12-nazariy Tashqi iqtisodiy bitimiga nisbatan qo'llanilayotgan huquqning belgilanishi bilan bitimning majburiy statuti (maqomi) o'rnatiladi
Download 141.95 Kb. Pdf ko'rish
|
Dils. xxh
1
Tashqi iqtisodiy bitimiga nisbatan qo'llanilayotgan huquqning belgilanishi bilan bitimning majburiy statuti (maqomi) o'rnatiladi. Majburiy maqom asosida bitimda taraflarning huquq va majburiyatlari belgilanadi hamda uni bajarmaslik oqibatlari, shuningdek majburiy maqom asosida javobgarlikdan ozod etuvchi holatlar ham belgilanadi. Savol: Majburiy statut bo'yicha taraflarning da'vo muddatlari masalalari qaysi huquq bilan belgilanadi?
Javob
Chet el korxona va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasida maxsus ruxsatsiz O‘zbekiston Respublikasi milliy korxona va tashkilotlari bilan turli xil tashqi iqtisodiy bitimlar tuzishga haqli, ular bo‘yicha hisob-kitoblarni ham amalga oshirishi mumkin. Tashqi iqtisodiy bitimlar xalqaro munosabatlar sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini belgilaydigan, taraflarning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish va bekor qilishga qaratilgan, tijorat korxonalari turli davlatlar hududida joylashgan taraflar o‘rtasidagi tuziladigan bitimlar
1 . Tashqi iqtisodiy kelishuv (kontrakt) –bu tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanadigan ikki yoki undan ortiq xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moddiy jihatdan rasmiylashtirilgan shartnomasi va tashkil etish, o'zgartirishni maqsad qilgan ularning xorijiy pudratchilari yoki tashqi iqtisodiy faoliyatda o'zaro huquq va majburiyatlarni bekor qilish 2 .
davlatining huquqini qo‘llash masalasida kelishib olishadi. Xususan, 1990-yilda qabul qilingan AQSH Savdo kodeksiga muvofiq taraflar o‘rtasida imzolangan tashqi iqtisodiy bitimda qaysi taraf davlatining huquq va majburiyatlari qo‘llanilishi
1 Xalqaro xususiy huquq: Darslik / Mualliflar jamoasi || y.f.d., dots. I.Rustambekov umumiy tahriri ostida. –T.: TDYU, 2019. – 406 b. 130-bet. 2 Ukraina qonuni Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida u Ukraina Oliy Radasining rahbari L. Kravchuk Kiyev shahri, 1991 yil 16 aprel, 959-XII-son. 1-modda. 2
kerakligini belgilab olishga haqlidirlar, agarda bitimda taraflar bunday kelishuvni aytib o‘tmagan bo‘lsa, Savdo kodeksida mavjud bo‘lgan huquq va majburiyatlar qo‘llaniladi; Germaniyada ham taraflar tomonidan imzolangan bitimda erkinlik prinsipidan kelib chiqib taraflarga huquqni tanlash imkoni berilgan, lekin taraflar bitimda bunday prinsipni qo‘llashmagan bo‘lsa, bitim qaysi davlat uchun muhimroq ahamiyatga ega bo‘lsa, o‘sha davlatning qonunchiligi qo‘llaniladi; Xitoy Xalq Respublikasida taraflarda ham Germaniyaga o‘xshash huquq bor, ya’ni taraflar huquqni tanlaydi, tanlamagan bo‘lsa, bitim qaysi davlat uchun muhimroq ahamiyatga ega bo‘lsa, o‘sha davlatning qonunchiligi qo‘llaniladi. Tashqi iqtisodiy bitimlarda da’vo muddati ham xuddi shu tartibda hal qilinadi. Bitimda qaysi davlat huquqi qo‘llanishi kerakligi belgilangan bo‘lsa, o‘sha davlat huquqi bo‘yicha taraflar uchun da’vo huquqining muddati belgilanadi. Barcha bitimlar uchun maxsus da’vo muddati yo‘q. da’vo muddati shartnomadan anglashiladi.
3
Download 141.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling