12-Mavzu. Sanoat korxonalari menejmentining boshqaruv usullari. Reja


Download 241.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi241.61 Kb.
#1490852
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejment

Boshqaruv qarori - boshqaruv faoliyati texnologiyasidagi muhim 
bo‘g‘indir. Boshqaruvning maqsad va vazifalarini amalga oshirish ko‘p jihatdan 
qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruv qarori bir 
tomondan asosan korxonaning rahbarlari tomonidan amalga oshiriluvchi 
mantiqiy-fikriy faoliyat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, emotsional-psixologik xatti-
harakatdir. U insonning boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarida to‘plagan 
tajribasi, bilimi va fikrlash doirasining chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi.
Boshqaruv qarorlari quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanadi: * kompetentlik 
va mas’uliyat bo‘yicha - yakka tarzda yoki kollegial (jamoa) boshqaruv qarorlari;
mazmuni bo‘yicha - ilmiy-texnik, iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy boshqaruv 
qarorlari;
xarakteri bo‘yicha - operativ-taqsimlovchi, xo‘jalik-raxbarlik va me’yoriy 
boshqaruv qarorlari;
ta’sir ko‘rsatish darajasi bo‘yicha - bir va ko‘p darajali boshqaruv qarorlari;
ta’sir ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha - ichki va tashqi;
ta’sir ko‘rsatish miqyosi bo‘yicha - xususiy va umumiy (majmuaviy); * ta’sir 
ko‘rsatish davri bo‘yicha - bir martalik va ko‘p martalik.
Boshqaruv qarorlari amalga oshirish imkoniyatlari , o‘z vaqtida amalga 
oshirish, aniqlik, qonuniylik va shu kabi talablarga javob berishi lozim. Bajarish 
jarayonida eng kam o‘zgartirish va tuzatishlarga uchraydigan qaror eng yaxshi 


qaror hisoblanadi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, hozirgi paytda ko‘plab 
korxonalarning rahbarlari boshqaruv faoliyati jarayonida to‘g‘ri qaror qabul qilish 
uchun yetarli bilim va tajribalarga ega.
Boshkaruv usullari ishchi jamoalari oldiga qo‘yilgan vazifalarning o‘z 
vaqtida yuqori sifatli qilib bajarilishini ta’minlash uchun ularga nisbatan 
ko‘riladigan zarur chora-tadbirlarni va ta’sirchan usullarning qo‘llanishini 
bildiradi. Ishlab chiqarishni boshkarishda qo‘llaniladigan barcha usullar uzaro 
uzviy bog‘lik bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi.
Boshqaruv usullari o‘zining tavsifiga ko‘ra:
a) iqtisodiy;
b) tashkiliy-ma’muriy;
v) ijtimoiy psixologik bo‘lishi mumkin.

Download 241.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling