12-nazariy Tashqi iqtisodiy bitimiga nisbatan qo'llanilayotgan huquqning belgilanishi bilan bitimning majburiy statuti (maqomi) o'rnatiladi


Download 141.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi141.95 Kb.
#233921
1   2   3   4
Bog'liq
Dils. xxh

26-nazariy savol 

Agar  farzandlikka  olish  natijasida  farzandlikka  olingan  bolaning 

O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalari bilan 

belgilangan  huquqlari  buziladigan  bo'lsa,  farzandlikka  oluvchining  qaysi 

davlat fuqarosi ekanligidan qat'iy nazar u bolani farzandlikka olishi mumkin 

emas,  agar  u  bolani  farzandlikka  olgan  bo'lsa,  bu  ish  sud  tartibida  bekor 

qilinishi  kerakligi  xususidagi  normaning  mazmuni  va  ularning  xalqaro 

huquqiy ahamiyatini misollar yordamida muhokama qiling. 

 

 



 

 

 



Javob 

Agar farzandlikka olish natijasida bolaning O'zbekiston  Respublikasi qonun 

hujjatlari va xalqaro shartnomalar bilan belgilangan huquqlari buzilsa, farzandlikka 

oluvchi  qaysi  davlat  fuqarosi  bo'lishidan  qat'i  nazar,  farzandlikka  olishni  amalga 

oshirish  mumkin  emas,  agar  farzandlikka  olingan  bo'lsa,  u  sud  tartibida  bekor 

qilinishi  kerak

3

.  Ushbu  normaning  mazmuni  shundaki,  O‘zbekiston  Respublikasi 



qonunchiligida O‘zbekiston fuqarolari tomonidan ham, chet el fuqarolari tomonidan 

ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olish masalalari 

bir  xil  tartibga  solinishini  belgilagan  bo‘lib,  bunda  chet  el  fuqarolari  tomonidan 

O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  bo‘lgan  bolani  farzandlikka  olishda  alohida 

shartlar yoki tartib belgilanmagan. Ammo bolani farzandlikka olishga faqat voyaga 

yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi. 

Bundan  kelib  chiqadiki,  farzandlikka  berilayotgan  shaxsning  huquqlari  va 

manfaatlari  birinchi  o‘rinda  turadi.  Farzandlikka  olish  natijasida  farzandlikka 

olingan  bolaning  O'zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  hamda  xalqaro 

shartnomalari  bilan  belgilangan  huquqlari  buziladigan  bo'lsa,  masalan,  Oila 

kodeksining 152-moddasida ko‘rsatilgan mustasno holatdagi shaxslardan biri bolani 

hujjatlarni qalbakilashtirib farzandlikka olgan bo‘lsa, bu sud tartibida bekor qilinadi. 

                                           

3

 Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171-son qaroriga 3-ILOVA Voyaga yetmagan bolalarni 



farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to'g'risida NIZOM BIRINCHI BO'LIM VOYAGA 

YETMAGAN BOLALARNI FARZANDLIKKA OLISH. 29-band 




 

Yana bir misol, bolani farzandlikka olish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi BMT 



Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan va Oʻzbekiston 

Respublikasi  1992-yil  9-dekabrda  qoʻshilgan  Bola  huquqlari  to‘g‘risidagi 

konvensiya  da  belgilangan  bola  huquqlari  qo‘pol  ravishda  buzilishi  farzandlikka 

olishning  bekor  bo‘lishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Shuningdek,  Vazirlar 

Mahkamasining  1999-yil  12-apreldagi  171-son  qaroriga  3-ILOVA  Voyaga 

yetmagan  bolalarni  farzandlikka  va  bolalarni  oilaga  tarbiyaga  olish  (patronat) 

to‘g‘risida NIZOMning 22, 23-bandlariga asosan bolani farzandlikka olish jarayoni 

to‘xtatilishi yoki sud tartibida bekor qilinishi mumkin. Farzandlikka olish quyidagi 

hollarda haqiqiy emas deb topiladi, agar: 

farzandlikka olish qalbaki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan bo‘lsa; 

farzandlikka olish soxta bo‘lsa; 

voyaga yetgan shaxs farzandlikka olingan bo‘lsa; 

farzandlikka oluvchi shaxs farzandlikka olish huquqiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, 

ya’ni ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar, 

qonun  bilan  belgilangan  tartibda  muomalaga  layoqatsiz  yoki  muomala  layoqati 

cheklangan  deb  topilganlar,  ruhiy  yoki  narkologik  muassasalarda  ro‘yxatda 

turuvchilar,  qasddan  sodir  qilgan  jinoyatlari  uchun  ilgari  hukm  qilinganlar, 

shuningdek, sobiq farzandlikka oluvchilar mazkur Nizomning 22-bandida ko‘rsatib 

o‘tilgan asoslar bo‘yicha farzandlikka olishi bekor qilingan bo‘lsa

4



 

 

 



 

                                           

4

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qaroriga 3-ILOVA Voyaga yetmagan bolalarni 



farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida NIZOM. 22-band. 


 


Download 141.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling