28-Mavzu. Jon Meynard Keyns ta’limoti va keynschilik Tayanch tushuncha va iboralar Keyns; davlatning iqtisodiyotga aralashuvi; «Umumiy nazariya »


Download 20.95 Kb.
bet1/4
Sana20.01.2023
Hajmi20.95 Kb.
#1104539
  1   2   3   4
Bog'liq
keyns


28-Mavzu. Jon Meynard Keyns ta’limoti va keynschilik


Tayanch tushuncha va iboralar
Keyns; davlatning iqtisodiyotga aralashuvi; «Umumiy nazariya...», aralash iqtisodiyot; psixologik qonun; bandlik, milliy daromad, investistiya; foiz, likvidlik; multiplikator; keynschilik; AQShdagi keynschilik; akselerator; Franstiya keynschilari; indikativ rejalashtirish.


Asosiy savollar

  1. Keyns ta’limoti vujudga kelishida boshqa ta’limotlarning o’rni

  2. Keyns iqtisodiy ta’limotining xususiyatlari

  3. Keynschilik va neokeynschilik

  4. Keyns ta’limotining hozirgi davrdagi ahamiyati

1. KEYNS TA’LIMOTI VUJUDGA KELIShIDA BOShQA TA’LIMOTLARNING O’RNI
1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi sanoat jihatidan rivojlangan va past rivojlangan mamlakatlarga katta zarba berdi. Avvalgi (klassik, neklassik) ta’limotlar tadqiqotida mikroiqtisodiy tahlil (alohida korxona) asosiy o’rinni egallagan bo’lsa, inqiroz katta ishsizlik sharoitida boshqacha, makroiqtisodiy tahlil (davlat, jahon) ga zarurat tuGulgan edi. Fanning bu sohasida hozirgi davrning taniqli iqtisodchisi J.M.Keyns muhim kashfiyotni yaratdi.
XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning damba-dam takrorlanishi tufayli ko’pgina «kapitalizmni tartibga solishga» oid iqtisodiy Goyalar soni ko’paydi. Ana shunday yo’nalishning yorqin tarafdori bo’lib ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1884-1946) shuhrat qozondi. Iqtisodchi, davlat arbobi bo’lgan Keyns Iton va Kembridj universitetlarida iqtisodiyot va matematikadan ta’lim oldi, A.Marshall qo’lida o’qidi (1902-1906, 1909-1915 yillarda o’qituvchilik qildi, 1920 yildan Kembridj universitetida professor, 1913-46 yillarda iqtisodiy jurnal muharriri bo’lib ishladi. 1909 yil «Indeks uslubi» iqtisodiy maqolasi, 1913 yilda uning birinchi asari - «Pul muomalasi va Hindiston moliyasi» kitobi chop etildi. 1919 yilda «Versal tinchlik shartnomasining iqtisodiy oqibatlari» nashr etilishi bilan u iqtisodchi sifatida ko’pchilikka tanildi. Bu asarida u shartnomaga nisbatan bir qancha tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Keyns 20-30 yillarda iqtisodiyotga oid bir nechta kitoblar yozdi («Ehtimollik to’Grisidagi risola» (1921), «Pul islohoti to’Grisida risola» (1923), «Mister Cherchelning iqtisodiy oqibatlari» (1925), «Erkin tadbirkorlikning intihosi» (1926), «Pul to’Grisidagi risola» (1930) va boshqalar), ammo unga mashhurlik keltirgan bosh asari - «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) kitobidir. 1940 yilda «Urush harajatlarini qanday qoplash mumkin» degan kitobi ham nashr etildi. Bu asarlardagi bosh masala kapitalizmni oqlash, uning inqirozlarsiz rivojini ta’minlashning abadiyligini isbotlashga o’rinishdir. Uning yaratgan nazariyasi iqtisodiyot ta’limotlari tarixida alohida o’rin egallaydi va bu o’ziga xos inqilob bo’lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy asarining boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi.
Keyns ta’limotining asosiy va yangi Goya shuki, bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi mukammal va o’z-o’zini avtomatik ravishda tartibga sola olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o’sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta’minlay oladi. Bu ish davridagi amaliy iqtisodiyotdagi konkret ahvol bilan chambarchas boGliq edi. Etakchi olimlarning ta’kidlashicha (J.K. Gelbreyt, M.Blaug), firmalar, monopoliya va oligopoliyalar faoliyatidagi tengsizlik nisbatan kichik doiradagi odamlarning faoliyati bilan boGliq, bu tengsizlik prinstipida davlatning aralashuvi bilan to’zatilishi mumkin edi.



Download 20.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling