12-nazariy Tashqi iqtisodiy bitimiga nisbatan qo'llanilayotgan huquqning belgilanishi bilan bitimning majburiy statuti (maqomi) o'rnatiladi
Download 141.95 Kb. Pdf ko'rish
|
Dils. xxh
6
Javob
Ko'chmas mulkka egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o'tishi, cheklanishi va bekor bo'lishi davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak. Mulk huquqi shaxsning o'ziga qarashli mol-mulkka o'z xohishi bilan va o'z manfaatlarini ko'zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o'zining mulk huquqini, kim tomonidan bo'lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir 5 . O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1184-moddasiga ko‘ra ko'chmas va ko'char mol-mulkka nisbatan mulk huquqi hamda boshqa ashyoviy huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, bu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bo'yicha aniqlanadi. Mol-mulkning ko'chmas yoki ko'char ashyolarga mansubligi, shuningdek mol-mulkning boshqacha yuridik baholanishi ana shu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bo'yicha aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1184-moddasida Transport vositalariga va davlat reestrida qayd etilishi lozim bo'lgan boshqa mol- mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar bu transport vositalari yoki mol-mulk ro'yxatga olingan mamlakat huquqi bo'yicha belgilanishi aytib o‘tilgan. Ko'chmas mulkka bo'lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilishga nisbatan bu mulk turgan mamlakatning huquqi qo'llanadi. O'zbekiston Respublikasining davlat reestrida qayd etilgan mol-mulkka nisbatan O'zbekiston Respublikasining huquqi qo'llanadi 6 . Umumiy qoidaga ko‘ra, mulkka nisbatan egalik huquqi mol-mulk turgan mamlakatning huquqiga asosan belgilanadi. Shuni e’tirof etish kerakki, mol-mulk boshqa mamlakat hududida joylashgan bo‘lishidan qat’i nazar, agar u O‘zbekiston
5 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. 164-modda 6 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. 1188-modda 7
Respublikasining davlat reestrida qayd etilgan bo‘lsa, bu mulkka nisbatan egalik huquqi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi 7 . Xulosa, ushbu kazus bevosita fuqarolik huquqiy munosabatlariga, ya’ni ashyoga nisbatan egalik huquqi munosabatlariga daxldor. Chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik huquqiy munosabatlarda ashyo huquqini himoya qilish Fuqarolik kodeksi 1188-moddasida keltirilgan. Unga ko‘ra mulk qayerda joylashgan bo‘lishidan qat’i nazar u qayerda ro‘yxatga olingan bo‘lsa, o‘sh mamlakat huquqi qo‘llaniladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan avtomobil boshqa davlat hududida joylashgan bo‘lsa va oldi-sotdi munosabatining predmeti bo‘lsa, bu vaziyatda oldi-sotdi munosabatiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi huquqi qo‘llaniladi.
7 Xalqaro xususiy huquq. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. //H.R.Rahmonqulov va boshq. /H.B.Boboev, M.X.Rustamboev, O.Oqyulov, A.R.Raxmanovlarning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: "Iqtisodiyot va huquq dunyosi" nashriyot uyi, 2002 yil, 448 b. 259-bet. 8
Foydalanilgan adabiyotlar: I. Rahbariy adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlar: 1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIK KODEKSI. 2. Ukraina qonuni Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida u Ukraina Oliy Radasining rahbari L. Kravchuk Kiyev shahri, 1991 yil 16 aprel, 959- XII-son. 3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI VASIYLIK VA HOMIYLIK TO‘G‘RISIDA. O‘RQ-364 02.01.2014. 4. MDHga a'zo davlatlar (1998 yil 8-dekabrdagi 12-4-sonli qaror) “Yetim bolalar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishning qo'shimcha kafolatlari to'g'risida” MODEL QONUNI. 5. 2002-yilda tuzilgan “Voyaga etmaganlarni doimiy yashash holatiga qaytarish masalalari haqida”gi MDH davlatlari orasida tuzilgan shartnoma. 6. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qaroriga 3- ILOVA Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida NIZOM Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qaroriga 3-ILOVA Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida NIZOM. 7. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya. 8. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. 9. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171-son qaroriga 3- ILOVA Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to'g'risida NIZOM BIRINCHI BO'LIM VOYAGA YETMAGAN BOLALARNI FARZANDLIKKA OLISH. II. O‘quv adabiyotlari: 10. Xalqaro xususiy huquq: Darslik / Mualliflar jamoasi || y.f.d., dots. I.Rustambekov umumiy tahriri ostida. –T.: TDYU, 2019. – 406 b. 9
11. Xalqaro xususiy huquq. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. //H.R.Rahmonqulov va boshq. /H.B.Boboev, M.X.Rustamboev, O.Oqyulov, A.R.Raxmanovlarning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: "Iqtisodiyot va huquq dunyosi" nashriyot uyi, 2002 yil, 448 b. III.
Internet manbalari: 12.
http://lex.uz
http://aim.uz 14. http://library.ziyonet.uz 15. http://akadmvd.uz Download 141.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling