Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar


Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari


Download 33.45 Kb.
bet2/5
Sana25.04.2023
Hajmi33.45 Kb.
#1397053
1   2   3   4   5
Bog'liq
Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar

Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari
Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Har ikkala agregat koʻrsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular oʻzaro farq qilishadi.
Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qoʻllaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida tan olindi.
Koʻpgina iqtisodiy adabiyotlarda YaIMga ishlab chiqarilishida qoʻllanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat’iy nazar, mamlakatning jugʻrofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baholari yigʻindisi deb ta’rif berib kelingan.
1993-yilda qabul qilingan BMT MHTning yangi talqiniga koʻra Yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasiga aniqliklar kiritildi.
Yangicha talqiniga koʻra:
YaIM – mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy yigʻindisidan iborat.
YaIMning “ichki” deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa oʻsha mamlakat rezidenti deb qaraladi.
“Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat’iy nazar, mazkur mamlakatning iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega boʻlgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadigan, yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq yashayotgan) barcha iqtisodiy birliklar ( korxonalar, uy xoʻjaliklari) rezident hisoblanishadi”11.
Elchixonalar va harbiy bazalar oʻzlariga tegishli boʻlgan mamlakatlarning iqtisodiy makoni boʻlib qolaveradilar. Aynan shu jihat YaIMni hisoblashda iqtisodiy va jugʻrofiy hudud oʻrtasidagi farq deb qaraladi.
YaIM uch xil usul bilan hioblanadi:
1) ishlab chiqarish usuli;
2) xarajatlar usuli;
3) daromadlar usuli.
Har uchala usul bilan hisoblangan YaIM koʻrsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda oʻzaro teng boʻlishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan YaIM koʻrsatkichni hisoblashda oʻziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi.
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisi sifatida aniqlanadi. YaIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay boʻlishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish yoki oraliq mahsulot qiymatini YaIMga kiritib yuborishning oldini oladi.
Ishlab chiqarish hajmini toʻgʻri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va koʻrsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Koʻpgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini oʻtaydi. Shu sababli YaIMda ayrimmahsulotlarni ikki va undan koʻp marta hisobga olmaslik uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi.
Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, yoki ichki ayirboshlash siklidan chiqqan, yakuniy iste’mol, jamgʻarish yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi.
Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YaIMga qoʻshilmaydi.
Qoʻshilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xomashyo va materiallarni sotib olishga qilingan xarajatlar oʻrtasidagi farq koʻrinishida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YaIM koʻrsatkichining strukturasini va undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning oʻzgarishi bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish imkonini beradi.
Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YaIMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar oʻzaro qoʻshib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
Uy xoʻjaliklarining iste’mol xarajatlari (S):
a) uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;
b) kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;
d) iste’mol xizmatlari toʻloviga.
Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):
a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;
b) korxonalar, inshootlar, turar-joy binolarini qurishga sarflangan;
d) tovar zaxiralari oʻrtasidagi farqlar yoki zaxiralarning oʻzgarishi.
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G).
Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yoʻllari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida toʻlanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shuoʻrinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert toʻlovlari kiritilmaydi.
YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin:



Download 33.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling