar koʻrinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada, daromadlarni quyidagi komponentlarga boʻlish koʻzda tutiladi:
- amortizatsiya (A);
- bilvostia soliqlar (T);
- yollanma ishchilarning ish haqlari (W);
- ijara haqi toʻlovi va renta koʻrinishidagi daromadlar (R1);
- kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2);
-mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (R1);
- korporatsiya foydasi (R2).
Korporatsiyalar foydasi oʻz navbatida quyidagilarga boʻlinadi:
a) korporatsiyasi foydasidan toʻlanadigan soliqlar (R1.1);
b) hissadorlar oʻrtasida taqsimlanadigan dividendlar (R1.2);
d) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi(R1.3).
Keltirilgan yondashvuga koʻra:



Download 33.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling