12-Mavzu. Zavodning joylashishi. Vaziyatli rejalash. Nqiz va nkk yer maydonini rejali tashkillashtirish sxemasini tuzish. Reja
Smeta ma’lumotnoma xisoblari tuzilishi
Download 194,5 Kb.
|
Smeta ma’lumotnoma xisoblari tuzilishi. Smeta ma’lumotnoma xisoblari kapital qo‘yilmalar xajmini ko‘rsatadi. Loyixa tasdiqlangach korxona qurilish uchun kerak bo‘lgan mablag‘, ushbu xujjat orqali va boshqa turdagi ishlar smetalari asosida tuziladi.
Smeta ma’lumotnoma xisobi 12 bobdan iborat: Xududni qurilishga tayyorlash; Qurilishning asosiy inshootlari; Yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi inshoatlari; Energetika xo‘jaligi; Transport va aloqa xo‘jaligi; Tashqi aloqalar va suv ta’minoti; Terretoriyani qulaylashtirish va ko‘kalamlashtirish; Vaqtinchalik bino va inshoatlar; Boshqa ishlar va xarajatlar; Qurilayotgan korxonaning direksiyasi va avtorlik tekshiruvi; Kadrlarni tayyorlash; Loyixa va qidiruv ishlari. Qurilishning umumiy qiymatidan smeta ma’lumotnoma xisoblari bO‘yicha qurilish ishlari qiymati, montaj ishlari, jixozlar, moslamalar, mebel va inventar, boshqa xarajatlar uchun qiymatlar ajratiladi. Smeta jamnoma xisoblarida shuningdek NQIK va NKK qurishda boshqa taraf uyushmalari ishtirokining xarajatlari xam xisobga olinadi. Smeta ma’lumotnomasini birinchi bobida qurilish ishlarini olib borilishi mumkin bo‘lgan xudud tozalanadi, ya’ni u erda yashovchi axolini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirsh ishlari va sarf xarajatlari ishlari ko‘rsatiladi. Ikkinchi bobida asosan qurilish binolari, inshoatlariga ketadigan sarf xarajatlar keltirilgan. Masalan, neftni qayta ishlashda qatnashadigan asosiy kolonnalar, ularni montaj ishlari e’tiborga olinadi. Uchinchi bobiga asosan qayta ishlashda yordamchi sifatida foydalaniladigan omborlar, tuzatish ustaxonalari, yong‘in o‘chirish, laborotoriyalar, qidiruv ishlari sexlari, shuningdek, poliklinika, oshxona, dam olish joylari va shu kabilar kiradi. To‘rtinchi bobga asosan elektr va issiqlik ta’minlash joylari kiradi. Beshinchi bobga asosan temir yo‘llar, avtoyo‘llar, qo‘riqlovchi moslamalar kiradi. Oltinchi bobga ichimlik suvi bilan ta’minlash ularni tozalash, issiq va sovuq suv bilan korxonani ta’minlash, kanalizatsiyalarni qaysi daryoga chiqib ketishi ko‘rsatilgan xarajatlari kiradi. Ettinchi bobga ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ya’ni korxona xududini atrofini, ichini daraxtlar, gullar ekish ishlari keltiriladi. Sakkizinchi bobga asosan yordamchi, masalan, ta’mirlash, tuzatish sexlari va qurilish materiallarini saqlovchi omborlar kiradi. To‘qqizinchi bobga qo‘shimcha oylik ish xaqi, qo‘shimcha koeffitsienti, qishda yo‘llarni qordan tozalash, qurilishdan chiqqan chiqindilarni shaxar chetiga olib chiqish, qo‘shimcha ish kuchini yollash, qo‘shimcha transportlardan ishchilar uchun foydalanish, ilmiy-tekshiruv ishlarini olib borish xarajatlari kiradi. O‘ninchi bobga qurilayotgan korxonaning direksiyasi va mualliflik tekshiruvi xarajatlari kiradi. O‘n birinchi bobga korxonani ishga tushishdan oldin yosh, iqtidorli yoshlarni yollash kiradi. O‘n ikkinchi bobga loyixa va qidiruv ishlari, bu ishlardan so‘ng umumiy sarf xarajatlari xisoblab chiqilgan ma’lumotlar kiradi. Smeta jamnoma xisoblarida, ko‘zda tutilmagan ishlar va xarajatlar qo‘llanmalari nazarda tutiladi. Bu narsa NQIK va NKKni 2 bosqichli loyixalashda umumiy qurilish smeta qiymatining 7% ni tashkil qiladi, va qayta qo‘llaniladigan inshooatlari uchun – 3% ni tashkil qiladi. Bino va inshoatlarni bir bosqichli loyixalashda 3-3,5% ni tashkil qiladi. Loyixalashda 2 bosqichli smetali baxolash, qonun qoida bo‘yicha, kattalashtirilgan smeta me’yorlari yordamida aniqlanadi va baxolanadi, qurilish ko‘rsatkichlarini baxolash, NQIK va NKKda ishlab chiqilgan. Bir bosqichli smeta qurilish ishlarida qayta qo‘llaniladigan qurilmalarga katta axamiyat berish lozim, ular ishchi lardan tuzilgan. Bu tushintirish qog‘ozida qurilish ishlarida qayta qo‘llaniladigan qurilmalarga katta axamiyat berish lozim, geografik joylashishiga va smetaga bog‘liq bo‘lgan, ishchi lardan tuzilgan. Bu tushintirish qog‘ozida qurilish inshoati qaysi rayonda qurilmoqda, qaysi baxoda va me’yorlashtirilgan smeta xujjatlari qanday tuzilgan, smeta qurilish ishlari, montajlashtirish, to‘liq keltirilgan bo‘lishi kerak. Ajratilgan mablag‘ qaysi xolatda, mablag‘lantirish ishlariga, moddiy yordamga, industrial qurilish ishlariga, axolining ishchi transportidan foydalanishi, yo‘llar va boshqa muxandislik qurilish ishlari to‘g‘risida bayonat keltiriladi. Yuqorida keltirilgan qurilish ishlari 2 va undan ortiq. Smeta xujjatlarining eg‘indisidan tuziladi. Lokal smeta xujjatlari ishchi laridan tuziladi va ishning turiga, ketgan sarf xarajatlar, kengaytirilgan smeta me’yorlari va shunga o‘xshash boshqa xisobot ishlari asosida ishlab chiqiladi. SN 22-81 keltirilgan xar-xil turdagi kattalikdagi smeta xujjatlari; qurilish ishlariga va jixozlash, montaj ishlari asosida keltiriladi. NQIK va NKKda bir necha 10 ta lokal smetalar, nasoslar, neft aparatlari, kompressorlar, reaktorlar, quvirlar, mo‘rilar, qurilish ishlari, pechlar, nasoslar, operatornыylar, isitish qurilmalari va xavo almashtirish kondensatorlari, ichki va tashqi suv ta’minoti inshoatlari va kanalizatsiya, elektr yoritish, elektr kuchlanish qurilmalari, avtomatlashtirish va KIPiA NO‘A va A va xakazolardan tuziladi.
Download 194,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling