12-mavzu. Uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti: tashkilot iqtisodiyot nazariyasi yondoshuvi


Download 52.3 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2023
Hajmi52.3 Kb.
#1084663
1   2   3
Bog'liq
12 (1)

An’anaviy uyushgan jinoyatchilik (misol sifatida masalan, XVII asrdagi Karib dengizi qaroqchilarini yoki XVIII asr boshlaridagi Parij o‘g‘rilarining “qiroli” - mashhur Kartush to‘dasini eslash kifoya) butunlay zo‘ravonlikka asoslangan. Zamonaviy uyushgan jinoyatchilik asosan, “yo‘qotishlarsiz jinoyat” tarzida sodir etiladi - bu nafaqat jinoyatchilar, balki ularning xizmatidan foydalanuvchilar yutadigan faoliyatdir.
Kriminologlar uyushgan jinoyatchilikning quyidagi asosiy tavsiflarini yakdillik bilan qayd etadilar:

  1. barqarorlik va uzoq muddatlilik;

  2. foydani maksimallashtirishga intilish;

v) o‘z faoliyatini puxta rejalashtirish;
g) mehnat taqsimoti, turli darajadagi rahbarlar va turli kasbdagi ijrochi - mutaxassislarga tabaqalashuv;

  1. pullik sug‘urta zahiralari (“umumiy jamg‘arma”)ni yaratish bo‘lib, ulardan jinoiy tashkilot ehtiyojlari uchun foydalaniladi.

Bu barcha belgilar legal kapitalistik tadbirkorlikning o‘ziga xos
xususiyatlarini to‘liq aks ettiradi3. O‘zining tashkiliy tarkibiga ko‘ra, zamonaviy mafiya4 ham asosan, oddiy firmaga (yoki moliya- sanoat guruhiga) o‘xshashdir. Shunday qilib, zamonaviy uyushgan jinoyatchilik mohiyatan alohida biznes tarmog‘i - oddiy fuqarolarning jamiyatga qarshi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mohir jinoyatchilarning iqtisodiy faoliyati hisoblanadi.
«Mafiya» atamasi odatda turli ma’nolarda va turli xildagi hodisalarni yoritish uchun qo‘llaniladi. Iqtisodiy tahlilda ushbu atamadan asosan bitimlarni tuzishda amalga oshiriladigan xatti- harakatning alohida me’yorlari va namunalarini belgilash uchun foydalaniladi. Ya’ni, mafiya rasmiy tashkilot bo‘lmasada, xatti- harakat va hukmdorlik munosabatlarining alohida xili hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mafiya institut sifatida shaxslarga o‘zining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beruvchi o‘yin qoidalarining yig‘indisidir5.
Zamonaviy uyushgan jinoyatchilikni ko‘proq iqtisodiy hodisa sifatida talqin qilish hatto uyushgan jinoyatchilikning rasmiy ta’riflarida ham o‘z aksini topgan. Masalan, AQSh da 1968 yildagi Jinoyatchilik ustidan nazorat to‘g‘risidagi qonun uyushgan jinoyatchilikni qonun tomonidan taqiqlangan tovarlarni yetkazib berish va qonun taqiqlagan xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan “yuqori uyushgan va intizomli uyushma a’zolarining qonunga qarshi faoliyati” sifatida tavsiflaydi6. 1993 yilda esa BMT Bosh kotibi “Uyushgan jinoiy faoliyatning jamiyatga ta’siri” ma’ruzasida uyushgan jinoyatchilikni noqonuniy tovarlar va xizmatlar yetkazib berish yoki qonuniy tovar va xizmatlarni noqonuiy shaklda taqdim qilish uchun jinoyatchilarning iqtisodiy asosda birlashgan faoliyati sifatida ta’rifladi7.
Nima uchun taqiqlangan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan mohir jinoyatchilar mustaqil yolg‘izlarning tinch hayotiga olib bormay, balki uyushgan hamkorlikni yaratadilar?
Eng avvalo, uyushganlik jinoyatchilarga zarur bo‘ladi, bunda ularning faoliyati mehnat taqsimotini talab qiladi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan jinoiy faoliyat ikki tarkibiy qismdan shakllanadi:

  1. «qayta taqsimlash jinoyatchiligi» - qandaydir ishlab chiqarish (o‘g‘rilik, talonchilik va h.k.) bilan aloqada bo‘lmagan daromadlarni qayta taqsimlashga olib boradigan jinoiy faoliyatlardir;


  2. Download 52.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling