joylashgan o’rinni tez aniqlashga yo’naltirilgan usuldir. Joylashtirish usulida
qilishi mumkin bo’lgan qiymatlar to’plamini xotira adresi (massiv indekslari) qabul
qilishi mumkin bo’lgan to’plamdan ancha kengligidir. Quyidagicha misol ko’rib
chiqaylik. Faraz qilaylik, 1000 ta odam bor. Har bir odamni aniqlash (identifikatsiya
qilish) uchun kalit sifatida ismlarini qaraylik. Faraz qilaylik har bir ism 16 tagacha
harfdan tashkil topgan bo’lsin. U holda biz bo’lishi mumkin bo’lgan kalit qiymatlari
to’plamini (bu yerda bo’lishi mumkin bo’lgan kalitlar to’plami 26
16
ta elmentdan
iborat bo’ladi, agar alifbo 26 ta xarfdan iborat bo’lsa), 10
3
ta indeksli massivga
akslantirish lozim bo’ladi. Yuqoridagi misoldan ko’rinib turibdiki, N funktsiya
ichiga akslantiruvchi akslantirish bo’ladi, ya’ni «ko’pgina qiymat bir qiymatga
akslantiriladi». Agar biror bir kalit berilgan bo’lsa, u holda qidiruv amalining
birinchi qadami - kalit bilan bog’langan indeksni hisoblash, ya’ni h = H(k), ikkinchi
va asosiysi – tekshirish bo’lib hisoblanadi, ya’ni bunda haqiqatdan ham h funktsiya
T massivda (jadvalda) k kalitli elementni identifikatsiya qilayotgani tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: