YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + R1 + R2
Xarajatlar va daromadlar koʻrinishida hisoblab topilgan YaIM hajmi oʻzaro mos keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir subyekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi subyekt uchun daromad boʻlib tushadi.
Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa koʻrsatkichlar va ular oʻrtasidagi nisbat
Milliy hisobchilik tizimiga koʻra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YaIM koʻrsatkichidan boshqa yana bir qator koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Bu koʻrsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) koʻrsatkichi ham kiradi. Bu koʻrsatkich MHTning oldingi koʻrinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot (YaMM) koʻrsatkichi bilan mohiyatan bir xil.
YaMD – mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlangʻich daromadlari yigʻindisidir.
YaIM va YaMD koʻrsatkichlari oʻrtasidagi farqni quyidagi formula koʻrinishida tasavvur etish mumkin:
YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlari tomonidan xorijdan olingan daromadlari – norezidentlarning mamlakatdan xorijga joʻnatgan daromadlari.
YaIM va YaMD ning prinsipal farqlari shundaki, ulardan birinchisi mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar oqimini oʻlchasa, ikkinchisi ular olgan boshlangʻich daromadlarni oʻlchaydi.
Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) koʻrsatkichlari YaIM va YaMD koʻrsatkichlaridan amortizatsiya (iste’mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi.
SIM = YaIM - A
SMD = YaMD - A
Makroiqtisodiy tahlilda, shuningdek, MHTga kirmagan Shaxsiy daromad (ShD) koʻrsaikichi ham qoʻlaniladi.
ShD = SMD –[ISA (Ijtimoiy sugʻurta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) + (R1.1) korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporatsiya-larning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari] + transfert toʻlovlari (TR) + foizlar koʻrinishida olingan shaxsiy daromad.
Foizlar koʻrinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari boʻyicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi.
Shaxsiy daromaddan aholi toʻlaydigan daromad soligʻi, mulk soligʻi va ayrim nosoliq toʻlovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD) koʻrsatkichi topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |