13- amaliy mashgʻulot. Ma’lumotnoma


Namuna Narpay tumani Dehqonchilik


Download 42.02 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi42.02 Kb.
#1620315
1   2   3
Namuna
Narpay tumani Dehqonchilik
uyushmasi raisi A.Rustamovga
Ma’lumotnoma
“Oʻzbekiston” fermer xoʻjaligida sodir boʻlgan tabiiy ofat natijalari toʻg‘risida.
2007-yilning 20-aprelida qattiq jala quyishi natijasida fermer xoʻjaligimizda paxta ekilgan dalalarning 100 gektarini suv yuvib ketdi. Bundan tashqari, qishloq xoʻjalik ekinlari ekilgan brigadalar quyidagicha zarar koʻrdi:
1. 1-brigadadagi 10 gektar piyoz va 5 gektar karam ekilgan maydonni suv bosdi.
2. 2-brigadadagi 10 gektar pomidor va 5 gektar bodiring ekilgan maydon suv ostida qoldi.
3. 5-brigadadagi 1 gektar pomidor va 5 gektar qovun ekilgan maydonga qayta urug‘ ekish kerak.
4. 7-brigadadagi 3 gektar tarvuz ekilgan maydon loyqa ostida qoldi.
Tabiiy ofatdan koʻrilgan zarar uchun tegishli yordam berishingizni soʻray­man.
“Oʻzbekiston” fermer
xoʻjaligi raisi (imzo) V. Doʻstmamatov


Shaxsiy ma’lumotnoma ‒ asosan shaxsning ish staji, bajarayotgan vazifasi, oylik maoshi, oila tarkibi, yashash joyi, hovli-joyining hajmi va boshqa voqea-hodisalar, holatlarni tasdiqlab beradigan rasmiy hujjat hisoblanadi. U talab qilingan muassasa, xoʻjalik va turli idoralarga taqdim etish uchun beriladi.
Shaxsiy ma’lumotnomalar quyidagi zaruriy qismlar asosida tuziladi:
1. a) Ma’lumotnoma beruvchi tashkilot nomi; b) tartib raqami; d) sanasi; e) hujjat nomi (bu qismlar xoʻjalik yoki muassasa bosma ish qog‘oziga yoziladi, bosma ish qog‘ozi boʻlmagan taqdirda, b, d bandlari muassasaning toʻrtburchak muhrida oʻz aksini topadi).
2. Hujjatning nomi (Ma’lumotnoma).
3. Ma’lumotnoma berilayotgan shaxsning ismi, ota ismi va familiyasi.
4. Ma’lumotnoma matni (u tasdiqlayotgan voqea yoki holat bayoni).
5. Ma’lumotnoma uchun mas’ul shaxslar imzosi, lavozimi va familiyasi.
6. Muhr.
Namunalar
Bosma ish qog‘ozidagi oʻzgarmas zaruriy qismlar
Muassasa nomi va manzili
№110 2004-yil-5may


Ma’lumotnoma
Bahodir Toʻlqinov Samarqand shahar prokurori yordamchisi lavozimida ishlaydi.
Ma’lumotnoma Samarqand tumanidagi 7-oʻrta maktab ma’muriyatiga taqdim etish uchun berildi.
Shahar prokurori (imzo) A.Oʻktamov
Kadrlar boʻlimi boshlig‘i (imzo) B.Yoqubov


Ma’lumotnoma

Toʻrtburchak muhr yoki maxsus blanka

Moʻminova Shahnoza Erkinovna “Malika” tikuvchilik fabrikasida 750 000 (yetti yuz ellik ming) soʻm maosh bilan tikuvchi - murabbiy boʻlib ishlaydi.
Ma’lumotnoma talab etilgan joyga taqdim etish uchun berildi.
Korxona direktori (imzo) N. Sultonov
Bosh hisobchi (imzo) R. Rahmonov

Axborot xati ishbilarmonlik xabari turiga tegishli bo'lib, uning maqsadi sheriklarni kompaniyada ro'y bergan har qanday o'zgarishlar to'g'risida xabardor qilishdir. Xat yozish biznes-yozishmalarga muvofiqlikni talab qiladi.



Download 42.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling