28-Mavzu. Jon Meynard Keyns ta’limoti va keynschilik Tayanch tushuncha va iboralar Keyns; davlatning iqtisodiyotga aralashuvi; «Umumiy nazariya »
KEYNS IQTISODIY TA’LIMOTINING XUSUSIYaTLARI
Download 20.95 Kb.
|
keyns
2. KEYNS IQTISODIY TA’LIMOTINING XUSUSIYaTLARI
Kapitalizmning bosh illatlari bu ishsizlik va inqirozlardir, Keyns bularning sabablarini sohibkorlar psixologiyasidan topishga intiladi. Inqirozlar kapitalistning qayfiyatiga qarab ro’y beradi, ya’ni optimizmdan pessimizmga o’tganda bo’ladi. Asosiy e’tibor «iste’molga moyillik» va «jamGarishga moyillik»ka qaratiladi. Keynsning umumiy bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: Ish bilan bandlik ortishi tufayli milliy daromad va, demak, iste’mol ortadi, ammo iste’mol daromadga nisbatan sekinroq ortadi, chunki daromad ortishi bilan «jamGarishga intilish» kuchayadi. Uningcha, asosiy psixologik qonun shundan iboratki, odamlar odatda daromadlar ortishi bilan iste’molni ham o’stiradi, ammo bu o’sish daromadlar darajasida bo’lmaydi. Oqibatda daromadlar o’sishi bilan jamGarish ortadi va iste’mol nisbati kamayib boradi. Oxirida esa «samarali talab» kamayadi, talab shunday yo’l bilan ishlab chiqarish hajmlariga va bandlik darajasiga ta’sir etadi. Iste’mol talabining etarlicha o’smasligi yangi investistiyalarga harajatlarning oshuvi yo’li bilan qoplanishi, ya’ni ishlab chiqarish iste’molining ishlab chiqarish vositalariga qarab oshuvi yo’li bilan qoplanishi mumkin. Shu sababli investistiyalarning umumiy hajmi bandlik hajmini belgilashda hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Keynsning fikri bo’yicha investistiyalar hajmi investistiyalarga bo’lgan intilishga boGliq. Keyns ochgan «asosiy psixologik qonun» uningcha istalgan jamiyat uchun qo’llanilishi mumkin va iste’mol talabining kamomadi asriy tendenstiyaga ega hamda barcha uchun yagona iste’mol qonuni mavjuddir. «Kapitalning eng yuqori samaradorligi», qo’shimcha kapital birligi tomonidan vujudga keltiriladigan bo’lajak foydaning shu birlikka ketgan ishlab chiqarish chiqimlariga nisbatidir. Keynsning fikricha daromad, foyda keltiradigan narsalar kapital hisoblanadi (boshqa omillarda ham shunday). Keyns foizga alohida e’tibor beradi, uni pul qarzi uchun berilgan haq deb hisoblaydi. Foiz uningcha muomaladagi pul miqdoriga va «likvidlilik afzalligi»ga boGliq (likvidlilik - pulga tez aylana olish, qadrlilik demakdir). Uning miqdori «likvidlilik afzalligi»ga to’Gri va muomaladagi pul miqdoriga teskari proporstionaldir. Keynsning fikricha, foiz normasi ma’lum davrga likvidlilikdan, ya’ni boylikning likvid, pul shaklidan voz kechish hisobiga beriladigan mukofotdir. Boylikning pul shakli eng harakatchan va qulaydir, shu sababli kapitalist doim o’z boyligini pul shaklida saqlashga va undan ajralmaslikka intiladi. Mana shu niyat, mana shu ishtiyoq Keyns tomonidan «likvidlilik afzalligi» deb ataladi. Bu kapitalist likvid shaklda saqlamoqchi bo’lgan resurslarning miqdori bilan o’lchanadi. Download 20.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling