12-Mavzu. Zavodning joylashishi. Vaziyatli rejalash. Nqiz va nkk yer maydonini rejali tashkillashtirish sxemasini tuzish. Reja


Download 194.5 Kb.
bet4/22
Sana09.01.2022
Hajmi194.5 Kb.
#258728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Korxonani tovar balansi. NQIK va NKK larni tovar balansi material balanslarni to‘plash asosida tuziladi. Tovar balansining xarajat qismida maxsulotlarning ro‘yxati keltirilib - bular korxonani tovar maxsulotlari bo‘lib «O‘zneftmaxsulot» yoki to‘g‘ri aloqa orqali sotiladi. Korxonani o‘zini extiyojini qoplash uchun ketadigan maxsulotlar bunga kirmaydi, balki o‘z extiyojini qoplashdan ortgan tovarlar kiradi. Masalan: mazut

Korxonani azot, vodorod siqilgan xavo, reagentlar va katalizatorlarga bo‘lgan extiyojini aniqlash. Umum korxona ob’ektlarini to‘g‘ri loyixalash uchun loyixani texnologik qismiga azot, vodorod, siqilgan xavo, reagentlar va katalizatorlarga bo‘lgan extiyojni xisobi kiritiladi. Eng avval o‘xshash loyixalardan kerakli reagentlarni nomlari to‘liq olinadi, so‘ngra esa shu reagentlardan qancha kerakligi xisoblab chiqiladi. Bunda yillik, sutkalik va bir marta solish (zagruzka) uchun qancha reagentlar, katalizatorlar kerakligi aniqlanadi. Olingan ma’lumotlarga asosan katalizator, reagentlar, mayda tara idishlarda keladigan katalizator, reagentlar uchun omborxonalar loyixalashtiriladi.

NQIK va NKK larda xavo avtomatik boshqaruv sistemalarida, xar xil texnologik jarayonlarda, katalizatorni regenirizatsiyalash, bitum olishda - uglevodorod va neft fraksiyalarini oksidlashda ishlatiladi. Siqilgan xavoning miqdorini texnologik qurilmalarniig pasportlaridan, nazorat o‘lchash apparatlarining instruksiyalardan olinadi. Xamma to‘plangan materiallar asosida siqilgan xavoga bo‘lgan extiyoj aniqlanib uni balansi tuziladi.

Texnologik loyixalashning normalariga muvofiq NQIK va NKK dagi siqilgan xavoni ishlatuvchilarga uch xil parametrda xavo beriladi.

1. Yuqori bosimda (5-7 MPa) katalizatorlarni regeniratsiya qilish va qurilmani yuqori bosimda sinash uchun.

2. Past bosimda (0,8 MPa) quritilgan – nazorat o‘lchash asboblari va avtomatlashtirish uchun.

3. Past bosimda (0,8 MPa) quritilmagan xar-xil texnologik extiyojlar uchun. Ishlab chiqarish balansi ko‘rsatilgan xar-bir parametr uchun qo‘llaniladi.

Siqilgan xavoga bo‘lgan extiyojni aniqlangandan so‘ng korxonaning kompressor va quritish qurilmalarining loyixa­lari tuziladi.

NQIK va NKK da keyingi yillarda inert gaz azotni iste’mol qilish ko‘paydi. Azot katalizatorlarni regeniratsiya qilishda, rezervuarlarda engil oksidlanadigan maxsulotlarni ustki qismida yostiq xosil qilishda, uskunalarni remont qilishda, mustaxkamlikka sinab ko‘rish jarayonida ishlatiladi. Zavodlarda yuqori bosimli va past bosimli (6-7 MPa va 0,8 MPa) azot ishlatiladi. Inert gazni sarfi aloxida ishlab chiqarishlarning loyixasida keltirilgan ma’lumotlardan olinadi.

NQIK va NKK larda keyingi vaqtda gidrogenizatsiya jarayonlari keng qo‘llanila boshlandi. Buning natijasida vodorodga bo‘lgan extiyoj ortmoqda. SHuning uchun korxonani texnologik loyixasini tuzganda vodorodni ishlab chiqarish va iste’mol qilish albatta kirgizilishi kerak. Vodorodga bo‘lgan extiyojni aniqlab va resurslarni xisoblab chiqib NQIK va NKK larida vodorod ishlab chiqarish qurilmasini qurish kerak yoki kerak emasligi aniqlanadi. Sanoatda vodorod olishni ikki usuli o‘zlashtirilgan:

1. Gazlardan yuqori xaroratda konversiyalash

2. Gazni suv bug‘i ishtirokida trubali pechlarda katalitik konversiyalash.

Korxonalarni vodorod bilan ta’minlash vazifasini bajarishda platforming va gidrotozalash qurilmalarida xosil bo‘lgan vodorodni qayta ishlatish nazarda tutilishi kerak.




Download 194.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling