12-Amaliy mashg’ulot.
12-Mavzu: Sirtlarning o‘zaro kesishuvi va ularning yasash usullari.
Yordamchi tekislik usuli. Yordamchi sferalar usuli.Sirtlarning
o‘zaro kesishuvi chiziqlarini yasash usullari. Yordamchi tekislik
usuli. Yordamchi sferalar usuli. Sirtlarning o‘zaro kesishuvi
chiziqlarini yasashni ekstsentirik va kontsentrik usullari
Ishdan maqsad: Sirtlarning o’zaro kesishuvi va ularni yasash usullari haqida
tushunchalarni rivojlantirish va ularga oid masalalarni ishlash bo’yicha ko’nikma va
malakalarni shakllantrish.
Masalaning qo’yilishi: Tinglovchi variant bo’yicha berilgan masalani A4
format qog’ozida kerakli asboblar yordamida bajarishi lozim.
1-Masala: To’g’ri doiraviy silindr bilan uch yoqli piramidaning
kesishish
chizig’i yasalsin.
Echish:
1. Piramidaning har qaysi qirrasi orqali yordamchi gorizontal
proektsiyalovchi R, P, N
tekislik o’tkazamiz va qirralarning silindr sirt bilan kesishuv nuqtalarini
(1, 2, 3, 4, va
5, 6 nuqtalarni) topamiz.
2.
Keyin piramidaning yoqlarida, shu piramida uchini asosi
bilan tutashtiruvchi bir
necha to’g’ri chiziq olamiz va ularning ham silindr sirt bilan kesishuv nuqtalarini
topamiz. Shaklda piramidaning
ACS yog’ida olingan
MS chiziqning silindr sirt
bilan kesishuv nuqtasi
(7,7') ni topish ko’rsatilgan.
3.
MS chizig’idan o’tgan
yordamchi Q tekislik piramidaning
BCS yog’ini ham to’g’ri
chiziq bo’yicha kesib yana bitta (
7,
7' dan boshqa) nuqtani beradi.
Bu nuqtaning
gorizontal proektsiyasi
7 da, frontal proektsiyasi esa
8'1' chiziqda bo’ladi.
AS qirradan o’tgan
yordamchi N tekislik piramidaning BCS yog’idagi
8,8' nuqtani
beradi.
Piramida silindrning ustki asosi bilan uchburchak
(2,4,6, 2', 4', 6') bo’yicha, yon
sirti
bilan esa berk siniq egri chiziq bo’yicha kesishadi.