12-mavzu. Ssuda kapitali va kreditning iqtisodiy asoslari


Ssuda foizi: mohiyati, turlari va ularga ta’sir qiluvchi omillar


Download 62.1 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi62.1 Kb.
#1382677
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-мавзу

12.5. Ssuda foizi: mohiyati, turlari va ularga ta’sir qiluvchi omillar
Ssuda kapitali o’ziga xos tovar sifatida gavdalanar ekan, u holda undan foydalanishda to’lanadigan foiz kapital «baho»si bo’lib ishtirok etadi. Ammo bu o’ziga xos baho, tovarning pul shaklidagi qiymatini aks ettirmaydi, balki kapitalning tovar shaklidagi iste’mol qiymatini - foyda keltirish qobiliyatini aks ettiradi.
Foiz me’yori - ssuda kapitaliga olinadigan yillik daromadni, qarzga (ssudaga) berilgan kapital summasiga nisbatidir. Masalan, 100 ming so’mlik kapital ssudaga berilgan bo’lsa, yillik foiz daromadi 4 ming so’mga teng bo’lsa, u holda foiz me’yori 4% foizga teng bo’ladi.
12.6. Kreditning asosiy shakllari va turlari
Kapitalistik formaciyaga qadar kreditning sudxo’rlik shakli keng tarqalgan bo’lib - bu qarz oluvchiga ma’lum foiz asosida qaytarib berish sharti asosida beriladigan pullik ssudadir. Sudxo’rlik kreditining obyekti bo’lib sudxo’rlik kapitali hisoblanadi.
Sudxo’rlik krediti ibtidoiy tuzilmaning yo’qolib (tarqab) ketishi va ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni paydo bo’lishi hamda jamiyatda mulk differensiyatsiyasi natijasida tovar — pul munosabatlarining rivojlanishi davrida vujudga kelmasdir.
Sudxo’rlar krediti yer garovi asosida natura va pul shaklida berilgan. Kreditorlik tuzumi davrida sudxo’rlik krediti yanada rivojlandi. Feoda lizm davrida esa kreditning pul shakliga o’tishi to’la-to’kis amalga oshirildi. Pul boyliklarini sudxo’rlar qo’lida to’planishi kapitalning birlamchi jamg’arilishiga turtki (sababchi) bo’ldi. Sudxo’rlik kreditida qarz oluvchilar bo’lib — asosan mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar- dehqonlar va xunarmandlar, ya’ni kreditdan o’zlarining zaruriy iste’mol tovarlarini va ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan talablarini, kreditor va savdogarlarga soliqlarni va qarzlarni to’lash jarayonida foydalan- ganlar. Bu qarz va to’lovlar xramlarga, monastirlarga, cherkovlarga to’langan. Sudxo’rlik kapitalining xarakterli belgisi bo’lib - qarzdorlar tomonidan ssudalarni noishlab chiqarish ko’rinishida foydalanish ustivor yo’nalish bo’lib hisoblangan va ssuda foiz yuqori darajada bo’lgan. Undan so’ng kreditning boshqa shakllari (ko’rinishlari), ya’ni pul shaklidagi ko’rinishlari rivojlana boshlagan. Kreditning bu shakllari ssuda kapitalining harakatini bildirib — pul kapitali sifatida namoyon bo’lgan. Pul kapitali qaytarib berishlik, to’lovlilik va foiz stavkasi asosida berilgan. Bunday kreditlarning xususiyatlari bo’lib:
— qarzdorlar bo’lib savdo — sanoat ishlab chiqaruvchi shaxslar ishtirok etganlar;
— qarz mablag’lari — kapital sifatida, ya’ni qo’shimcha qiymat olish vositasi sifatida foydalanilgan;
— ssuda foizi manbasi bo’lib — yollanma ishchilarning haq to’lanmagan mehnati qiymati hisoblanadi.
Bu davrda kredit turli shakllarni egallaydi (oladi). Ular asosan qatnashuvchilarning turiga, ssuda obyektiga, kredit foizi hajmiga va harakat qilish muhitiga qarab farqlanadi (guruhlanadi). Shunga ko’ra kredit bir necha shakllarga bo’linadi.
Tijorat krediti. Tijorat krediti — bu faoliyat ko’rsatuvchilar tomonidan bir-birlariga o’zaro to’lovni kechiktirish sharti bilan tovar shaklida beriladigan kreditdir.
Tijorat kreditini obyekti — tovar kapitali hisoblanadi.
Tijorat kreditida kreditor va qarzdorlar bo’lib faoliyat ko’rsatuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) hisoblanadi.
Tijorat kreditining cheklanishlari mavjud boiib ular:
— faoliyat ko’rsatuvchilarning zaxira kapitallari hajmi bilan cheklanganligi, ya’ni unga hozirgi davrda oborot (muomala) uchun zarur bo’lmagan kapital bilan cheklanganligi;
— yo’nalishiga ko’ra, uni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ishlab chiqarish vositalarini iste’mol qiluvchilarga berishi mumkin, ammo teskarisi bo’lishi mumkin emas.
Tijorat kreditidan farqli o’laroq bank krediti nafaqat tovarlar muomalasiga xizmat ko’rsatadi, balki yanada kengroq muhitda faoliyat ko’rsatadi.
Bank krediti — pul egalari, banklar va boshqa kredit institutlari tomonida ishlab chiqaruvchilarga hamda boshqa qarz oluvchilarga pul shaklida beriladigan ssudalardir.
Bank kreditining obyekti — pul kapitalidir.
Bank kreditida ishlab chiqaruvchi shaxslar (faoliyat ko’rsatuvchilar) faqat qarz oluvchi sifatida ishtirok etadilar, kreditorlar bo’lib esa ssuda kapitali egalari hisoblanadi.
Bank krediti jamiyat barcha sinflarini pul daromadlari va jamg’ar malarini kapitalga aylantirib, kapitalni jamg’arilishiga sababchi bo’ladi.
Tijorat krediti veksel bilan hujjatlashtiriladi. Tijorat kreditining foizi, tovarlar pog’onasiga va veksel summasiga qo’shiladi va u bank krediti foizidan past bo’ladi. Bank kredit foizining maqsadi ssudalar hisobiga daromad (foyda) olishdir.
Tijorat krediti va bank kreditining ba’zi bir umumlashtirilgan tomonlarini o’zida aks ettiruvchi kredit bu iste’mol kreditidir. Iste’mol krediti — asosan tovarlarni sotish jarayonida ularni to’lovini kechiktirib to’lash huquqi berilishidir. Shu bilan birga iste’mol krediti banklar yoki maxsus kredit institutlari tomonidan iste’mol tovarlarni sotib olish va xizmatlarni to’lash hollarida beriladi.
Uning obyekti — uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar va xizmatlar hisoblanadi. Iste’mol krediti — tovar va pul shaklida namoyon bo’lishi mumkin. Iste’mol krediti foizi — o’zining yuqori darajada ekanligi bilan ajralib turadi va milliy daromadni qayta taqsimlashning ikkilamchi shakli sifatida aholi daromadlari hisobidan to’lanadi.
Davlat krediti va xususiy kredit. Davlat kreditida qarz oluvchi yoki kreditor bo’lib davlat ishtirok etadi. Davlat krediti davlat zayomlari shaklida kaziagey (g’azna) majburiyatlarini chiqarish orqali, jamg’arma tashkilotlari jamg’armalari qoldiqlarini Davlat qimmatli qog’ozlariga joylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Rivojlangan mamlakatlarda davlat zayomlari (qarzlari) Davlat budjeti xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy usuli bo’lib xizmat qiladi. Davlat zayomlarini ishlatishning yakuniy natijasi bo’lib, davlat qarzining o’sishi, yangi zayomlarni chiqarish hajmiga nisbatan foiz summasining qaytarish hajmi o’sib ketadi.
Davlat krediti mablag’lari ishlab chiqarish kapitali takror ishlab chiqarishda ishtirok etmaydi, ya’ni u moddiy qiymatliklar ishlab chiqarishda qatnashmaydi, faqat budjet defitsitini qoplash maqsadida foydalaniladi.
Xususiy kredit davlat kreditidan tamomila farq qiladi. Chunki xususiy kreditida kreditor va qarz oluvchilar bo’lib, xususiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar.
Xalqaro kredit. Bu kreditlarni paydo bo’lishiga obyektiv asos bo’lib xo’jalik hayotining baynalminallashuvi va xalqaro davlat shakllarining vujudga kelishi sabab bo’ldi.
Xalqaro kredit — bu ssuda kapitalini xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi harakatidir. Bunda bir davlat tomonidan ularning banklari, yuridik shaxslari tomonidan boshqa davlat hukumatiga, banklariga yoki boshqa yuridik shaxslariga muddatli hamda to’lovlilik asosida beriladigan kreditlar tushiniladi.
Xalqaro kredit quyidagi belgilari bilan ajralib turadi:
— kreditorlar va qarz oluvchilar bo’lib xususiy yuridik shaxslar (banklar, kompaniyalar va firmalar), davlat tashkilotlari va xalqaro valuta krediti institutlari bo’lishi mumkin;
— qarz mablag’lari qarz oluvchi mamlakatda foiz keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;
— ssuda foizi manbasi bo’lib qarzdor-mamlakatdagi yollanma ishchilar mehnati hisoblanadi.
Xalqaro kredit ichki kredit bilan uzviy aloqalar bo’ladi va qiymat shakllarini almashinish jarayonidagi kapital harakatining barcha bosqichlarida ishtirok etadi.
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar muhitida ssuda kapitalining harakatidan kelib chiqqan holda o’ziga xos funkciyalarni bajaradi;
— kengaytirilgan takror ishlar chiqarishni ta’minlash maqsadida mamlakatlar orasida kapitalni qayta taqsimlaydi;
— turli valutalarga asoslangan naqd pulsiz to’lovlarni rivojlantirish orqali xalqaro hisob-kitoblar muhitida muomala xarajatlarini tejaydi. Kapitalning markazlashuvi va jamg’arilishini kuchayishiga xizmat qiladi.
Xalqaro xususiy va firma kreditlari xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi tijorat kreditlarining bir ko’rinishi bo’lib bir mamlakat firmasi tomonidan ikkinchi mamlakat firmasiga tovarlarni kechiktirib to’lash huquqini beradi, Bunday kredit o’tkazuvchan veksel (tratta) bilan hujjatlashtiriladi. Firma kreditlari ochiq raqam orqali ham hisob-kitob qilinishi mumkin. Bugungi kundagi firma kreditlari zamonaviy shakli eksportyorlardan importyorlariga beriladigan kredit shakli hisoblanadi.
Firma kreditlarining foiz stavkalari bozor stavkalariga nisbatan past bo’ladi, chunki eksportni kreditlash tizimi davlat tomonidan subsidiya qilinadi.
Xalqaro bank krediti — bir mamlakat tomonidan boshqa bir mamlakatga (davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga) qisqa va o’rta uzoq muddatga vaqtinchalik foydalanishga beriladigan kredit shaklidir.
Bank kreditlar qarz oluvchilar tomonidan xohlagan maqsadlariga ishlatilishi mumkin. Bugungi kunda xalqaro bank kreditining ko’rinishlaridan biri bu eksport bank kreditidir. Bundan tashqari, xalqaro kreditlarning xalqaro davlat krediti ko’p tarmoqli xalqaro zayom va kreditlar, yevro kreditlar, yevro bozorlar va xalqaro moliya kredit institutlarining turli kreditlari mavjuddir.

Download 62.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling