12-Mavzu. Sanoat korxonalari menejmentining boshqaruv usullari. Reja


  Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari


Download 241.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi241.61 Kb.
#1490852
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejment

3. 
Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari.  
Tashkiliy-ma’muriy 
boshqaruv 
usullari. 
Boshqarishning 
bu 
usuli 
yakkaboshchilik munosabatlari, intizom va ma’suliyatga asoslanadi. Tashkiliy-
ma’muriy ta’sir ko‘rsatish — bu boshqaruvning aniq boshqarilayotgan ob’ektga 
yoki shaxslarga qaratilgan majburiy tavsifidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy 
ko‘rsatmalaridir. Boshqacha qilib aytganda, korxonaning raxbari o‘ziga 
bo‘ysunuvchi sex raxbarlariga, sex raxbarlari shu sexdagi ishlab chiqarish 
uchastkalarining ustalariga bevosita bajarilishi zarur bo‘lgan ko‘rsatmalarni 
berishi mumkin va bu ko‘rsatmalarni bajarishlari lozim. Bunday ko‘rsatmalar 
jumlasiga mahsulot turlarini rejaga asosan bir maromda ishlab chiqarishni yuqori 
darajada tashkil qilish. mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat normalarini o‘z 
vaqtida ko‘rib chiqish, mehnat intizomini mustahkamlash va boshqa tez hal 
qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar kiradi. Quyi pog‘onadagi 
raxbarlarning yuqori pog‘onadagi raxbarlarga bo‘ysunishi quyidagi tartibda 
bo‘ladi.
Masalan, usta — katta ustaga — katta usta — sex raxbarining muoviniga — sex 
raxbarining muovini — sex raxbariga bo‘ysunadi va hokazo. Quyi pog‘ona 
raxbarlari bajarishi shart bo‘lgan farmoyish va ko‘rsatmalarni berish, ularning 
bajarilishini nazorat qilish, normalarini ishlab chiqish, xodimlarni to‘g‘ri tanlash 
va joy-joyiga qo‘yish, ishchilarni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish, taqdirlash 
yoki jazolash yuqori pog‘ona raxbarlarining vazifasiga kiradi. Davlat xodimlarni 
ularning ishchanlik xislatlari va qobiliyatlariga ko‘ra tanlaydi va joy-joyiga 
qo‘yadi. Raxbarlarni tanlash va tayyorlash maqsadida sanoat sohasida va 
birlashmalarda barcha tabaqadagi raxbar kadrlar malakasini oshirish va ularni 
qayta tayyorlash tizimi ham tashkil qilingan. Respublikamiz bozor iqtisodiga 
o‘tishi munosabati bilan kadrlar masalasini yaxshilash davr talabi bo‘lib qoldi. 


Respublikada kadrlarni tanlash va ularning malakasini oshirish ishlarini yaxshi 
yo‘lga qo‘yish borasida bir qator ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. 
Respublika Prezidentining tashabbusi bilan 1991 — 93 yillar mobaynida 
respublika shaxarlaridagi qator zavodlar rahbarlari malakasini oshirish uchun 
xorijiy mamlakatlarga yuborildi. Bu ko‘rilgan tadbirlar respublikamiz 
korxonalarida bozor munosabatlariga javob beradigan rahbarlarni tayyorlashga 
imkon yaratdi.
Respublikadagi o‘rta qobiliyatli talabalarning AQSh va boshqa xorijiy davlat oliy 
ilmgohlariga o‘qishga yo‘llash ham shu tadbirlardan biridir.

Download 241.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling