Ish xaqi. Bunga korxonaning barcha personali uchun to‘lanadigan asosiy va qo‘shimcha ish xaqi kiradi, xamda ijtimoiy ximoyalash uchun ajratmalar xam kiradi (yillik ish xaqini 8,4% ni tashkil etadi).
Rekonstruksiya qilinayotgan korxonani ish unumini oshishi, uning loyixadagi va amaldagi ko‘rsatkichlari bilan aniqlansa, qurilayotgan korxonalar uchun esa ish unumini oshishi soxa rivojlanishini 3 yillik rejalari bilan aniqlanadi.
Amortizatsiya ajratmalari loyixalanayotgan korxonaning amortizatsiya meyorlariga binoan ajratiladi.
Qayta loyixalanayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va kengaytirilayotgan NQIK va NKK larini texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichini quyidagi formulalardan topiladi:
P = S1-S2; F = S1 / S3; O = S5 / P;
R = 100 P / ( S3-S4 ); PT = S1 / PPP; S6 = S2 / S1.
Bu erda; P -korxona foydasi, so‘m; S- tovar maxsulot narxi, so‘m; S2- to‘liq narx, so‘m; S3-asosiy fondlar qiymati, so‘m; S4-aylanma fondlar qiymati, so‘m; S5- korxona qurilishiga kiritilgan kapital, sO‘m; S6-1 so‘mlik maxsulot olish uchun xarajatlar, so‘m; F- fondajratma, so‘m/so‘m; R-rentabellik,%; PT -ish unumi, so‘m/kishi; PPP -ishlab chiqarish personali soni, kishi; O- o‘zini oqlash davri, yil.
Olingan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida, uni, boshqa amaldagikorxonalar bilan solishtirib ko‘riladi.
Natijalar asosida loyixalanayotgan loyixani xalq xo‘jaligi maqsadlariga muvofiqligini e’tiborga (uni qurish yoki qurmaslik) olinadi.
Rekonstruksiya qilinayotgan yoki kengaytirilayotgan korxonani loyixalashni ish xaqi fondini xisoblayotganda, barcha ishchilar, xizmatchilar, muxandis-texniklar, quyi personalni yillik ish xaqini xisobga olib aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |