Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularni hisoblash


Download 62.99 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi62.99 Kb.
#1438963
Bog'liq
Salayev



ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR VA ULARNI HISOBLASH
1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar
2. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari
3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
4. Nominal va real yalpi ichki mahsulot
5. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar

Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar
Bu ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
- Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy daromad (YaMD), Sof milliy daromad (SMD), Shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD), Iste’mol (C), Jamg‘arish (S) ko‘rsatkichlarining hajmi va o‘sish sur’atlari;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
- mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o‘sish suratlari;
- resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);
- davlat budjeti taqchilligi, deflator, iste’mol baholari indeksi, inflatsiyaning o‘sish sur’atlari;
- ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
- aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning jamg‘armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar
Davlat budjeti taqchilligi va inflatsiya sur’ati kabi ko‘rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‘llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD, ShD, ShTD, C, S ko‘rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi.

Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari
Yalpi ichki mahsulot - mamlakat hududida ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig‘indisidan iborat.
YaIM uch xil usul bilan hioblanadi:
1. ishlab chiqarish usuli;
2. xarajatlar usuli
3. daromadlar usuli
Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning asosiy shartlari quyidagilar:
-yakuniy tovarlar va xizmatlar bahosini ifodalaydi;
-bozor baholarida hisoblanadi;
-faqat joriy yilda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar bahosini o’z ichiga oladi;
-sof moliyaviy bitimlar bahosini o’z ichiga olmaydi.

Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi. YaIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay bo‘lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini YaIMga kiritib yuborishning oldini oladi
Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YaIMga qo‘shilmaydi.
Qo‘shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga qilingan xarajatlar o‘rtasidagi farq ko‘rinishida aniqlanadi.
Har uchala usulda hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda o‘zaro teng bo‘ladi.

Makroiqtisodiy tahlilda YaIM ko‘rsatkichi bilan birga YaMd ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi. YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir. Soddalik uchun YaIM - yalpi ishlab chiqarish, YaMD esa yalpi daromad deb ham yuritiladi.


Nominal va Real Yalpi ichki mahsulot
Iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan inflatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko‘rsatkich dinamikasi bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o‘zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir vaqtning o‘zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi.
Baholar indeksini yoki inflatsiya darajasini hisoblash uchun:
- deflator (Paashe indeksi);
- iste’mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
- sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim .

Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar
Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida ma’lum proporsiyalar yoki tenglik ta’minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo‘laklarining nisbatini, yoki shu bo‘laklar o‘rtasidagi nisbatni bildiradi.
Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo‘lishi uchun ayrim ko‘rsatkichlarning aynan teng bo‘lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yoki ko‘rsatkichlar guruhlari o‘rtasidagi mavjud bo‘ladigan, yoki mavjud bo‘lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o‘zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi.
Xarajatlar va daromadlar ko‘rinishida hisoblangan YaIM ko‘rsatkichlarining o‘zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi:
Y= C+ I + G + Xn
G - davlatning iqtisodiyotga aralashuvi
Xn - milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan aloqasi
Download 62.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling