12-Mavzu: Sirtlarning o‘zaro kesishuvi va ularning yasash usullari. Yordamchi tekislik usuli. Yordamchi sferalar usuli. Sirtlarning
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
12-Mavzu
2-masala. Sfera bilan uch yoqli prizmaning kesishuv chizig’i yasalsin Yasash : Prizmaning qirralari orqali va yoqlarida olingan bir qancha yasovchi chiziqlar orqali V tekislikka parallel yordamchi tekisliklar o’tkazamiz. Bunday tekisliklar sferani aylanalar bo’yicha kesadi. Har qaysi aylananing tegishli qirra yoki yasovchi chiziq bilan kesishuv nuqtalari sfera bilan prizmaning kesishuv chizig’iga oid umumiy nuqtalar bo’ladi. Masalan, prizmaning AA 1 qirrasidan o’tgan frontal tekislik (R n ) sferani ef diametrli aylana bo’yicha kesadi. Aylananing frontal proektsiyasi bilan a'a kesishib, izlangai 1 ' va 2' nuqtalarni hosil qiladi. Prizmaning yoqlari sferani aylanalar yoki aylanalarning yoylari bo’yicha kesadi. VV 1 S 1 S yoq V tekislikka parallel, shuning uchun bu yoq bilan sferaning kesishuvidan hosil bo’lgan aylana yoyining frontal proektsiyasi o’ziga teng aylana yoyi bo’ladi (3', 15', 14', 16', 4') va ko’rinmaydi. Boshqa yoqlar bilan sferaning kesishuvidan hosil bo’lgan aylana yoylari V tekislikka ellips qismlari tarzida proektsiyalanadi. Sfera bilan prizma o’zaro qisman kesishgan, shuning uchun ularning kesishish chizig’i uchta aylana yoyidan iborat berk siniq egri chiziqdir. Kesishish chizig’ining frontal proektsiyada oldingi yarim sferadagi qismi ko’rinadi, orqa tomonidagi yarim sferadagi qismi esa ko’rinmaydi. Kesishish chizig’ining frontal proektsiyasini ko’rinar va ko’rinmas qismlarga bo’luvchi nuqtalar (6', 7', 12', 13') sferani teng ikki qismga bo’luvchi frontal tekislik (R H ) vositasi bilan topiladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling