Seminar №.5. Qurilishning smeta qiymatini aniqlash
Reja:
Smeta xujjatining tarkibi.
Smeta ma’lumotnoma xisoblarining tuzilishi.
Qurilishining qiymati va texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlari echimi.
Inshoat smeta xujjatlari
Tartibli xamjixatlik va tasdiqlov smetalari.
Tayanch va iborali so‘zlar
Smeta, qiymat, texnik-iqtisodiy, xarajatlar, qiymat, mablag‘, lokal smetalar, koeffitsent, smeta malumotlari.
Qurilmaning smeta qiymatini aniqlash NQIK va NKKning, shuningdek shu xo‘jalik tarkibiga kirgan qurilma va sexlarni loyixalashning oxirgi bosqichi bo‘lib, qurilish smeta narxlari (xarakatlari) ni va loyixalanayotgan inshootning texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlarini aniqlash xisoblanadi.
Smeta xujjatining tarkibi. Ikki bosqichli loyixalashda, smeta xujjati tarkibiga loyixalash ma’lumot smeta xisoblari, xarajatlar, ob’ekt va lokal smetalar xisoblari va loyixa qidiruv ishlarinig smetalari kiradi, ishchi xujjatlar tarkibiga esa ob’ekt va lokal smetalar kiradi.
Bir bosqichli loyixalashda, ishchi loyixa tarkibida jamlanma smeta xioblari, xarajatlar ma’lumotnomasi, ob’ekt va lokal smetalari, loyixa qidiruv ishlarining smetalari ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, smeta xujjatlari bilan birga loyixa tarkibiga ob’ektlarning qurilish smeta qiymati vedomosti, ishga tushirish kompleksi tarkibidagi qiymati kiradi. Ishchi loyixa va ish xujjatlari tarkibiga inshootlarning ishga tushirish kompleksining qurilish smeta qiymatinining vedomostlari va tovar qurilish maxsulotlarining smeta qiymatlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |