13- amaliy mashgʻulot. Ma’lumotnoma
Download 42.02 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki xizmat ma’lumotnomasi
- Tashqi xizmat ma’lumotnomasi
13- amaliy mashgʻulot. MA’LUMOTNOMAMa’lumotnoma ‒ boʻlgan voqea yoki mavjud holatlar (shaxsning yashash joyi, vazifasi, xoʻjalik yoki muassasa faoliyati kabi) toʻg‘risida ma’lumot beruvchi hujjat. Ma’lumotnomalar, odatda, ijtimoiy va mehnat faoliyati yuzasidan yuqori idora rahbari talabiga yoki ma’muriy idoralar talab qilayotgan ma’lumotlarni oʻzida aks ettiruvchi hujjat sifatida fuqarolarning talabiga muvofiq tuziladi. Ma’lumotnoma oʻz xususiyati va mazmuniga koʻra ikki xil boʻladi: 1) xizmat ma’lumotnomasi; 2) shaxsiy ma’lumotnoma. Xizmat ma’lumotnomasi hujjat toʻldiruvchi muallif (ba’zan mualliflardan biri)ning oʻz husnixatida yoki kompyuterda yoziladi va muassasa rahbariga yoʻllanadi. Unda muassasa yoki xoʻjalik faoliyatiga bog‘liq mavjud holatlar va voqea-hodisalar toʻg‘risida xabar beriladi. Xizmat ma’lumotnomasi oʻz xususiyatiga koʻra: ichki xizmat ma’lumotnomasi va tashqi xizmat ma’lumotnomasiga boʻlinadi. Ichki xizmat ma’lumotnomasi ‒ bir muassasa yoki xoʻjalik hududida amal qiluvchi hujjat boʻlib, muassasa yoki xoʻjalikning ichki ishlari, xoʻjalik faoliyati, biror tarkibiy boʻlinma yoxud ayrim xodim haqida tayyorlanib, shu muassasa rahbariga yoʻllanadi. Ichki xizmat ma’lumotnomasi bevosita tuzuvchi tomonidan imzolanishi shart. Tashqi xizmat ma’lumotnomasi ‒ muayyan muassasa nomidan yuqori idora rahbarlariga, ularning koʻrsatmasiga yoki talabiga muvofiq tayyorlanib joʻnatiladi. Tashqi xizmat ma’lumotnomasi xos ish qog‘oziga yoki maxsus bosma ish qog‘oziga yoziladi va muassasa yoxud xoʻjalik rahbari tomonidan imzolanadi. Xizmat ma’lumotnomalari ma’muriyatning mavjud holatlar, voqea-hodisalar yuzasidan ma’lum bir xulosaga kelishi yoki muayyan qaror qabul qilishi uchun asos boʻladi. Ma’lumotnomalar sanasi u imzolangan va yoʻllangan kuni qoʻyilishi lozim, chunki u joʻnatma hujjatlar daftarida qayd etiladi. Xizmat ma’lumotnomasiga matn muzmunini ochib beruvchi sarlavha qoʻyilishi ham mumkin. Xizmat ma’lumotnomasi quyidagi zaruriy qismlar asosida yoziladi: 1. Ma’lumotnoma joʻnatilgan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (mazkur zaruriy qismning joylashishi haqida namunaga qaralsin). 2. Hujjat nomi (Ma’lumotnoma). 3. Ma’lumotnoma matniga sarlavha (zarur oʻrinlarda). 4. Asosiy matn. 5. Mansabdor shaxs yoki ma’lumotnoma tuzuvchi shaxsning imzosi. 6. Hujjat joʻnatilgan cana. Download 42.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling