28-Mavzu. Jon Meynard Keyns ta’limoti va keynschilik Tayanch tushuncha va iboralar Keyns; davlatning iqtisodiyotga aralashuvi; «Umumiy nazariya »
KEYNS TA’LIMOTINING HOZIRGI DAVRDAGI AHAMIYaTI
Download 20.95 Kb.
|
keyns
4.KEYNS TA’LIMOTINING HOZIRGI DAVRDAGI AHAMIYaTI
50-yillarda keynschilik Goyalari rivojlantirilib, yangi Goyalar ilgar surildi. Ularning asosiy mohiyati iqtisodiy o’sish sur’atlari doimligini ta’minlovchi mexanizmlarni aniqlash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda «mulstipirikator-akselerator» sistemasini hisoblashga asoslangan va o’ziga xos keynschilikning o’sish nazariyalari, jamGarish va iste’mol o’rtasidagi o’zoro boGlanish harakteristikalaridan foydalanib iqtisodiy dinamikani modellashtirish yuzaga keldi. Yuqorida tilga olingan iqtisodiy o’sish nazariyalarining asosiy namoyondalari Massachuset texnologiya instituti professor Evsey Domar (1914) va Oksford universiteti professori Robert Harrod (1890-1978) hisoblanadi. Ularning nazariyasi (modeli) iqtisodiyotning doim (mo’’tadil) sur’atlarda o’sishi dinamik barqarorlik (ilgarilab borish) ning asosiy sharti sifatida maqsadga muvofiq ekanligining umumiy xulosalarini birlashtiradi. Ularning fikricha, shundagina ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan to’la foydalanishga erishish mumkin. Harrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo’yicha ayrim parametrlar, chunonchi daromadlardagi jamGarma hissasi va kapital quyilmalarning o’rtacha samaradorligi o’zrq davr mobaynida doim deb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar dinamik barqarorlik va doimiy o’sishga erishish avtomatik ravishda bo’lmasligi, balki davlatning shunga muvofiq siyosati natijasida, ya’ni davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki tufayli ro’y berish mumkinligini ta’kidlaydilar. 70-yillardan boshlab Keyns ta’limotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bo’yicha neoliberalizm Goyalari asosiy bo’lib qoldi, chunki bu davrda jahoning ko’pgina mamlakatlarida inqiroz holatlari doim voqeaga aylanib qoldi. Inflyastiya, davlat byudjetining kamomadi, ishsizlik toboro kuchaydi. Neoliberallar keynschilarni tanqid qilar ekanlar, iqtisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin raqobatning kamayishi, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investistiyalar kamayganligi ular Goyalarining sayozligidan dalolat beradi, deb hisoblaydilar. 70-80-yillar neoliberal Goyalar iqtisodiyotda tobora ustunligini egallay boshladi. Ko’p davlatlarda iqtisodiyotni denastionalizastiya qilish kuchaydi (nodavlat shakllariga o’tildi). Buning oqibatida Buyuk Britaniya (Tetcherizm), Franstiya, Yaponiya, Chili (Pinochet), Ispaniya va boshqa mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimallashtirildi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi. Download 20.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling