28-Mavzu. Jon Meynard Keyns ta’limoti va keynschilik Tayanch tushuncha va iboralar Keyns; davlatning iqtisodiyotga aralashuvi; «Umumiy nazariya »


Download 20.95 Kb.
bet3/4
Sana20.01.2023
Hajmi20.95 Kb.
#1104539
1   2   3   4
Bog'liq
keyns

3. KEYNSChILIK VA NEOKEYNSChILIK
J.M.Keyns Goyalari uning izdoshlari tomonidan .davom ettirildi va uch oqimga ajraldi, biz oqimlarni keynschilik deb ataymiz.
Keyns ta’limoti ayniqsa AQShda katta shuhrat qozondi. Garvard universiteti professorlari E.Xansen (1887-1975), S.Harris, J.M.Klarklarning asarlarida bu Goyalar rivojlantirildi va dastlab yangi keynschilik, keyinroq esa ortodoksal keynschilik deb ataldi. Keyns qoidalari asosan to’liq qabul qilindi, ammo masalan, Xansen tomonidan stagnastiya nazariyasi bilan to’ldirildi.
Xansenning fikricha, kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-qarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslar»ning susayganligi tufaylidir. Davlat harajatlarini o’stirish uchun soliqlarni oshirish taklif etiladi, ularning fikricha ish haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini soliq sifatida olish, shuningdek «me’yordagi inflyastiya» ham taklif etiladi.
E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator konstepstiyasini to’ldirdilar. Multiplikatorlar ta’siri keyingi qator davrlarda ham bo’ladi, ya’ni uni uzluksiz jarayon deb qaradilar.
Yangi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o’sishni tushuntirishga harakat qiladilar. Ular multiplikator prinstipini akselerastiya prinstipi bilan to’ldirdilar. Bu prinstipga ko’ra, aniq-tiniq sharoitlarda daromadlar o’sishi investistiyalar o’sishiga olib kelishini ko’rsatuvchi koeffistent (multiplikator tushunchasiga teskari). Multiplikator prinstipiga ko’ra investistiyaning qanday ishlatilishi juda muhim ahamiyatga ega emas, u ish bilan bandlikni ta’minlab, daromadni oshirishi kerak. Yangi keynschilar esa investistiyaning qanday ishlatilishiga katta e’tibor berib, industrlashgan investistiya tushunchasini kiritdilar. Akselerator investistiya o’sishining daromad o’sishiga, ya’ni investistiyadan keyingi va undan oldingi daromadlarning farqlari nisbati bilan aniqlanadi.
Yangi prinstipning mohiyati shundaki, ba’zi bir asbob-uskuna, mashina va mexanizmlar ishlab chiqarish uchun nisbatan o’zoq vaqt talab etiladi, shu muddatni ko’tish mazkur mashinalar ishlab chiqarishni kengaytirishga psixologik (ruhiy) ta’sir etadi, bu esa real talabdan ortiq bo’ladi va investistiyaga talab ham ortadi.
Multiplikator va akselerator Goyalariga asoslanib iqtisodiyotning uzluksiz o’sish sxemasi ishlab chiqildi, uning asosida davlat kapital qo’yilmalari yotadi. Davlat byudjeti kapitalistik iqtisodiyotda tartibga solinadigan bosh mexanizm hisoblanadi.
Soliqlar iqtisodiyot o’sganda oshadi va inqirozlar davrida kamayadi. Davlat to’lovlari esa aksincha, inqiroz davrida oshadi va o’sish davrida kamayadi. Shu yo’l bilan Xansenning fikricha samarali talab hajmi me’yorlashadi. Bunda xususiy kapital qo’yilmalarini tartibga solish va davlat harajatlarini sharoitga qarab o’zgartirish chegaralari ham belgilanadi. O’sish davrida davlat harajatlarini cheklash, inqirozlar davrida uni oshirish va shu yo’l bilan xususiy harajatlarni kompensastiyalash taklif etiladi, harbiy iqtisod maqtaladi, uni kon’yunkturani me’yorlashning eng yaxshi vositasi deb qaraladi (AQShda harbiy harajatlar doim yuqori bo’lishiga e’tibor bering).



Download 20.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling