2-ma’ruza: Margarin emulsiyasi va uning nazariy asoslari. Reja
Download 24,05 Kb.
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- MARGARIN, QANDOLATCHILIK, NONVOYLIK, OSHPAZLIK, YOGʻLARI VA MAYONEZ ISHLAB CHIQARISH
2-MA’RUZA: Margarin emulsiyasi va uning nazariy asoslari. Reja:
MARGARIN, QANDOLATCHILIK, NONVOYLIK, OSHPAZLIK, YOGʻLARI VA MAYONEZ ISHLAB CHIQARISH Margarin sariyogʻga oʻxshash yogʻ sifatida 1869 yilda fransuz kimyogari Mej-Mure tomonidan ishlab chiqarilgan. U eritilgan mol yogʻining tez eriydigan qismini sigir oshqozonidagi zardob yordamida emulsiyalashni taklif etdi. Hosil boʻlgan aralashmani yaxna suvda sovutilganda yarim qattiq, och sariq rangli yaltiroq donachalar hosil boʻldi. Mej-Mure ularni margarin deb atadi, bu (margjaret – fransuzcha – marvarid) marvarid maʻnosini bildiradi. Margarin – bu mayda zarrachali emulsiya boʻlib, uning tarkibiga: yogʻlar, sut, tuz, shakar, vitaminlar, fosfatidlar, emulgator va boshqalar kiradi. Birinchi margarin zavodlari MDHda 1930 yilda Moskva va Sankt-Peterburgda ishga tushirilgan. Hozirgi vaqtda MDHda 38ta zavod faoliyat koʻrsatmoqda va yiliga 1 mln. 400 ming tonnadan koʻp margarin mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda, Respublikamizda Toshkent yogʻ-moy kombinatida qattiq va yumshoq margarin tayyorlanmoqda. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan margarin va margarin mahsulotlarini assortimenti kengaytirildi, shu bilan birga aholini turli guruhlari isteʻmol qilishi uchun moʻljallangan mahsus margarinlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu oʻz navbatida, margarinni organizmda yaxshi hazm boʻladigan, yuqori fiziologik va biologik qiymatga ega boʻlgan mahsulot deb hisoblashga imkon beradi. Download 24,05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling