Loyixa oldi ishlari. Ma’lumki, dunyo standrtlariga javob beradigan yangi maxsulot ishlab chiqarish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish lozim bo‘ladi. Ilmiy tadqiqot institutlari bu ishni bajarayotganlarida fan va texnikaning eng yangi yutuqlaridan foydalanishlari lozimdir. Shundagina dunyo standarti darajasiga javob beruvchi yangi maxsulot ixtiro etish mumkin.
Ilmiy-tadqiqot ishlari tugallangandan so‘ng, bu maxsulotni tayyorlovchi aloxida sex yoki bo‘lmasam butun bir korxonani qurish uchun loyixa smeta xujjatlarni tuzish kerak bo‘ladi. Bu xujjatlarni tuzish uchun ilmiy-tadqiqot instituti «Loyixalash uchun ma’lumotlar» degan ma’lumot tayyorlaydi.
Bu ma’lumot ma’lum shaklda tuzilib, sanoat korxonalarini loyixalarini tayyorlash uchun asosiy qo‘llanma xisoblanadi. «Loyixalash uchun ma’lumotlar» buyurtmachi korxona va loyixalash tashkilotlariga ma’qullash uchun taqdim etiladi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari loyixa oldi ishlariga kiradi. Bulardan tashqari loyixa tadqiqoti ishlari xam loyixa oldi ishlariga kiradi. Ularni biz keyinchalik aloxida ko‘rib chiqamiz.
«Loyixalash uchun ma’lumotlar» va loyixa tadqiqoti ishlarining natijalariga binoan loyixalash tashkilotlari qurilishga mo‘ljallangan korxona uchun texnik-iqtisodiy asoslash (texniko-ekonomicheskoy obosnovanie-TEO) tayyorlaydi yoki bo‘lmasam texnik-iqtisodiy xisoblar (texniko-ekonomicheskiy raschet-TER) ni bajaradi.
Savollar
Yangi qurilish deganda nimani tushunasiz?
Yangi qurilishlarga qaysi qurilish kiradi?
Rekonstruksiya yangi qurilishlarga nisbatan qanday afzalliklarga ega?
Adabiyotlar
Ibragimov N.I., Obidov B.O., Musaev M.N., Muxamedgaliev B.A. “Loyixalash asoslari va ekologik ekspertiza” Toshkent, 2007. 328 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |