12. Takrorlashga doir masalalarni yechish 12 Masala yechishning tenglashtirish usuli


Download 158.63 Kb.
Sana25.11.2020
Hajmi158.63 Kb.
#151644
Bog'liq
2-bob 12 paragraf

12. Takrorlashga doir masalalarni yechish

12.1. Masala yechishning tenglashtirish usuli

1- misol. Ikki bog‘lamda jami 70 ta daftar bor. Ikkinchi bog‘lamda birinchisiga qaraganda 10 ta daftar ko‘p. Har bir bog‘lamda nechtadan daftar bor?

Yechish. Xayolan bog‘lamlardagi daftarlar sonini tenglashtiramiz (1- rasm). Buning uchun ikkinchi bog‘lamdan 10 ta daftarni olamiz. Unda ikki bog‘lamda jami 70 - 10 = 60 ta daftar qoladi.

Endi har bir bog‘lamdagi daftarlar soni tenglashdi va u 60 : 2 = 30 ta daftarga teng.

Shu tariqa, birinchi bog‘lamda 30 ta daftar borligini aniqladik. Unda, shartga ko‘ra ikkinchi bog‘lamda birinchisidan 10 ta ko‘p 30 + 10 = 40 (ta) daftar bo‘ladi.

Javob: Birinchi bog‘lamda 30 ta, ikkinchisida 40 ta daftar bor.

2- misol. Uchta javonda 47 ta kitob bor. Ikkinchi javonda birinchisidan 4 ta kam, uchichisidan 2 ta ko‘p kitob bor. Birinchi javonda nechta kitob bor?

2- misol. Uchta javonda 47 ta kitob bor. Ikkinchi javonda birinchisidan 4 ta kam, uchichisidan 2 ta ko‘p kitob bor. Birinchi javonda nechta kitob bor?

Yechish. Masala shartiga ko‘ra sxematik rasm chizamiz (2- rasm). Xayolan, uchinchi javonga 6 ta, ikkinchi javonga esa 4 ta kitobni qo‘yib, javondagi kitoblar sonini tenglashtiramiz. Unda, har uchala javondagi jami kitoblar soni: 47 + 10 = 57 (ta) ga teng bo‘ladi.

Demak, birinchi javondagi kitoblar soni: 57 : 3 = 19 (ta) bo‘ladi.

Javob: Birinchi javonda 19 ta kitob bor.

12.2. Farazqilish usuli bilan yechiladigan mashqlar

12.2. Farazqilish usuli bilan yechiladigan mashqlar

3- misol. Qadimgi Xitoy masalasi. Qafasda tustovuq va quyonlar boqilmoqda. Ularning jami boshi 35 ta, jami oyoqlah esa 94 ta. Qafasda nechta tustovuq va nechta quyon bor?

Yechish. Faraz qilaylik, qafas tepasiga sabzi qo‘yildi. Barcha quyonlar sabzini yeyish uchun oldingi oyoqiarini ko‘tarib, orqa oyoqlarida turib olishadi. Bu holatda qafasdagi jonivorlarning nechta oyoqlah yerda bo‘ladi?

Ravshanki, 35•2 = 70 (ta) oyoq yerda bo‘ladi. Lekin, shartga ko‘ra oyoqlar jami soni 94 taga teng. Qolgan oyoqlar qayerda qoldi? Hisobga olinmagan oyoqlar — bu quyonlarning yerdan ko‘tarib turgan oldingi oyoqlaridir. Ular nechta? 94 - 70 = 24 (ta)

Unda, bu 24 ta oldingi oyoqlar nechta quyonga tegishli? 24 : 2 = 12 (ta) quyonga tegishli.

Demak, quyonlar soni 12 ta ekan. Unda, tustovuqlar soni 35 - 12 = 23 ta bo‘ladi.

Javob: Qafasda 23 ta tustovuq va 12 ta quyon bor.

4- misol. Gullarni guldonlarga solish kerak. Agar guldonlarga 5 tadan gul solinsa, 2 ta guidon bo‘sh qoladi. Agar 6 tadan solinsa, 4 ta gul yetmay qoladi. Jami guldonlar soni nechta?

4- misol. Gullarni guldonlarga solish kerak. Agar guldonlarga 5 tadan gul solinsa, 2 ta guidon bo‘sh qoladi. Agar 6 tadan solinsa, 4 ta gul yetmay qoladi. Jami guldonlar soni nechta?

Yechish. Guldonlarga oldin 5 tadan gul solamiz. Shunda 2 ta gul ortib qoladi. Ortib qolgan gullarni ham bittadan guldonlarga solamiz. Natijada, 2 ta guldonda 6 tadan, qolgan guldonlarda esa 5 tadan gul bo‘ladi. Lekin, shartga ko‘ra guldonlarga 6 tadan gul solinganda 4 ta gul yetmay qolar edi.

Demak, qolgan guldonlar soni 4 ta ekan. Unda, jami guldonlar soni 2 + 4 = 6 (ta)

Javob: Jami 6 ta guldon bor.

5-misol. Bolalar bog‘chasida jami 20 ta velosiped bor. Ularning ba'zilari 2 g‘ildirakli, ba'zilar esa 3 g‘ildirakli. Velosipedlarning jami g‘ildiraklari soni 55 ta. Bog‘chada nechta 2 g‘ildirakli velosiped bor?

6- misol. Sinfda 30 ta o‘quvchi bor. Agar sinfdagi qizlar 3 kg dan, o‘g‘il bolalar 5 kg dan makulatura (qog‘oz chiqitlari) yig‘ishsa, jami sinf bo‘yicha 122 kg makulatura yig‘iladi. Sinfda nechta o‘g‘il bola va nechta qiz bola o‘qiydi?


Download 158.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling