12–mavzu: Sinonim, omonim, antonim va paronimlarning uslubiy vazifalari reja


Download 58.24 Kb.
bet3/3
Sana30.03.2023
Hajmi58.24 Kb.
#1310185
1   2   3
Bog'liq
12-MAVZU USLUBIYAT

Testlar:
1. Salbiy ma'noning kuchayib borishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
a) bet, aft, bashara, nusxa, turq
v) bet, bashara, aft, nusxa, turq
s) aft, bet, bashara, nusxa, turq
d) bet, aft, bashara, turq, nusxa
2. Badiiy asarlarda bir-biriga zid ma'noli so‘zlarni yonma-yon qo‘llash, qarshilantirish san'ati...
a) anafora
v) antiteza
s) varvarizm
d) parafraza
3. Ma'nodosh so‘zlarning tildagi ahamiyati noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
a) Bir ma'noni xilma-xil so‘zlar orqali turli nozik ma'no qirralari bilan ifodalashga imkon beradi.
v) So‘z sehrini namoyish etishda ahamiyatga ega.
s) Nutqni bezashda, ta'sirchanligini oshirishda ahamiyatga ega.
d) Bir so‘zining turli ma'nolarini ifodalashga yordam beradi.
4. Quyidagi qatorlarning qaysi birida salbiy bo‘yoqdor so‘zlar berilgan?
a) yaxshi, chiroyli, shirin, xursand
v) yomon, xunuk, bemaza, xafa
s) ko‘rk, chehra, jilmaymoq, kamolot
d) badburush, naynov, qiltiriq, bashara, satang
5. Sayramoq so‘zi qaysi gapda salbiy ma'noda qo‘llangan?
a) Tolda chumchuq sayraydi.
v) Dutorimning torlari qo‘sh bulbuldek sayraydi.
s) Bir zumda pulemyotlar sayrab ketdi.
d) Jo‘ralari orasida “shirinsuxanlik” bilan tanilgan Olimxon sayrayverdi.
6. Paronimlar qaysi qatorda?
a) battar-badtar
v) ta'na-tana
s) gado-gadoy
d) asta-ohista
7. Omonim so‘zlar, asosan, qaysi janrda qo‘llaniladi?
a) g‘azalda
v) fardda
s) qit'ada
d) tuyuqda
8. Qaysi qatordagi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud?
a) Chanoqdagi paxta quyoshda yarqirab, kumushdek toblandi.
v) Mudir turmushning achchiq-chuchugini tatigan kishiga o‘xshaydi.
s) Qo‘lingdan kelganicha yaxshi ot chiqar.
d) Podshoh huzuriga asirlarni olib kirishdi.
9. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud emas?
a) Nodirjon o‘yinga alahsib ketganidan kech kirganini bilmay qoldi.
v) Ravon yo‘llar qarshimizda turibdi mushtoq.
s) Bu masalaga boshqacha yondashish mumkin emas.
d) Qassob go‘shtning lahim joylarini kesib, suyaklarini alohida sotish uchun terib qo‘ydi.
10. She'riyat, Ey bevafo sanam!
Qo‘llaringdan mahkam tutarman,
Sendan har narsani kutarman,
Sen bir malham, Sen bir shirin g‘am...
Ushbu she'riy parchada qo‘llangan til hodisasini toping.
a) gradatsiya
v) assonans
s) oksyumoron
d) geminatsiya
Download 58.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling