O‘zbekiston standartlashtirish va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi) markaziy apparatining tuzilmasi
O‘zbekiston standarlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi)ning tashkiliy tuzilmasi
Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (SMB) apparatining namunaviy tuzilmasi
Respublika hududiga keltiriladigan yoki undan chetga chiqariladigan mollar (mahsulotlar) ning xavfsizligini tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lgan amallar tegishli davlat idoralari bilan kelishilgan holda O‘zstandart tomonidan tayyorlangan alohida hujjat bo‘yicha bajariladi.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Turkiya va Xitoy davlatlari bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida hamkorlik qilish niyatida bitim tuzildi. Bu yo‘ldagi ishlar o‘z mevasini bermoqda. Turkiya mutaxassislari Toshkentda bo‘lib, “O‘zstandart” tomonidan uyushtirilgan Respublika seminarlarida sertifikatlashtirish sohasida ma’ruzalar bilan qatnashmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qatoriga kiruvchi mamlakatlar bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida yaqin hamkorlik qilmoqda.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari ham o‘z yo‘nalishiga egadir.
Nazorat va muhokama uchun savollari
Standartlashtirish davlat tizimi nima?
Standartlashtirish jarayonining bosqichlari.
Standartlashtirish davlat tizimidagi asos bo‘luvchi standartlarga misollar keltiring.
Standart toifasi deganda nimani tushunasiz?
Respublikamizda amal qiluvchi standart toifalarini sanab bering.
Nima sababdan standartlar o‘zgartiriladi?
Standartlarni ishlab chiqish nechta bosqichdan iborat?
Standart loyihasi bo‘yicha texnikaviy qo‘mitaning funksiyasi nimalardan iborat?
Standartlarni belgilash tartibi qanday?
Texnikaviy shartlarni yaratishning qanday tafovutli tomonlarini bilasiz?
O‘zstandart funksiyalari haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?
Metrologiya, standartlashtirish vasertifikatlashtirish bo‘yicha mutaxassislarni qaerda tayyorlanadi va malakasi oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |