12-Mavzu. Zavodning joylashishi. Vaziyatli rejalash. Nqiz va nkk yer maydonini rejali tashkillashtirish sxemasini tuzish. Reja
Loyixalashda kompyuter grafikasi texnologiyasi
Download 194.5 Kb.
|
Loyixalashda kompyuter grafikasi texnologiyasi. Oxirgi yillarda loyixachilarning bajarayotgan ishlari xajmi ko‘payib ketishi munosabati bilan, kelajakda bu ishlarni avtomatlashtirish zarur bo‘lib qoldi. Bu o‘z navbatida loyixa ishlarini bajarishda maxsus kompyuter dasturlarni yuzaga kelishiga olib keldi.
Misol tariqasida oladigan bo‘lsak sanoat korxonalarini sanitar-ximoya zonalarini tashkil etish va obodonlashtirish loyixalarini ishlab chiqish murakkab va juda qimmat loyixalardan biri bo‘lib xisoblanadi, chunki sanitar-ximoya zonalarini chegarasini o‘rnatish shaxar qurilishi miqyosidagi masalalardan biridir. SHuning uchun bunday loyixalarni zamonaviy sharoitlarda amalga oshirish va xal qilish geoaxborot tizimlaridan – GAT (GIS) foydalanishni toqazo etadi. Xozirgi kunda mavjud bo‘lgan geoaxborot va avtomatik loyixalash tizimlari (SAPR) umumga mo‘ljallangan (MapInfo, ArcGIS, AutoCAD va boshqalar) bo‘lib, ekologik masalalarni echishda boshidan mukammal rejalashtirilmagandir, shuning bilan birga amaliy ekologik GAT ishlab chiqish uzoq muddatli va mashaqqatli xisoblanadi. 2004 yil Rossiyada faoliyat ko‘rsatayotgan «LiDa inj» ma’suliyati cheklangan korxonasi yangi ekologik dasturiy kompleks – ROSA (EPK ROSA) lar modulini ishlab chiqishga kirishdi, bu loyixachi ekologlarni ishlarini yanada osonlashtirib tezlatishga imkon beradi. 2006 yili dasturning yangi versiyasi bu dasturdan foydalanuvchilarga (sanoat korxonalariga, loyixa institutlariga va boshqalarga) tarqatila boshlandi. Ekologik dastur kompleksi modulini asosini ekologik GAT tashkil qilib, grafika, baza ma’lumotlar, xisoblangan modulllar, so‘rovnoma-normativlar va boshqa dasturiy kompyuterlar bilan ishlash uchun o‘zida turli-xil vosita va asboblarni birlashtirgandir. SHunday qilib bu kompleks moduliga asosan loyixalash umumiy axborot makonida amalga oshirilib, bir vaqtning o‘zida karta va loyixa baza ma’lumotlari bilan ishlashga imkon yaratib, taxlil qilinayotgan ob’ektga makon va atribut axborotlarga kirishni ta’minlaydi. Ekologik GAT loyixalashning barcha bosqichlarida ishlatilib, ya’ni korxonalarni karta-chizmalarini tayyorlash va kartada ekologik ob’ektlarni tushirishdan tortib, to loyixa bo‘yicha sanitar-ximoya zonalarini suratga tushirishgacha bo‘lgan ishlarni bajarish imkonini beradi. Endi ekologik dasturiy kompleks ROSA tarkibidagi GAT ni afzalliklarini sanab o‘tamiz: -Loyixa baza ma’lumotlari bilan ishlashda GAT dan foydalanish sifatida vizual muxitni loyixalash an’anaviy vositalar bilan bir qatorida olib borilishi; -Vektor kartalari va skanerlangan tasvirlar bilan ishlash mumkinligi; -Kartada ob’ektlarni taxlil qilishni yaratish asboblari mavjudligi; -Ekologik ob’ektlarni (atmosferani ifloslovchi manbalarni, shovqin manbalarini, xisoblangan nuqtalarni, yashash zonalarini va shunga o‘xshashlarni) kartada yaratish va aks tasvirini tushirish imkoni bo‘lgan maxsus asboblarni mavjudligi; -Grafik modulning yuqori tezlikda ishlashi mumkinligi; Demak xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Rossiya mutaxassislarining yaratgan ekologik loyixalash kompleks ROSA kompyuter dasturi loyixalash ishlarini avtomatlashtirish imkonini beradi va uning kelajagi porloqdir.
NQIK loyixalashda qanday maqsadlarda foydalaniladi? NQIK xavo yordamida avtomatik boshqaruv sistemalarini katalizatorni regeneratsiyada, bitum olishda uglerod va neft fraksiyalarini oksidlashda ishlatiladigan o‘lchash apparatlarni instruksiyasi va xavoga bo‘lgan extiyoji tuziladi? NQIK loyixalashda kompyuterdan foydalanib, qanday vazifani bajarishi mumkin? Adabiyotlar Ibragimov N.I., Obidov B.O., Musaev M.N., Muxamedgaliev B.A. “Loyixalash asoslari va ekologik ekspertiza” Toshkent, 2007. 328 bet. Download 194.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling