Qilmish qidirmish Yo’qolgan ishonch yohud qimmatga tushgan aldov


Download 14.92 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi14.92 Kb.
#1639335
Bog'liq
Qilmish qidirmish


Qilmish qidirmish
Yo’qolgan ishonch yohud qimmatga tushgan aldov.
Ma’lumki, keying yillarda mamlakatimizda oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida hamda shu yo’l bilan aholini ish bilan ta’minlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, aholi sharoiti va ehtiyojlaridan kelib chiqib oilaviy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash maqsadida boshqalardan ma’lum miqdordagi muddatli kreditlarning ajratilayotganligi muhim omil hisoblanadi.
Aytish kerakki, oilaviy tadbirkorlikning barcha turlari kabi chorvachilikka yo’naltirilgan bank kreditlari asosida chorva mollarini uy sharoitida boqib ulardan foydalanish nainki o’sha oila daromadining o’sishiga asqotibgina qolmay, balki aholining chorva mollariga bo’lgan talabini qondirishga ham yaxshi samara bermoqda.
Biroq davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va tartib-qoidalarni chetlab o’tlab, aldov yo’li bilan qing’ir ishlarga qo’l urayotgan kimsalarning ham borligi taasufli holdir.
Buni quyidagi hayotiy misol ham to’liq tasdiqlaydi.
Gap shundaki, G’uzorlik (ism-shariflar o’zgartirilgan) Nizom Ibodov oilaviy chorvachilik bilan shug’ullanish maqsadida tuman hokimi yordamchisining tavsiyasi bilan tegishli hujjatlarni Respublika Xalq banki G’uzor tumani filialiga borganida, bu yerda tasodifan “IDEAL” MCHJ rahbari Sanjar Rizaevni uchratib qoladi.
Mazkur jamiyat raisi tumandagi fermer xo’jaliklaridan biriga tegishli bo’lgan molxonani ijaraga olib, molxonaga qo’shni Qirg’iziston Respublikasidagi qoramol va qo’ylar olib kelib, ularni kredit asosida berayotganini eshitib dastlab turmush o’rtog’I Lobar Hakimova nomiga chorva krediti rasmiylashtirish yo’li bilan 4 bosh qo’yni 3 million 200 ming so’mga olishga kelishib, shu kuni kechga molxonaga borib, Jamiyat raisi yordamchisi Shavkat O’rinovga kelishilgan mablag’ni berib, qo’ylarni olib ketadi. shundan so’ng Nizomning bank kredit hisobidan chorva mollari olganligini eshitgan uning yaqin qarindoshlari oldiga kelib:

  • “Chorva ta’minotchisi sening tanishing ekan, biz ham bankdan chorva kreditini hujjatlashtirsak, ta’minotchidan chorva mollarini tezroq olishga yordam berasanmi?” deb aytib qoldi.

  • Albatta, yordam beraman, chorva ta’minotchisi bilan bilan yaqin aka-ukadek bo’lib qoldik, qolaversa hokim yordamchisi Adham Umarov ham bir og’iz aytsam hujjatlaringni tezlashtirib beradi.

Ko’p o’tmay, Nizom Ibodov va’dasining ustidan chiqib, tegishli bank kreditlari hisobidan 32 million so’mlik chorva mollarini qarindoshlariga olib beradi.
Shu asnoda u jamiyat boshqaruvi raisi hamda boshqalarning ishonchiga kira boshladi. Chorva bilan shug’ullanish istagida bo’lgan oilaviy tadbirkorlar ba’zan bank krediti, ba’zan esa o’z shaxsiy mablag’lari hisobidan Nizomning “beminnat” yordami bilan chorva mollarini MCHJ dan sotib oladigan bo’ladi.
Nizom har gal MJ rahbari S. Rizayevga qo’ng’iroq qilib, fuqorolarning chorva bo’yicha bank hujjatlari tezda hal bo’lishini va tegishli mablag’ni jamiyat hisob raqamiga tushirib berishlarini aytib, quyuq va’da qilar, unga ishongan ta’minotchi ham chorva mollarini tez sotuvda ketganligidan masrur bo’lib, chorva mollarini sotuviga ruxsat beradigan bo’ldi.
Bundan rosa havolangan “hojatbaror” N. Ibodov so’nggi marta hattoki ta’minotchi uzoqda, xizmat safarida bo’lganidan foydalanib, Sh. O’rinovga tez orada bank kredit mablag’i jamiyat hisob raqamiga tushirishini aytib, shaxsi noma’lum kimsalarga 26 bosh qoramol, 14 bosh qo’ylarni ya’ni 201 million olib beradi.
Afsuski, oradan oylar o’tishi bilan jamiyat hisob raqamiga tushirish lozim bo’lgan mablag’dan hadeganda darak bo’lmaydi. Bu orada ta’minotchi bir necha bor bank idorasi va Nizomning uyiga qatnab ovara-yu sarson bo’ldi. Nizom esa har gal uni aldab-avrashdan, aniqrog’i quruq va’dadan nariga o’tmasdi.
Avvaliga o’zining ishonchli odam qilib ko’rsatgan N.Ibodov aslida, uchiga chiqqan firibgar bo’lib chiqqanligidan uni katta mablag’ga chuv tushurganligini kech bo’lsa-da, anglab yetgan S. Rizayevning huquq-tartibot idoralariga arz qilishdan o’zga chorasi qolmadi.
Guvohlar ishtirokida uzoq davom etgan surushtiruv va tergov asnosoda ana shu narsa ayon bo’ldi-ki, firibgarlikning obdon hadisini olgan N.Ibodov hattoki jamiyat hisob raqamiga o’tkazib berish bahonasida qarindoshlaridan olgan 69 million so’m mablag’ning ma’lum qismini ta’minotchiga berib, qolgan qismini, ya’ni 28 millon so’mni o’z shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Sud jarayonida ham firibgar bu kimsa, barcha qilmishlarini xaspo’shlab, barcha ayblarni o’z qarindoshlariga to’nkarishga urindi. Biroq guvohlar tomonidan keltirilgan ko’rsatmalar, dalil va isbotlar uning kimligini fosh etib qo’ydi.
Sudlov hay’ati sudlanuvchi N. Ibodovning jinoiy qilmishlariga hiquqiy baho bergan holda, unga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddasi va bandlariga nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli topib, JK ning 57-moddasini qo’llab muay’yan muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlash bilan birga sudlanuvchining hisobidan jabrlanuvchi S. Rizayevning foydasiga 203 million so’m mablag’ni undirish haqida hukm chiqardi.
Ha, hukum o’qildi. O’z nafsi qutqusiga uchib, firibgarlikni o’ziga kasb qilib olgan N. Ibodov o’zs kirdikorlarining ham moddiy, ham ma’naviy jabrini tortadigan bo’ldi.
Bir qarashda, hammasi adolatliyakun topganday ko’rinadi.
Biroq shu o’rinda ba’zi bir so’rovlar ko’ngildan kechganday bo’ladi.
Nega chorva kreditini ajratishga ma’sul bo’lgan bank ma’muriyati, yoki hokimiyat ma’sullari, yoxud jabrlanuvchi S. Rizayevning o’zi hamda atrofdagilari toki, bu qilmishning misi chiqqunga qadar o’zlarini bilib-bilmaslikka, ko’rib-ko’rmaslikka olib keldilar?
Ko’rinib turibdiki, ular ham loqaydlik, qolaversa, gumrohlikka borib, bir firibgar kimsaning ildiz otib ko’karishiga yo’l qo’yishdi. Bu holda ularning ham ma’lum ma’noda aybdor ekanligini hech qachon oqlab bo’lmaydi.
U qay yo’sinda bo’lmasin, har qanday qing’ir ishning umri juda qisqa. Ammo bu hikmatni anglab turib, qabuh ishga qo’l urayotgan N. Ibodovga o’xshagan kimsalarning hayotda bot-bot uchrab turishi har birimizni ogoh bo’lib yashashga undaydi.
Shunday ekan, bu hayotda o’z sha’ni va qadr-qimmatini yuksak bilgan, o’zidan keyin yaxshi nom qoldirishni istagan kishi faqat ezgu ishlarning etagini tutadi. Aksincha, qing’irlik ko’chasiga bilib turib qadam bosgan kishi aybiga yarasha jazo olishi, alal oqibatda, el orasida yuz shuvit bo’lib qolishi hech gap emas.
Laziza Rasulova, jinoyat ishlari bo’yicha
G’uzor tumani sudi sud’yasi.
Abdunabi Boboyorov, “Kuch-adolatda” muxbiri.
Download 14.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling