12-Mavzu. Zavodning joylashishi. Vaziyatli rejalash. Nqiz va nkk yer maydonini rejali tashkillashtirish sxemasini tuzish. Reja


Download 194.5 Kb.
bet1/22
Sana09.01.2022
Hajmi194.5 Kb.
#258728
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

12-Mavzu. Zavodning joylashishi. Vaziyatli rejalash. NQIZ va NKK yer maydonini rejali tashkillashtirish sxemasini tuzish.

Reja:

  1. Zavod qurulmalarini joylas

  2. Rekonstruksiya.


Tayanch va iborali so‘zlar

Loyixa-smeta, yangi qurilish, rekanstruksya, yangi maxsulot, konstruktorlik, loyixa oldi, loyixalash uchun malumotlar, loyixa oldi, ishchi


Loyixa-smeta xujjatlarining tayyorlash kerak bo‘lgan kapital qurilish ko‘rinishiga qarab sanoat, transport, qishloq va axoli uy-joy qurilishiga bo‘linadi.

O‘z navbatida xar bir ko‘rinishidagi qurilishlar o‘z xarakteriga qarab yangi qurilayottan, rekonstruksiya qilinadigan, kengaytiriladigan va texnik qayta jixozlanadiganlarga ajratiladi.



Yangi qurilish. Sanoat qurilishida yangi qurilish deb yangi korxonani qurishiga yoki oldingisini keyingi navbatlarini qurish kerak bo‘lgan ob’ektga aytiladi. Yangi qurilishga xalq xo‘jaligi uchun kerak bo‘lgan maxsulot assortimenti, sifati va miqdori bo‘yicha maxsulot berib turgan korxonani rekonstruksiya va texnik qayta qurish umuman natija bermagan taqdirda kirishiladi. Korxonani kengaytirish xam yangi qurilishlariga kiradi. Korxonani kengaytirishdan maqsad uni ishlab chiqarish quvvatini rekonstrutsiya va qayta jixozlash yoki yangi kuvvatlarni ishga tushirish yo‘li bilan oshirishdir. Ishlab turgan korxonani keyngatirish uni territoriyasida yoki uni yon – atrofidagi maydonlarda yangi qurilishni olib borish demakdir. YAngi qurilishlarga:

1. Korxonani ikkinchi va keyingi navbatlari;

2. Qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlari;

3. Asosiy ishlab chiqarish quvvatlarining yangi sexlari;

4. Yordamchi va xizmat qiluvchi yangi sexlarni qurish kiradi.

Rekonstruksiya. Bundan maqsad ishlab chiqarishni kengaytirish kabi korxonani quvvatini oshirishidir. Lekin bu maqsadga boshqa yo‘l bilan erishiladi. Rekonstruksiyada korxonani ishlab chiqarish vositalarini yangi texnika va texnologiya asosida yangi sex yoki qurilishi ishlarini olib bormasdan qayta jixozlanadi. Rekonstruksiyada ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan qurilmalar, avtomatizatsiya jixozlari va x.k. almashtiriladi. Bundan tashqari rekonstruksiyaga quydagilar kiradi:

1. Korxonani profilini o‘zgartirish va yangi max­sulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

2. Ishlab chiqarilishi bundan keyin ma’qul emas deb topilgan maxsulot o‘rniga xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan yangi texnologiya asosida ishlab chiqariladigan shu maxsulot korxonasini tashkil qilish.

Rekonstruksiya yangi qurilishga nisbatdan bir qancha afzallikka ega:

1. YAngi rayon yoki yangi maydonlarni o‘zlashtirishga xojat yo‘q.

2. Ekspluatatsiyada bo‘lgan injenerlik kommunikatsiyalarni, imoratlarni ishlatish mumkin.



Loyixa va konstruktorlik ishlarini tashkil etish. YAngi quriladigan, kengaytiriladigan, rekonstruksiya etiladigan korxonalar, inshoat va qurilmalarni loyixa oldi va loyixa-smeta xujjatlarini tarkibi, ularga qo‘yiladigan asosiy talabalar va ularni tayyorlash tartibi. Umumiy masalalar.

Download 194.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling