13 – laboratoriya ishi teshiklarni zenkovkalash, zenkerlash va yo’nib kengaytirish ishning maqsadi


Download 54.17 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi54.17 Kb.
#1053569
1   2   3   4
Bog'liq
13-laboratoriya zenkerlash

Eslatma. Razvyortkani tez-tez teshikdan chiqarib, qirindidan tozalash va mashina moyi bilan obdan moylab turish kerak (cho’yanni moylamasdan ishlash mumkin).
Yo’nib kengaytirishda quyidagi talablar hisobga olinadi: tsilindrik teshiklarni kengay­tirishda razvyortka ish qismining 3/4 qismini teshikdan chiqqan paytida (d) yo’nib tugallash kerak bo’ladi. Konussimon teshiklarni yo’nib kengaytirishda esa konussimon kalibrning ko’ndalang chiziqchalari holatiga qarab yo’nib kengaytirishni tugallash lozim (e).

2.Teshikni parmalash stanogida yo’nib kengaytirish.


2.Yuqorida ko’rsatilgan qo’yim bilan yo’nib kengaytirish uchun teshik parmalanadi. Stanok to’xtatiladi va xomaki mahsulot uning stolidan olinmay, parma tegishli mashina razvyortkasiga aylantiriladi. Rejimlar jadvaliga muvofiq, stanok yo’nib kengaytirishga sozlanadi va ishga tushiriladi hamda razvyortka mexanik tarzda surilib, teshik yo’nib kengaytiriladi. Bu ishda mineral moy qo’llanidadi.
Eslatma: Teshikni bo’r bilan va qalam vositasida quyidagicha tekshirish mumkin: tiqinda bo’r bilan bo’ylama chiziq chiziladi, tiqin tekshirilayotgan teshikka kiritilib, o’q atrofida 1/4 ga burib aylanti­riladi (tiqin teshikka jips kirib borganda, bo’r o’chib ketishi kerak). Ancha aniqroq tekshirishda chiziq bo’r bilan emas, balki qalam bilan chiziladi.



Teshiklarni zenkovkalash, zenkerlash va yo’nib kengaytirishda xavfsizlik qoidalari
Xomaki mahsulot stanok stolida to’g’ri o’rnatiladi va puxta mahkamlanadi; ishlov berish jarayonida ularni qo’l bilan ushlab turmaslik kerak.
Parmalash patronini stanok shpindeliga o’rnatishda keskin harakat qilmaslik lozim, aks holda shpindel yuqoriga ko’tarilib, so’rish dastagini burib yuborishi mumkin, shu boisdan dastakni ushlab turish lozim.
Kesuvchi asbob almashtirilgandan keyin kalitni parmalash pat­ronida qoldirmaslik kerak.
Xavfsiz ishlashga qat’iy ishonch paydo bo’lgandagina stanok yurgazib yuborilishi lozim.
Ish tugagach, mashina elektr yuritgich va elektr tarmog’idan keluvchi tokdan uzib qo’yilishi kerak.
Nasosning ishlashini va ishlov berish joyiga kelayotgan sovitish suyuqligi miqdorini nazorat qilib turish lozim.
Aylanayotgan kesuvchi asbobni va shpindelni ushlamaslik kerak.
Sinib qolgan kesuvchi asboblarni qo’l bilan chiqarib olmaslik kerak, bu maqsadda maxsus moslamalardan foydalanish lozim.
Zagotovkalarni bir ish o’tishida parmalashda, ayniqsa, kichik diametrli parmalar bilan parmalashda, surish dastagini kuchli bosmaslik darkor.

Download 54.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling