13- ma’ruza. Ma’lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizligini ta’minlash Reja
Download 22.94 Kb.
|
13- ma'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
- CREATE PROCEDURE WITH ENCRYPTION.
13- Ma’ruza. Ma’lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizligini ta’minlash Reja: SQL Serverda ma’lumotlar bazalari ob’yektlari himoyasi SQL Server hisob yozuvlarini boshqarish Protseduralar va ularni yaratish Ma’lumot bazasini administratori Ma’lumotlar bazasini loyihalash, uzatish va samaradorligini oshirish Tayanch so‘zlar: SQL server, protsedura, administratorlash, himoyalash, MBni xavfsizligini ta’minlash. SQL Server foydalanuvchilar darajasida ma’lumotlar bazalarining ichki himoya tizimiga ega. SQL Server va undagi ma’lumotlar bazasiga faqat serverda ro‘yxatdan o‘tgan, mos huquqlarga ega foydalanuvchi ulanishi mumkin. SQL Serverda ma’lumotlar bazalari ob’yektlari himoyasi: SQL Serverda saqlanuvchi boshqa ob’yektlarni (jadvallar, tasavvurlar, saqlanuvchi protseduralar va ma’lumotlar sxemalari) himoya qilishning ikki usuli mavjud. Tasavvurlar, saqlanuvchi protseduralar va triggerlarni shifrlash mumkin. Shifrlangandan so‘ng tasavvur strukturasini o‘zgartirish mumkin emas. Lekin tasavvurdan manbada ma’lumotlarni tahrirlash uchun foydalaniladi. Tasavvurni qanday shifrlash haqidagi ma’lumotni SQL Server hujjatidan olish mumkin. Saqlanuvchi protsedura yoki triggerni shifrlash uchun ularni oldin tahrirlash va maxsus Transact-SQL yo‘riqnomasini yozish kerak. Masalan: CREATE PROCEDURE WITH ENCRYPTION. SQL Server Enterprise Manager dasturi yordamida SQL Server himoya qilish vositalaridan foydalanish mumkin. Bu himoya vositalari haqidagi ma’lumotni SQL Server hujjatlaridan olish mumkin. Agar shifrlangan tasavvur strukturasini keyinchalik o‘zgartish mumkin bo‘lsa: tasavvurni aniqlovchi SQL yo‘riqnomani matnli faylda saqlash; tasavvurni shifrlash. Kerak bo‘lsa shifrlangan tasavvur strukturasini o‘zgartirish zarur bo‘ladi. Download 22.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling