Azotning o’simliklar uchun ahamiyati


Download 68.5 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi68.5 Kb.
#1008928
  1   2   3   4
Bog'liq
Azotning o’simliklar uchun ahamiyati



Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti
Tabiy fanlar fakulteti
Kimyo yo’nalishi
202 guruh talabasi
Ismoiljonova Shahloxon

O’simliklar hayotida azotning ahamiyati.


Reja:



  1. Azotning o’simliklar uchun ahamiyati.

  2. Azotning tuproqdagi miqdori va o’zgarishi.

  3. Dehqonchilikda azotning aylanishi

  4. Nitratli o’g’itlarniig olinishi va ishlatilishi.

  5. Ammnakli o’g’tlarning olinishi va ishlatilishi.

  6. Ammnakli - nitratli o’g’itlarning olinishi va ishlatilishi.

  7. Amidli o’g’itlaning olinishi va ishlatilishi.

Azot sitoplazmaning va xujayra yadrosining asosiy tarkibiy qismi bo’lgan oqsillar tarkibiga, nuklein kislotalar, xlorofill, fermentlar,fosfatidlar, ko’pchshgak vitaminlar va o’simliklar modda almashishini jarayonlarida muhim rol o’ynaydigan boshqa azotli organik birikmalar tarkibiga kiradi.
O’simliklarning oziqlanish uchun nitrat kislota tuzlari va ammoniy tuzlari azotning asosiy manbai hisoblanadi.
Tabiiy sharoitlarda o’simliklarning azot bilan oziqlanishi (tuproq eritmasida va almashinib yutilgan holatda bo’ladigan NO3 anion va NH4+ kationi yutish hisobiga bo’ladi.
O’simlikka o’tgan azotning mineral shakllari murakkab o’egarishlar sikliga uchraydi va nihoyat organik azotli birikmalar -aminokislotalar, amidlar va oqsil tarkibiga kiradi.
Nitrat azotidan o’simliklar aminokislotalar sintez qilish uchun bevosita foydalanmaydi.
O’simliklarda nitratlar dastlabki bosqichida-nitrat, giponitrit gidroksilamin orqali fermentativ qaytarilib ammiakka aylanadi.
HNO3 -» HNO2 -> (HNO2) 2-> NH4OH -> NH3
nitrat nitrit giponitrit gidroksilamin ammiak.
Nitratlar o’simliklar uchun zararsiz va ularning gukimalaridav ko’p miqdorlarda tuplanish mumkin.
Uglevodlar va organik ketokislotalar etishmaganda (ayniqsa uglevodlar zahirasi kam bo’lgan urug’larning, masalan, (qand lav lagi rug’ining unib chiqihda) o’simlikka ortiqcha miqdorda ammiak azotning kirib ketishi salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bu holda ammiak azota aminokislotalar sinteziga sarflanishga ulgurmaydi. va to’qimalarda tuplanib o’simliklarnya «ammiakdan zaxarlaydi»
Ekiladigan urug’ida uglevodlar miqdori ko’p bo’lgan O’simliklar (kartoshkada kraxmal) kelayotgan ammiak azotni tez 'zlashtiradi va tuproqqa ammiakni o’g’it solishsa foydali ta’sir tada.
O’simliklarning ammiak va nitrat azotidan foydalanipga 1ator ichki va tashqi omillarga: ekining biologik xususiyatiga, glevodlar bilan ta’minlapshga muhit reaksiyasiga, Ca2+ Mg K+ va mikroelementlarning bor yo’qligiga bog’liq.

Muhit reaksiyasi neytral bo’lsa ammiak azotini o’simliklar nitrat azotiga qaraganda yaxshi o’zlashtiradi. Ca Mg va K miqdorining ko’p bo’lipshi ammiak azotining yaxshi o’zlashtiradi. (tuproq tarkibida fosfor etarli bo’lsa nitrat azoti yaxshi o’zlashtiriladi.


Molibdenning etishmasligi nitratlarning qaytarilishiyai" sekinlashtiradi va o’simliklarning nitrat azotini assimilyasiya qilishini cheklab qo’yadi.
Azot etishmaganda o’simliklarning o’sipsh keskin sekinlashadi, barglar mayda va och yashil rangli bo’ladv, tez sargayadi, novdalari ingichkalashib qoladi va yaxshi shoxlamaydi, urug’ hosil bo’lishi yomonlashadi, hosil va undagi oqsil miqdori keskin kamayib ketadi.
Urug’larda azotning asosiy miqdori (umumiy miqdorning 90% ga) oqsil tarkibi kiradi. O’simlik oqsillarida o’rtacha 16% azot bo’ladi.
Dukkakli va moyli ekinlar urugida oqsil va binobarin, azot miqdori eng ko’p, boshoqli ekinlar donida esa kam bo’ladi.
Yaxshi hosil olish uchun o’simlik tuproqdan ko’p miqdorda
azot o’zlashtiradi: donli ekinlar 1 ga maydondagi tuproqdan 100 kg;
makkajo’xori, kartoshka, qandlavlagi 150-200 kg azot o’zlashtiradi.
O’simlik solingan. o’g’itdan o’rtacha 40% azotni o’zlashtiradi. Tuproqdagi azotning miqdori undagi gumus miqdoriga bog’liq. qora tuproqlarda azotning umumiy miqdori 0,4-0,5% ga (12-15 t/ga N) va bo’z tuproqlarda 0,05 - 0,15 % ga etadi (3-6 t/ga N).
Tuproq azotning asosiy qismi (90%) o’simliklar o’zlapggira olmaydagan organik birikmalar (oqsil va gumus moddalar) holida bo’ladi. Organik azotli birikmalarning tuproqdagi mikroorganizmlar ta’sirida minerallashib, o’simlik o’zlashtira oladigan mineral birikmalar - ammiak va nitratlar holiga o’tady.
Tuproqdagi azotli organik birikmalarning parchalanipsh quyidagi sxema bo’yicha tasvirlash mumkin: gumin moddalar, oqsillar, aminokislotalar, amidlar, ammiak, nitrat, molekulyar azot. Tuproqdagi azotni organik moddalarning ammiakka qadar parchalanishi- ammonifikasiya deyiladi.
Tuproqda hosil bo’lgan azotning mineral birikmalari unda ko’p miqdorda tuplanib qolmaydi, chunki o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi, shuningdek mikroorganizmlar foydalanadi va qisman yangidan organik formata aylanadi.
Bundan tashqari, denitrifikatsiya natijasida va ildiz qavatidan yog’in-sichin hamda sug’orish suvlari ta’sirida yuvilib ketishi tufayli nitrat azoti tuproqdan yo’qoladi. Tuproqdan azot asosan- denitrifikasiya nitrat azotning molekulyar azotgacha (H2) yoki gazsimon azot (II) va (I) oksidlarigacha (N0 va N2O) dessimilyatorli qaytarilish jarayoni natajasida yo’qoladi.
O’simliklar o’zlashtirgan azotning bir qismiga go’ng bilan birga tuproqqa qaytib keladi. Tuproqdagi azot zahiralarini to’ldirib turishining birdan bir tabiiy manbai atmosfera azotidir. Havodagi molekulyar azotning bog’lanishi va tuproqdagi azot zahiralarining to’dirilishi ikki yo’l bilan sodir bo’ladi. Ozroq miqdordagi bog’langan azot (bir gektarga 3-5 kg gacha ) atmosferaning o’zida chaqmoq chaqqanda hosil bo’ladi va yogin- sochinlar bilan ammiak, nitrat va nitrat kislotalar holida tuproqqa tushadi. Tuproqdagi azotli to’ldirishda va o’simliklarning oziqlanipshda havo azotpni tuproqda erkin yashaydigan azotfiksasiyalovchi mikroorganizmlar va dukkakli o’simliklar bilan simbioz holda yashaydigan tugunak bakteriyalar ta’sirida bog’lanish ancha katta ahamiyatga ega.
Azotli o’g’itlar quyidagi to’rt guruhga bo’linadi.


  1. Download 68.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling