13- ma’ruza Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirish
Download 95.8 Kb.
|
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza
- 13-MAVZU
- Zardo‘shtiylik ta’limotida ta’lim – tarbiya
- Avesto» eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklar namunasi sifatida VII-XIII asrlarda O‘rta Osiyoda ijtimoiy va madaniy hayot, maktab va pedagogik fikr. «
- Madrasalar va hadis ilmining paydo bo‘lishi.
- Imom Ismoil al Buxoriy, Imom at-Termiziyning hadis ilmining yoyilishidagi xizmatlari.
- Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Saadara at – Sulami al – Bug‘iy at Termiziy
- Abulqosim Umar az – Zamahshariy
- Tayanch tushunchalar
- Tarbiya
- Adabiyotlar r
13- ma’ruza Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirish Ma’ruza mashg‘uloti texnologik modeli Vaqt: 80 daqiqa
O‘quv mashg‘ulotining shakli va turi Nazariy, yangi mavzu bayoni O‘quv mashg‘ulot rejasi / o‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Tashkiliy qism. Motivatsya. Boshlang’ich bilimlarni aniqlash. Tayancha so’zlar bilan ishlash. Ma’ruza. Baxs- munozara. Xulosa. Yakunlash. O‘quv mashg‘uloti maqsadi: haqida ilmiy pedagogik tushuncha berish Pedagogik vazifalar: tarixiy tafakkur, tarix, tafakkur, vatanparvarlik, xotira tayanch so’zlarini izohlash; o’quvchilarda Vatanparvarlikni shakllantirishda tarixiy tafakkur o’rnini ko’rsatish; tarixiy tafakkur ma’naviyatning tarkibiy qismi ekanligini tushuntirish. O‘quv faoliyati natijalari: tarixiy tafakkur, tarix, tafakkur, vatanparvarlik, xotira tayanch so’zlarini yordamida kichik esse tuzishadi; o’quvchilarda Vatanparvarlikni shakllantirishda tarixiy tafakkur o’rnini ko’rsatishadi; tarixiy tafakkur ma’naviyatning tarkibiy qismi ekanligini tushuntirishadi O‘qitish metodlari Ma’ruza, tushuntirish, ko‘rsatish, namoyish O‘quv faoliyatini tashkil etish shakli Ommaviy, jamoaviy, guruhlarda ishlash, yakka tartibda O‘qitish vositalari o‘quv topshirig‘i va uni bajarish bo‘yicha yo‘riqnoma, grafik tashkil etuvchilar O‘qitish sharoiti Maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan, guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan xonalar Qaytar aloqaning yo‘l va vositalari Tezkor-so‘rov, so‘rov, referat, test Ma’ruza mashg‘uloti texnologik xaritasi
13-MAVZU Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirish Reja: O‘quvchilarning tarixiy tafakkurini shakllantirish – muhim pedagogik muammo sifatida Zardo‘shtiylik ta’limotida ta’lim – tarbiya. Islomda ta’lim-tarbiya. Abu-Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Az-Zamahshariyning dunyoviy bilimlarni tarqalishidagi o‘rni. Mustaqil ish: I. A. Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” risolasini o’qish. Tayanch tushunchalar: tarixiy tafakkur, tarix, tafakkur, vatanparvarlik, xotira. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashab ijod etgan o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida ilmning amaliy va hayotiy ahamiyatini nazarda tutib shunday fikrlarni bildirgan edi: “Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayirib berur. To‘g‘ri yo‘lga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratda mas’ul bo‘lishimizga sabab bo‘lur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur”. Pedagog olim o‘z fikrini davom ettirib, faqatgina amaliy ahamiyatga ega bo‘lgani uchun fanlarni o‘rganish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shunday ilmlar ham borki, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyot, hayot bilan bog‘lanmagan. Biroq ular insoniyat taraqqiyoti, jamiyat rivoji uchun amaliy bilimlardan kam bo‘lmagan ahamiyatga egaligini alohida ta’kidlaydi. Tarix fanining bugungi kundagi ahamiyatini esa, siyosiy fanlar doktori, professor N.Jo‘raev quyidagicha izohlaydi: “Tarix – inson haqidagi, odamlar haqidagi fan. Biroq u bugunning odamlari, kechinmalari, his-tuyg‘ulari, faoliyatlari va munosabatlari xususida emas, balki o‘tgan ajdodlarimiz turmush tarzi, ma’naviy-ruhiy kechinmalari, sodir etgan voqea-hodisalari, maqsad-intilishlari haqidagi fandir. Aslini olganda tarix faqat o‘tmish haqidagi ma’lumotlar, xotiralar ham emas. Uning buyuk qudrati, tarbiyaviy kuchi, murabbiylik mohiyati o‘tmishni o‘rganish, tadqiq etish orqali bugunni baholash, bugunni anglash, bugungi odamlarni tushunish va ularni yo‘naltirish borasidagi fikrlarni, g‘oyalarni o‘zida mujassam etganida! Agar biz tarixga ana shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, uning butun ko‘lamini, insoniyat va jamiyat taraqqiyotidagi rolini chuqurroq anglaymiz”. Olim tarix tushunchasini «insoniyat tarixi» tarzida qo‘llashni taklif etadi. Mazkur tarixiy-falsafiy yondashuv yoki «Insoniy tarix» konsepsiyasi shu paytgacha biz qo‘llab kelayotgan «Tarix» degan rasmiy tushunchadan boy va ustun. Chunki bu talqinda tarixni yaratgan Inson, uning ma’naviyati, shodlik va qayg‘ulari, orzulari tadriji yaqqol sezilib turadi. Tarixning, aslida, inson haqidagi fan ekanligi ta’kidlanadi. Demak, tarix fanining vazifasi o‘quvchilarga quruq raqambozlik, solnomachilikni o‘rgatishdan iborat emas, aksincha uning mazmunini o‘zlashtirish orqali o‘quvchilarni ijtimoiy hodisalarni mustaqil anglashga, mamlakatimiz rivojining barcha sohalariga faol va ijodiy tarzda ishtirok etishga tayyorlashdan iborat bo‘lishi lozim. Mazkur vazifa o‘z tabiatidan kelib chiqib, fikrlashni rivojlantirish, o‘quvchining o‘rganilayotgan voqea va zamonaviy jamiyat hodisalarini mustaqil anglay olishini talab etadi. Buningsiz ularni to‘g‘ri baholay olish, o‘z munosabatlarini zarur harakatlarga yo‘naltira olish mumkin emas. Mana shuning uchun mustaqil fikrlashni shakllantirish tarix fanini o‘qitishning bosh sharti va vositasi tavsifini o‘zida ifoda etadi. Bu erda gap tarix fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni o‘ylash, mustaqil va ijodiy fikrlashga o‘rgatish haqida borayapti. Chunki tarix darslarida o‘quvchilarni tarixiy fikrlashga o‘rgatish yaxlitlikda shaxsda mustaqil fikrlashni shakllantirishga imkon beradi. Yuqorida bayon etilganlaridan o‘z-o‘zidan «tarixiy fikrlash nima?», «u qanday o‘ziga xosliklarga ega?», «unga qanday jihatlar tegishli?» kabi savollar paydo bo‘ladi. Fikrlash deganda, narsa va hodisalarning o‘zaro munosabati va aloqadorligi mohiyatini umumlashtirish yo‘li bilan borliq jarayonlarini insonda aks ettirishning oliy shakli sifatida tushunchalar orqali bilishga qobiliyatlilik tushuniladi. Tarixiy fikrlash – bu tarixiy voqea va hodisalarni bilish, tarixiy voqea va hodisalarni o‘zaro munosabati va aloqadorligi mohiyatini umumlashtirish orqali tarixiy jarayonlarni anglash, ular orasidagi sabab-aloqadorlikni hosil qila olishga qobiliyatlilikdir. O‘quvchilarda, ularning fikrlashida taxminan qo‘yidagi tarzga ega bo‘lgan jihatlarni tarkib toptirish zarur: Ijtimoiy hodisa yoki voqeani to‘g‘ri tasvirlay olish, mazkur hodisa uchun tegishli jihat va dalillarni to‘g‘ri tanlay olish; Har bir ijtimoiy hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlashga harakat qilish; Mazkur hodisa bilan bog‘liq shart-sharoitlarni, ularning o‘zaro aloqadorligini aniqlash, ya’ni har bir hodisa uni o‘rab turgan shart-sharoitlar bilan aloqadorligini tushunishga intilish; Barcha tarixiy hodisalarning borish jarayoni tavsifini anglash; Voqealarning rivojlanib borish davri va bosqichlari, ularni har birining tarixiy ahamiyatini aniqlashga harakat qilish; Tarixiy qonuniyatlarning ko‘p obrazliligi, aniq namoyon bo‘lishini anglash; Har bir tarixiy hodisada aks etgan rivojlanishdagi o‘ziga xosliklarni izlash; Turli ijtimoiy guruh va alohida shaxslarning faoliyatini aniqlab beruvchi ijtimoiy motivlarni izlash; Milliy va umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan tarixiy hodisalarni baholash; O‘tmish va bugunni taqqoslashga qiziqish. Buyuk allomalarning hayoti, ijodi va ular qoldirgan madaniy – ma’rifiy meros yosh avlod uchun ibrat va namunalar, ularning ta’lim – tarbiyaga oid ma’rifiy ta’limotlari yoshlarni ona – Vatanga, millatga sadoqat va hurmat ruhida tarbiyalashda, ularni iymon va e’tiqodli, insof va diyonatli, odob – axloqli, oqil va odil inson qilib tarbiyalashda, o‘zligini anglatishda benazir qadriyatdir. XX asrga qadar davrlardagi ijtimoiy va madaniy hayot tarixidan shu narsa ma’lumki, ta’lim-tarbiyada ma’naviyatli, ma’rifatli barkamol yoshlarni etishtirishda xalq pedagogikasining o‘rni va mohiyati katta bo‘lgan. Ming yillar davomida shakllanib, rivojlanib kelayotgan xalq pedagogikasi milliy pedagogika tarixining zamini bo‘lgan. Markaziy Osiyodagi arxeologik topilmalar va yozma manbalarning guvohlik berishicha, dastlabki ibtidoiy jamoa va keyinchalik quldorlik tuzumi davrida ham Turon hududida ijtimoiy – madaniy hayot rivojlangan. «Avesto» sof diniy kitob bo‘lmay, ijtimoiy – falsafiy, madaniy, adabiy – tarixiy qimmatga ega bo‘lgan nodir qomusiy yodgorlikdir. Unda adolat va sulh ulug‘lanadi.VII asrda Arabistonda shakllangan islom dini VIII asrga kelib Markaziy Osiyoda keng yoyildi. Markaziy Osiyoda arablar tomonidan bosib olindi. Markaziy Osiyoda arab davlati – xalifaligi o‘rnatilib, «Qur’on» qonun – qoidalari Markaziy Osiyoda ham amalga oshirildi. VIII asr oxiri, IX asr boshida arab xalifaligining markazi Bag‘dodda ilm – fan rivojlandi, yunon olimlaridan Aflotun (Aflotun), Aristotel (Arastu), Sokrat (Suqrot), Gippokrat (Buqrot), Galen (Jolinus), Evklid (Iqlidus) kabilarning asarlari arab tiliga tarjima etildi. IX – XII asrlarda Markaziy Osiyoda feodal ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi, ichki va tashqi savdoning o‘sishi, dehkonchilik, hunarmandchilik, binokorlik, o‘ymakorlik san’atining rivojiga jiddiy ta’sir etdi. XI – XII asrlarda o‘zbeklar Movarounnahrda asosiy aholi sifatida tarkib topdi. O‘sha davrda «turk tili» deb nom olgan o‘zbek tili adabiy til xususiyatiga ega bo‘ldi. Markaziy Osiyo musulmonlari «Qur’on»ni insonni ulug‘lashga, qadrlashga, uni mehr – shafqatga, muhabbatga, tinch – totuv yashashga, iqtisodiy va ma’naviy barkamollikka undovchi islom ma’rifati mujassami sifatida qabul qildilar. Zardo‘shtiylik ta’limotida ta’lim – tarbiya Ma’lumki, Markaziy Osiyo hududida qadim – qadimdan turli dinlar, diniy aqidalar paydo bo‘ldi. Ularda aholining ijtimoiy – madaniy hayoti, turmush tarzi va an’analari ma’lum o‘lchovga solindi va belgilandi. Bunday dinlardan eng qadimiysi va eng mashhuri zardo‘shtlik dini, uning ta’limotidir. Zardo‘shtlik dinining asoschisi Zardo‘sht atalmish buyuk tarixiy shaxsdir. Zardo‘sht sharqning faylasufi, notig‘i, shoiri, donishmandi bo‘lgan. Zardo‘sht – o‘z nasihatlari, o‘gitlarida adolatni targ‘ib etadi, yaxshi xulq – odobni e’zozlaydi. Uning ta’limoti uch nuqtada: Xumata – yaxshilik, Nuxta – to‘g‘ri so‘z, Xvarishita – yaxshi xulqlarda mujassamlashgan. U chorvadorlar, dehqonlar va hunarmandlar hayotini badaviy ko‘chmanchi yo‘lto‘sarlar chopqinidan himoya qiladi. Adolat va odillik g‘oyasini olg‘a suradi. «Avesto» eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklar namunasi sifatida VII-XIII asrlarda O‘rta Osiyoda ijtimoiy va madaniy hayot, maktab va pedagogik fikr. «Avesto» zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi bo‘lishi bilan birga, ilm – fan, hayotiy voqealar haqida mukammal ma’lumot beradigan eng qo‘hna manba hisoblanadi. Unda O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi marosimlari: urf – odat, e’tiqod, ibodat, qiroat qiladigan oyatlar, diniy marosimlarda ijro etiladigan og‘zaki ijodlari haqida ma’lumot berilgan. «Avesto»da yaxshilik, unib –o‘sish, erda hayotni saqlash uchun intiluvchi kuchlar bilan razolat va qabohat, zulmat va halokat kuchlari o‘rtasidagi kurashda mardlik, jasorat va matonat, ma’rifat va insoniylik g‘alaba qozonadi. «Avesto»da inson tozalikka, sog‘lomlikka da’vat qilinib, ularga badan tarbiya bilan shug‘ullanish, kunda yuz – qo‘lni bir necha marta yuvish, sochni toza tutib, tirnoqlarni olib tozalab turish tavsiya etiladi. Inson me’yori bilan ovqatlanib, doimo to‘q yurishi lozimligi uqtiriladi. «Avesto»da ta’kidlanishicha, qarindoshlar o‘zaro oila qurmasligi, qavm va urug‘ qoni toza, avlod benuqson saqlanishi kerak, ko‘p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozim, bir yo‘la 2 – 3 ta tuqqan ayollar mukofot olishga sazovordir. Islomda ta’lim-tarbiya Islom jahonga keng yoyilgan dindir. Uning ta’limotlari– Qur’oni karimda bayon etilgan. Islom dinida onalar mo‘‘tabar zot sifatida ulug‘lanadi va sharaflanadi. Islom dinida mehnat qilish ibodat qilish bilan barobarligi, mehnat qilishdan uyalmaslik kerakligi aytiladi.Zero, mehnat – inson hayotining ko‘rki, bezagi. Mehnat insonga baxt – saodat, farovonlik baxsh etadi. Halol mehnat ma’naviy hayotning mezonidir. Mehnat insonni uch balodan saqlaydi: yurak siqilishidan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan. Qur’onda ilmga katta e’tibor berilgan. Bunga unda «ilm» so‘zining 765 marta takrorlinishi yorqin dalildir. Ilmlarni o‘rganish har bir inson uchun farzdir. Ilm o‘rganishdan murod mansab emas, avval o‘qigan ilmiga o‘zi amal qilib, so‘ng xalq va Vatan oldidagi burchni ado etishdir. Islom dini ilm talab qilinishini ibodat darajasiga ko‘taradi, ilm talabini ixtiyoriy ibodatdan yuqori qo‘yadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, ilm olishda erkak ham, ayol ham teng huquqlidir.Islom ta’limotida sabr axloqiy fazilat, musulmon kishining ruhiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Sabr musulmonlar qalbiga sukunat va xotirjamlik baxsh etadi, alam berayotgan dardiga malham bo‘ladi. Sabrsizlik insonni kayg‘udan qutqaza olmaydi: uning o‘zi kuydiruvchi bir kayg‘u. Islomta’limotidavafodorliksadoqatturlaridanhisoblanadi. Vafo – insoniy eng oliy fazilat. Islom ta’limotida mol – dunyoga erishgan har bir inson o‘z boyligini to‘g‘ri yo‘lda sarflashi kerakligi ta’kidlanadi. Islom dinida birovning haqiga xiyonat qilish, halol mehnat bilan topgan molini, mablag‘ini zo‘rlik va aldov bilan olish, o‘g‘rilik qilish og‘ir gunoh, kabih odat hisoblanadi. Islom ta’limotida aytilishicha, baxil kishi oqibatda xor bo‘ladi, ko‘pchilikning nafratiga uchraydi.Islom dinida insonga baxsh etilgan sifatlardan yaxshisi, xushxulqdir. Xushfe’llik inson aql – idroki, madaniyati, bilimliligidan dalolatdir. Xushfe’l inson samimiy, mulohazali, pokdil, irodali, sabr – toqatli bo‘ladi. Bunday fazilatli inson boshqalarda o‘ziga nisbatan hurmat, samimiylik, izzat, hurmat hissini uyg‘otadi. Madrasalar va hadis ilmining paydo bo‘lishi. Islom Qur’oni Karimdan keyin mo‘‘tabar sanalgan payg‘ambarimiz Muhammad Alayhisalomning «Hadisi» Shariflarida musulmonlarning moddiy va ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishlarini orzu qilib ota – onaga hurmat, mehnatsevarlik, o‘zaro ahil bo‘lish, mehr – oqibat, ehson, sabr – toqat, kamtarlik, vafo – sadoqat, poklik kabi insoniy sifatlar haqidagi nasihatlari va yaxshi fazilatli bo‘lish yo‘llari bayon etilgan. Vafo hayotda obro‘ – e’tibor va muvafaqqiyatga sabab bo‘luvchi fazilatdir. Omonat va vafo hayotda tinchlik va baxt – saodat orzu qilgan har bir jamiyat, xalq, oila, inson uchun zaruriy fazilatdir. Vafodorlik insoniylikdir. Fazilat farzand kabidir. Uni avaylab saqlash va yanada barkamol etish lozim. Muhammad payg‘ambar odamlarga manfaatlirog‘larini yaxshi odam hisoblaganlar. Manmanlik xususiyati bo‘lgan kishida go‘zallik bo‘lmaydi. Mol – dunyosi bilan faxrlansa, o‘lganda ulardan asar ham qolmaydi. Kamtarlik insoniy eng go‘zal fazilatdir. Kamtarlik insonning madaniyati, odamiyligi, mardligi kabi insoniy fazilatlar bilan belgilanadi. Kamtar kishida havoi g‘urur, manmanlik bo‘lmaydi, u odob – axloqli, mehr – shafqatli bo‘ladi, ishida, so‘zida qat’iy turadi. Imom Ismoil al Buxoriy, Imom at-Termiziyning hadis ilmining yoyilishidagi xizmatlari.Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al – Mug‘ira ibn Bardibza al – Buxoriy hijratning bir yuz to‘qson to‘rtinchi yili shavvol oyidan o‘n uch kun o‘tganda juma namozidan keyin (milodiy hisob bilan 809 yil 13 mayda) Buxoroda tavallud topdi. Otasi SHayx Ismoil ibn Ibrohim ahli hadislardan bo‘lib, savdo ishlari bilan shug‘ullanar edi. Rivoyatlarga ko‘ra, Imom Ismoil al – Buxoriy 16 yoshga qadam qo‘yganda Abdulloh ibn Muborak al – Marvazdiy va Vaqi’ ibn al – Jarrohlarning kitoblarini batamom yod olgan. U yod olgan hadislarning matnini dalillari va roviylarning tarjimai hollari bilan birga qo‘shib yod oladi… Imom al – Buxoriy Makka, Madina, Damashq, Qaysariya, Xoms, Bag‘dod, Kufa, Vosit, Balx, Nishopur, Askalon, Marv kabi shaharlarda bir necha yil yashab, hadislar to‘plash, yozish va ko‘plab toliblarga ilm o‘rgatish bilan shug‘ullanadi. Ismoil al – Buxoriy insonlarni to‘g‘ri so‘zli bo‘lishga, va’daga vafo qilishga da’vat etib, munofiq kishining uchta belgisi bo‘lishini ko‘rsatib, ular yolg‘on gapirishdan, va’daga vafo qilmaslikdan va omonatga xiyonat qilishdan iboratligini aytadi. Insonning kuch – qudrati jismonan pahlavonligida emas, balki jahl chiqkan vaqtda o‘zini tiya olishini pahlavonlik, deb hisoblaydi. U o‘zining asarlarida musulmon kishi uch kundan ortiq o‘z birodaridan arazlab, gina saqlab yurishi mumkin emasligini, qo‘shnisiga ozor bermasligi, mehmonni hurmatini o‘rniga qo‘yish muhimligi, qarindosh – urug‘larga oqibatli bo‘lish, ularning ahvolidan xabardor bo‘lib yurishini ta’kidlaydi. Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz ma’naviy meros qoldirib ketdi. bu merosning gultoji – eng ishonchli hadislar to‘plami – «Al – Jomi as – Saxix» islom dinida Qur’oni Karimdan keyin e’zozlanadigan ikkinchi manbadir. butun dunyo musulmonlarining e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘idir. Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Saadara at – Sulami al – Bug‘iy at Termiziy 824 yili Termiz shahrida dunyoga keldi. Imom at – Termiziy ham yoshlik chog‘idan hadis mutolaasiga kirishib, tezda hadislarni to‘play boshlagan va bu yo‘lda ko‘plab hadis olimlari bilan muloqotda bo‘lib, ularning suhbatini olgan. Imom at – Termiziy Imom al – Buxoriyga shogird bo‘lgan. Undan tashqari Muslim, Abu Dovud, Kutayba, ibn Sa’id, Ishoq ibn Abdurahmon, Muhammad ibn Bashorat, Ali ibn Hujr, Ahsad ibn Muni’, Muhammad ibn al – Musanno, Sufyon ibn Vaki’ kabi qator yirik muhandislarni ham o‘ziga ustoz deb bilgan. Imom at – Termiziy o‘zining «Sunan» asaridan tashqari yana quyidagi kitoblarni yozganligi ma’lum. Chunonchi: «Kitob al – ilal» («Nuqsonlar kitobi»), «Kitob at – tarix» («Tarix kitobi»), «Kitob ash – shamoil annabiyya» («Payg‘ambarimizning axloq – odoblariga bog‘liq oid kitob»), «Kitob azzuhd» («Zohidlar haqida kitob», «Kitob al – asmo valkuna» («Roviylarning ism va laqablari haqida kitob») va boshqalar. Imom at-Termiziy to‘plagan hadislar orasida bolalarni ahloq – odobga, marhumlarga hurmat ruhida tarbiyalashga da’vat kuchli: «Chinakam sabr – toqatli deb musulmon kishining musibat yuz bergandagi chidamligiga aytiladi». Abu Nasr Forobiy – o‘rta asr Sharqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining SHarqdagi eng yirik davomchisi va targ‘ibotchisidir. U Sirdaryo bo‘yidagi O‘tror (Forob) shahrida 873 yilda tug‘ilib, SHosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida o‘qidi, so‘ng Arab xalifaligining markazi Bag‘dod shahriga borib, u erda ko‘p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni o‘rganish bilan shug‘ullandi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o‘z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi.U «Aql haqidagi risola», «Falsafadan oldin nimani o‘rganish kerak?», «Substansiya haqida», «Falsafa manbalari», «Logikaga kirish», «Masalalar manbai» kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi. Farobiy ta’lim – tarbiya berish usullari haqida yozadi. «Amaliy fazilatlar va amaliy san’atlar qanoatbaxsh so‘zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiradi, odamdagi g‘ayrat, kasb – intilish, harakatga aylantiradi.» Olim, daraxtning etukligi uning mevasi bilan bo‘lganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanadi, deydi, Farobiy o‘z davridagi yoshlarni ta’lim, bilim, hunar egallashlari zarurligi xususida fikrlar bildirdi. Bu fikrlar hozir ham ta’lim – tarbiyada g‘oyat muhimdir. Abu Rayhon Beruniy jahon fanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan zo‘r iste’dod egasi va zahmatkash tadqiqotchi edi. Uning o‘lmas ilmiy asarlari jahon tarixida va taraqqiyotida benihoya yuksak ahamiyatga molikdir. Abu Rayhon Beruniy 973 yil 4 sentyabr (hijriy 362 yil 2- zulhijja) kuni Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahrida dunyoga keladi. U yoshlikdan ilm – fanga g‘oyat qiziqadi. Xorazmda shuhrat qozongan olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo‘lida ta’lim oladi, fanning turli sohalari bilan shug‘ullanadi, butun sharqning fan va madaniyatini o‘rganadi, ona tilidan tashqari arab, sug‘diy, fors, suyoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini mukammal egallaydi. Hindistonda sanskrit tilini o‘rganadi. Beruniy o‘z didaktik qarashlarida tabiat, jamiyat hodisalariga, turmush voqealariga xolisona baho berish – inson tabiatini bildiruvchi omil ekanligini ta’kidlab, kishilarni voqealarga mustaqil va ongli munosabatda bo‘lishga undaydi. Olimning ta’kidlashicha, sezgi o‘z qo‘zg‘atuvchi a’zolari orqali yuzaga keladi. Qo‘zg‘atuvchilar bir me’yorda bo‘lsa, yokimli va zararsiz, agarda me’yordan ortiq bo‘lsa, dardli va halokatli bo‘ladi. Ko‘rish sezgisini nur qo‘zg‘atadi, eshitish, hidlash havo bilan burunga uriladigan hidlar orqali paydo bo‘ladi, ta’m – ozuqaning mazasi bilan vujudga keladi. Bu to‘rt sezgini his etuvchi maxsus a’zolar tanada mavjuddir. Beshinchi sezgi esa, butun badanda voqeadir. Beruniy inson ana shu xususiyatlari bilan barcha mavjudotlardan ustunligini ta’kidlab, insonning asosiy vazifasi mehnat orqali ko‘zlagan maqsadiga erishish, yaxshilik ko‘rishdir, degan g‘oyani olg‘a suradi. Beruniy ilm – fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi, ilm – fanning gullab yashnashida, odamning baxti esa, uning bilim va ma’rifatida deb bildi. Yaratgan asarlarida har bir inson o‘z qalbining farmoyishiga ko‘ra xayr – ezgulikka intilishi, sun’iy obro‘, shuhrat qozonish uchun muruvvat va shafqat ko‘rsatmasligi kerakligini ta’kidladi. Beruniy olg‘a surgan insonparvarlik g‘oyalari, ta’lim- tarbiya xususidagi fikr – o‘gitlari mustaqillik davrida ham yoshlarni barkamol qilib etishtirishga xizmat qiladi. Ibn Sino butun musulmon Sharqining ulkan qomusiy aqli, jahon ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyandalaridan biridir. Ibn Sino o‘rta asr fanining turli sohalari – falsafa, tibbiyot, tabiatshunoslik, badiiiy adabiyot bo‘yicha yozgan asarlari bilan madaniyatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi, uning rivojiga katta hissa qo‘shdi, o‘z davrida «Shayx – urrays» (olimlar raisi) unvoni bilan taqdirlandi. Uning 150 dan ortiq asari ma’lum. Uning «Tib qonunlari» nomi bilan shuhrat qozongan asari Sharqda ham, G‘arbda ham meditsinada asosiy qo‘llanma hisoblangan. Olimning meditsinaga doir kashfiyotlari, ayniqsa, turli o‘simliklardan kimyoviy yo‘l bilan dori – darmonlar tayyorlash haqidagi fikrlari hamon o‘z qimmatini saqlab kelmoqda. Ibn Sino olim bo‘lish bilan birga iste’dodli adib hamdir. Uning forsiy tilda yozgan she’rlar devoni, «Donishnoma» kitobi, arab tilida yozilgan «Salamon va Ibsol», «YUsuf qissasi», «Qush» va boshqa qissalari bizga qadar etib kelgan. Ibn Sino xalq og‘zaki ijodidagi termalar asosida yozma adabiyotga ruboiy janrini olib kiradi. O‘z g‘azal va ruboiylarida shoir go‘zallikni, ilm – fanni targ‘ib etadi, jaholat, zulm – zo‘rlikni qoralaydi. Bir ruboiysida ilmda kamolot cho‘qqisiga etishsa – da, hamon qadrlanmaganidan shikoyat qilsa, boshqa birida o‘z ilmiy qudratini ta’kidlaydi: Qora er qa’ridan to avji Zuhal, Koinot mushkulin barin qildim hal. Ko‘p chigal tugunni angladim, echdim, Echilmay qolgani birgina ajal. O‘z qissalarida Ibn Sino mardlik, insonparvarlik, halol – poklik, mehnatsevarlikni targ‘ib qilib, munofiqlik, sergaplik, yolg‘onchilik, ishyoqmaslikni, riyokor imomlarning ikki yuzlamachiliklarini fosh etadi. Ibn Sino kishilarni ilm – fanni o‘rganishga, kasb – hunar egallashga da’vat etadi.Ulug‘ olim va iste’dodli adibning nodir asarlari biz uchun hamisha aziz va mo‘‘tabardir. Yusuf Xos Hojibning pedagogik qarashlarida xalq bilan birga bo‘lish, adolatparvarlik g‘oyalari asosiy o‘rin tutadi. U har bir kishining yuksak kamolot cho‘qqisiga yetishini orzu qiladi. Yusuf xos Hojib «Qutadg‘u bilig» asarida XI asrdagi ijtimoiy va oilaviy tarbiya, maktablardagi fan tarmoqlari, o‘qitish tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini aqliy, axloqiy, mehnat va jismoniy, nafosat tarbiyasiga doir fikrlari bayon etilgan. Yusuf Xos Hojibning fikricha, insonning ulug‘ligi, aql – idroki, so‘zlash qobiliyati, bilimi, o‘quvi hunarga egaligidir. O‘quv tug‘ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa, o‘qish – o‘rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o‘zaro birlashsa, insonning qadri ortadi: O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lur, Bilig kimda bo‘lsa, beduglu alur. O‘qushlik uqar – ul, bitiglig bilir, Biligli, o‘quli tilakka tegir. Shoirning fikricha, bilim bir boshbog‘ yoki jilov kabidir. U kishini har xil noloyiq ishlardan asraydi. Shu xususiyati tufayli bilim aziz va mo‘‘tabardir. Adib ta’lim tizimi, ta’lim nazariyasi va amaliyotiga, ta’lim mazmuniga oid bir qator jiddiy fikrlarni aytadi. U ayrim fanlarni o‘qitishdagi izchillikni ham ko‘rsatib o‘tgan. Yusuf Xos Hojib insonda o‘quv – idrok va bilim til, so‘z orqali ayon bo‘lishini aytadi, ravon tilni bilishga da’vat etadi. Yusuf Xos Hojib tilni avaylab asrash zarurligini ta’kidlaydi. Ko‘p so‘zlik foydasiz mashg‘ulotdir. SHuning uchun ham tuman so‘z tugunini bir so‘zda yozish lozim. Zero, kishi so‘z tufayli qadr topishi yoki, aksincha «boshi egik bo‘lishi» mumkin. Buning farqiga bilim bilgangina etadi. Bilimsiz odam ko‘zi ko‘r kishiga o‘xshaydi. Bu hol uning so‘zlar ma’nosidagi ayrimini ham ko‘rmaslikka olib keladi. Demak, so‘z ma’nolarini ilg‘ash uchun ham bilimdonlik talab etiladi.Yusuf Xos Hojibning uqtirishicha, har bir kishi jamiyatga munosib bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Buning uchun u, tug‘ilgan kunidan boshlab zarur tarbiyani olmog‘i lozim. Shoir o‘g‘il va qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi, bu – ularning kelajak hayotlari jamiyat rivoji uchun kerak. Yusuf Xos Hojib akliy tarbiyaning baland mavqe tutishini eslatadi. Adib tarbiyaning barcha turlari bir – biri bilan uyg‘un bo‘lishini talab etadi. Shundagina insonning aqlan barkamol, jismonan etuk, axloqiy – ma’naviy boy bo‘lishiga ishonadi. Farzandlariga turli bilim va hunarlar o‘rgatish, ularni go‘zal axlokli qilib, voyaga yetkazish ota – onaning burchidir. Yusuf Xos Hojib tarbiyada kattalar namunasi, ajdodlar tajribasi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Neku ter, eshitgil sinamish qari, Sinamish qarilar so‘zi so‘z qo‘ri… Ya’ni: Ko‘p narsalarni sinagan qari kishi nima deydi, eshitgin, Sinagan qarilarning so‘zlari so‘z qo‘r – quti. Yusuf Xos Hojibning Sharq ijtimoiy – siyosiy, axloqiy – ta’limiy hamda badiiy tafakkuri taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Allomaning pedagogik qarashlari ham bu sohadagi ulkan me’rosdir. Ular tarix nuqtai nazari bilangina emas, bugungi kunimizga xizmat qilish i bilan ham zo‘r ahamiyat kasb etadi. Abulqosim Umar az – Zamahshariy 1075 yil 19 martda Xorazmning Zamahshar qishlog‘ida tug‘ildi, boshlang‘ich bilimni o‘z qishlog‘ida oldi, so‘ngra Xorazm madrasasida o‘qidi. U madrasada arab tili va adabiyotini, diniy bilimlarni, hattotlik san’atini mukammal egalladi, Buxoro madrasasida tahlil ko‘rgach, Xorazm shoh saroyida xizmat qildi. Zamahshariy oliyjanoblik fazilatga ega bo‘lganlarni ulug‘ odamlar hisobladi va ularni el – yurt olqishiga sazovor, aziz odamlar deb bildi. «Odamlarning, - deydi Zamahshariy, - eng aziz va hurmatlilari qayg‘u – hasratu tashvishli damlarida bilinur, go‘yoki bu tashvishlar ular uchun tug‘ishgan opa – singildek yaqindir». Zamahshariyning fikricha, odamlarning o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishlarida millati, nasl – nasabi emas, balki ilm – ma’rifatli, aqlli va zakovatli bo‘lishi muhimdir. Ilm o‘qish va yozish orqali mukammallashadi, bu – olimning kamolotga erishganiga yorqin dalolatdir. Zamahshariy ilm – fanni insonlarning, ilm ahlining o‘zaro muloqotda bo‘lishlarida asosiy vosita hisoblaydi. Zamahshariy o‘z pedagogik qarashlarida axlok – odob tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. U odamlarni to‘g‘rilikka, haq yo‘lidan borishga da’vat etadi. Uning fikricha, to‘g‘rilik kuchli mahobatdir. «To‘g‘ri va haq yo‘ldan yurgan kishining yurishi arslon yurishidan ko‘ra ham mahobatliroqdir». Zamahshariy ahillikni ham ulug‘lab, odamlarni, qavm-qarindoshlarni o‘zaro do‘st, hamdard, xayru ehsonli bo‘lishga, bir – birlariga ezgulik ko‘rsatishga chorlaydi. Ahillik jamiyat tinchligi, xalq farovonligi uchun g‘oyat muhimligini ta’kidlaydi. Inson iffatli, go‘zal xulqli bo‘lmog‘i lozim. Az – Zamahshariy xasislik, takabburlik, manmanlikni qoralaydi, odamlarni bu illatlardan yiroq bo‘lishga undaydi, go‘zal fazilatli bo‘lishga chorlaydi. U deydi: «Go‘zal sifat va husni xulk siyratlari bezamagan kishini hech qanday chiroyli kiyimlar ko‘rkam qilolmas, gunoh va xatolardan saqlanmagan kimsaning qalbi sira aybdan forig‘ bo‘lmas» Az – Zamahshariyning insonlarni yaxshilik, insoniy yaxshi fazilatlarni egallash, axloq – odob hakidagi fikrlari, pand – nasihatlari o‘z davrida kishilar, yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etdi, pedagogik fikr rivojida munosib hissa bo‘ldi, hozir ham ta’lim – tarbiyada xos o‘rinda bo‘lishi shubhasizdir. Xulosa Xulosa qilib aytganda, fikrlash bu- narsa va hodisalarning o‘zaro munosabati va aloqadorligi mohiyatini umumlashtirish yo‘li bilan borliq jarayonlarini insonda aks ettirishning oliy shakli sifatida tushunchalar orqali bilishga qobiliyatlilik tushuniladi. Tarixiy fikrlash – bu tarixiy voqea va hodisalarni bilish, tarixiy voqea va hodisalarni o‘zaro munosabati va aloqadorligi mohiyatini umumlashtirish orqali tarixiy jarayonlarni anglash, ular orasidagi sabab-aloqadorlikni hosil qila olishga qobiliyatlilikdir.Tarixiy tafakkur insonning tarixiy voqea-hodisalarni tahlil qilish, ularga baho berish, ahamiyatini tushunib etishga qobiliyatliligini belgilab beruvchi muhim mezondir. Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida tarix fani alohida o‘rin tutadi. Chunki insonning butun hayotini yaxlitlikda qamrab oluvchi mazkur fan uning o‘zini ham har jihatdan rivojlana olishiga, mustaqil tafakkur yuritib, hayot mazmun-mohiyatini anglab etishiga tarixiy ong, tarixiy xotirani hosil qilish orqali keng imkoniyatlar yaratadi. Insonning turmush haqiqatini izlash jarayoni ajdodlar tajribasi, bugungi voqelik, hayot, dunyo bilan o‘zaro muloqotga kirishishi, ana shu asosda hayotning maqsad va mazmunini anglab etishiga olib keladi. Savollar Tafakkur nima? Tarixiy tafakkur nima? Tarixiy tafakkurning inson shaxsi shakllanishidagi ahamiyati? O’zbekiston davlatchiligi shakllanishiga oid tarixiy misollar keltiring. Ilm – ma’rifat ulashgan qomusiy olimlarimiz qarashlarini tavsiflang. Tayanch tushunchalar: Ilm – insonning o‘qish, o‘rganish va shaxsiy hayotidagi tajribalar, kuzatishlar natijasida shakllangan bilim va malakalar majmui. Insonkamolotidagiilmegallashqobilyati, uningulkanfazilatlaridanbirihisoblanadi. CHunki, insonilmbilanshon-sharafgaerishadi-shuhratqozonadi. Tarbiya – inson shaxsi ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan say – harakatlar tizimidir. Tafakkur – falsafiy tafakkur rivoji insoniyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq jarayondir. Ma’lumki, hayotdagi voqea-hodisalarning barchasi ijtimoiy ongda aks etadi. Ta’lim – ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish jarayoni bo‘lib, kishining shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi. Tushuncha – voqelikdagi narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bir so‘z yoki so‘zlar birikmasi bilan ifodalashdan iborat tafakkur shakli. Ta’limjarayonining dialektik xaraktergaegaligiboistushunchalarasta-sekinchuqurlashibvamurakkablashibboradi. Adabiyotlar ro‘yxati Karimov I. A. Barkamol avlod orzusi. T., O‘zbekiston 1999 y. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.1997 y. Munavvarov A.K. – Pedagogika, T., “O‘qituvchi” 1996 y. Mavlonova R.A., To‘raeva O.T., Holikberdiev K.M. Pedagogika, T., O‘qituvchi, 1999 Tursunov I., Nishonaliev U., Pedagogika kursi T.1997 Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. – T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015. – 150 b. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.: O‘qituvchi, 2004. Ro‘zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaolmetodlar: mohiyativaqo‘llanilishi / Met.qo‘ll. – T.: Nizomiynomli DTPU, 2013. – 115 b. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarningtadbiqiyasoslari – T.: 2006. – 260 b. Download 95.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling