13-§. Qarluqlar, O‘G‘uzlar, tohiriylar tayanch tushunchalar: qarluqlar, o‘g‘uzlar, tohiriylar, davlat boshqaruvi
Download 42.53 Kb.
|
13-§. QARLUQLAR, O‘G‘UZLAR, TOHIRIYLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tohiriylar davlati . VIII asr oxiri – IX asr boshi
- Horun ar-Rashid
- Ahmad
X asrning birinchi choragida O‘g‘uzlar davlati shimoli
sharq dan qo‘zg‘algan qipchoqlar tomonidan qaqshatqich zarba ga uchrab, bo‘linib ketadilar. Ular o‘z yurtini tark etib, bir qismi g‘arbga, Shimoliy Kavkaz dashtlariga borib o‘rna shadi. Ularning ikkinchi qismi esa avval Movarounnahrga kirib boradi va undan janubi g‘arbga siljib, yangi sulola – sal juqiylar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi. Bu ikki turkiy davlat faqat Movarounnahrninggina emas, balki butun O‘rta Sharq hamda Old Osiyo aholisining siyosiy hayotiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Bu davlatlarning aholisi shu hududda yashovchi xalqlarning etnik tarixiga ta’sir qildi. Masalan: qarluqlar o‘zbek va tojiklarning, o‘g‘uzlar turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynadi. Tohiriylar davlati. VIII asr oxiri – IX asr boshida xalifa likni larzaga keltirgan og‘ir siyosiy vaziyat abbosiylarni Movarounnahr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o‘zgar tirishga majbur etdi. Mahalliy zodagonlar Movarounnahr va Xurosonni nafaqat o‘z tasarruflariga o‘tkazib oldilar, balki xalifalik markazida ham hokimiyatni boshqarishda tobora ko‘proq rol o‘ynaydigan bo‘lib qoldilar. Bunga, ayniqsa, xalifa Horun ar-Rashid (786–809) vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari Ma’mun bilan Amin o‘rtasida 809–813-yillarda taxt uchun bo‘lgan kurash katta yo‘l ochib berdi. Xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga ko‘taradilar. Bundan norozi bo‘lgan Ma’mun ukasi Aminga qarshi kurash boshlaydi. Hirot viloyatining zodagonlaridan Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari unga yordam beradilar. 813-yilda ular Bag‘dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo‘lga kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tiradi. Buning evaziga Tohir 821-yilda Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Shuningdek, Ma’mun Movarounnahr zodagon larining ham yordamini unutmadi. Somonxudotning nabiralarini ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg‘ona, yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga esa Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag‘ini tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar. Download 42.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling