Mavzu. Pul bozorida muvozanat Reja Pulga talabning klassik nazariyasi. Pulga talabning keynscha nazariyasi
Download 103 Kb.
|
15 -Mavzu. Pul bozorida muvozanat
- Bu sahifa navigatsiya:
- M · V = P · Y
- M · V* = P · Y
- (M/P) D = k Y
Mavzu. Pul bozorida muvozanat Reja 1. Pulga talabning klassik nazariyasi. 2. Pulga talabning keynscha nazariyasi. 3. Pul bozorida muvozanat. Pul insonlarga o’zlarining kundalik ehtiyojlarini qondirish va jamg’arish uchun kerak. Shu sababli pulga bo’lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talabdan va moliyaviy aktivlar uchun pulga talabdan iborat. Bitimlar uchun pulga talab – bu aholiga va korxona, firmalarga tovar hamda xizmatlarni xarid qilish uchun zarur bo’lgan pul miqdoridir. U nominal YaIMni o’sishi bilan oshib boradi va pulning muomala vositasi vazifasini bajarishi bilan bog’liq. Nominal YaIM qancha ko’p bo’lsa, oldi – sotdi jaryoniga xizmat qilish uchun shuncha ko’p pul kerak bo’ladi. Moliyaviy aktivlar tomonidan pulga bo’lgan talab pulning jamg’arish vositasi sifatidagi fuksiyasiga asoslangan, ya’ni odamlar o’zlarining moliyaviy aktivlarni aktsiyalar, obligatsiyalar, bankdagi omonatlari ko’rinishida qo’llarida tutib turadi. Jamg’arish zaruriyati ham pulga bo’lgan talabni shakllantiradi. Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo’lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi: M · V = P · Y Bu erda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM. Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror bo’lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u o’zgarishi mumkin. V doimiy bo’lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo’ladi: M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan: P · Y M= ----------- V* P · Y – nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga olsak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori va ularning bahosi o’zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YaIM o’zgarishiga bog’liq. Muomaladagi pul massasining o’zgarishi, klassik nazariyaga ko’ra, Y sekin o’zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu holat “pulning neytralligi” nomini olgan. Monetaristlar qoidasiga ko’ra hukumat pul massasining o’sish sur’atini, real YaMMning o’rtacha o’sish sur’ati darajasida ta’minlab tursalar iqtisodiyotda baholar darajasi barqaror bo’ladi. Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij tenglamasidan ham keng foydalaniladi: M=k*PY Bu erda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor. k - koeffitsientni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini ko’rsatadi. Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo’lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko’rinishida saqlashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko’zda tutadi. Pulga real talab quyidagi ko’rinishda hisoblanadi: (M/P) D = k Y Bu erda: M/R – “real pul qoldig’i”, “pul mablag’larining real zahirasi” deb nomlanadi. Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling